Yakunlovchi bosqich. Olingan natijalar kutilgan natijalar bilan solishtiriladi, sifat ko‘rsatkichlarini aniqlanadi, ya’ni talabalarning o‘zlashtirish darajalari tahlil qilinadi. Talabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan Davlat ta’lim standartida ko‘rsatilgan, minimal bilim, ko‘nikma va malakalar solishtiriladi. Loyihani amalga oshirish jarayoni va natijalari tahlil qilinadi, loyihalash natijalarini amaliyotga qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganiladi. Loyihadan ko‘zlangan maqsadga erishganlik darajasini baholanadi, va umuman, loyihaning samaradorligi tahlil qilinadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |