N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/79
Sana17.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#811157
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
Bog'liq
Dinshunoslik. Maxkamov Q

HINDUIZM
Hinduizm eramizning VI asrida Hindistonda vujudga kelgan edi. 
Hindlaming milliy dini hinduizm keng tarqal-gan bo ’lib, unga 90 foiz 
(950 mln)dan ko’proq hindlar sig’inadilar. Hinduizm eramizdan oldin
35


mavjud bo ’lgan braxmanizm, vedizm, totemizm, animizm kabi dinlar 
evolyutsiyasi natijasi-da shakllandi. Hinduizm turli e ’tiqodlar, urf- 
odatlar va marosimlar, mahalliy diniy e ’tiqod va qarashlaming 
murakkab kompleksi sifatida paydo bo ’lib, urug’-qabila dinlari 
elementlarini, buddizm, sikhizm, jaynizmning asosiy g ’oyalarini o ’ziga 
o ’zlashtirib olgan.
Hinduizm politeistik din bo’lib, unda ko’p xudolik elementlari 
saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman koinotning 
ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva 
degan xudolarga ham e’tiqod qiladiiar. Hinduizm ta’limotida xudoning 
uch qiyofadagi ko’rinishi tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, yakka 
xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi.
Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bo’lib, emirilib, yo’q bo ’lib 
turadi, y a’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv 
harakterga ega bo’lib, har bir davr olamning yuksak rivojlangan 
cho’qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan bitadi, insonlar 
gunohga botib ketgach olam tugaydi.
Hinduizm ta’limoti jamiyatning tabaqalarga bo’linishini aks 
ettiradi. Bu dinning karma qonuniyatiga asosan u inson hayotida 4 ta 
asosiy maqsad bor, deb tushuntiradi. Bular: 1) dharma - oila va 
jamiyatda diniy talablami to’la bajarish;
2) 
artxa - foydali ishlar qilish, zarur moddiy ne’matlarga ega 
bo’lish; 3) kama - muhabbat tuyg’ulariga erishish, bu his-tuyg’ulami 
qondirish; 4) moksha - o ’zgarish zanjiridan butun-lay ozod bo’lish.
Vishnuizm va Shivoizm oqimining vakillari o ’z xudolariga 
bag’ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga 
e’tiqod qiluvchilar muqaddas joylar, daryolar va boshqa har xil 
«muqaddas» narsalarga sig’inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga 
e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar: ho’kiz, sigir, 
maymun va ilon kabilarga ham sig’inadilar, ulami muqaddaslashtiradi- 
lar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigimi saxiylik, boylik manbai va 
go’zal ayol timsoli deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigimi so’ymaslik va 
go’shtini emaslikni targ’ib qiladiiar. Ammo hinduizm sigir sutini
36


ichishni va sigimi xo’jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni 
ta’qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm 
diniga e ’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. 
Rivoyatlarga ko ’ra, go’yo Gang daryosi qirg’og’ida kishi vafot qilsa 
narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar emish.
Hinduizm - oila-nikoh masalalariga nisbatan ahloqiy jihatdan 
yondashadi. Eng oliy tabaqa-braxmanlar (kohinlar) oliy zodagonlar 
bilangina nikohga o ’tishi mumkin. Eng past tabaqa kishilari - bu 
Shudralar. Ular yalangoyoq, qashshoq, past, yomon ahloqli kishilar 
Shudralar bilan oliy tabaqa vakillari nikohga kirishi mumkin emas. O ’rta 
tabaqa 

Vayshi-lar 
bo ’lib, 
ular 
savdogarlar, 
hunarmandlar, 
dehqonlardan iborat. Ular o ’zaro nikohda bo’lishi mumkin.
Hinduizmning muqaddas yozuvlari Vedalar (er.av. 2 mingginchi 
yillar o ’rtasidan boshlab paydo bo’lgan). Vedalar - “bilimlar” demakdir. 
Vedalar: 1) gimn va duolar; 2) maro-simlarda ijro etiladigan madhiya 
qo ’shiqlari; 3) qurbonlikka oid qoidalar; 4) yovuz kuchlarga qarshi 
bo ’lgan duolar va afsunlar.
Upanishadalarga - “sirli ta’limotlar” er.av. I minginchi yillar 
boshlarida paydo bo’lgan ahloqiy risolalar: 
“Mahabharata” va 
“Ramayana” dostonlari, turli hikmatli hadislar kiradi.
Hinduizm zo ’rlik ishlatish, qon to’kish, azob berish kabilami 
ta’qiqlaydi. XIX asming boshlarida Hindistonda boshlangan milliy 
ozodlik harakatining mafkurasida hinduizm aktiv rol o ’ynadi. Maxatma 
Gandi yaratgan ozodlik harakatining diniy falsafiy asosida ham 
hinduizmning qon to ’kmaslik, zo’rlik ishlatmaslik g ’oyalari yotardi. 
Passiv norozilik gandizmning ahloqiy falsafasi edi. Hinduizmning 
millatni xudbinlikka, ulug’ millatchilik - shovinistik siyosat-ga 
yo ’naltirishga uringan o ’ta reaktsion kuchlar ham paydo bo’lgan. 
Hinduizm Hindistondan tashqarida yashaydigan hindlar orasida, 
xususan, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka kabi mamlakatlarda ham 
tarqalgan.
Hinduizm tabiatni sevishga, vatanparvar b o’lishga, avlod-lar 
xotirasini 
e ’zozlashga 
o ’rgatadi. 
Hinduizm 
yomonlikka 
qarshi
37


yomonlikni qo’llashni emas, balki uni yaxshilik bilan engish 
mumkinligini o ’rgatadigan din hisoblanadi. Hinduizm dnch-totuv
osoyishta yashashga da’vat qiladi.
Hinduizm ibodatxonalari g ’oyatda yuksak estetik did bilan 
hashamatli qilib qurilgan. Ularga Quyosh xudosi, musiqa m a’budasi, 
go’zallik, saxiylik, raqs m a’budalari, afsonaviy farishtalar tasviri va 
haykalchalari qo’yilgan. Ibodatxona-larda jarangdor qo’ng’iroqchalar 
chalinadi.

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish