Setting- Navigation tugmasidan testlarni kompyuter ekraniga chiqarish parametrlari о‘rnatiladi (16.7-rasm).
16.7 - rasm. Testni kompyuter ekraniga chiqarish parametrlarini о‘rnatish.
Ushbu oynadagi sо‘zi test jarayoni tugaganidan sо‘ng natijani birdaniga ekranga chiqarish imkonini beradi va h.k.
Barcha parametrlar о‘rnatib bо‘linganidan sо‘ng asboblar panelidan -(nashr etish, bosmalash) tugmasi bosiladi (16.8-rasm).
16.8-rasm. Publish bandining kо‘rinishi.
-(nashr etish, bosmalash) tugmasi tuzilgan testni web sahifa kо‘rinishida saqlash, testdan testga о‘tish vaqtini о‘rnatish, test oynasini katta-kichik holatga о‘tkazish parametrlarini о‘rnatish, tuzilgan testni Word matn muharririga о‘tkazish, siqib joylashtirish kabi ishlar amalga oshirilib ekranning о‘ng tomonidagi tugmasi bosiladi.
Natijada yaratilgan test fayli, .zip., .html formatlarida saqlanib, uni boshqa fleshka yoki kompyuterlarga olish imkoniyatlari mavjud.
Xulosa qilib aytganda, informatika o‘qituvchisi kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni loyihalashtirish uchun o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi:
мavzu yoki fan bo‘yicha testlarni matnli formatda tayyorlaydi;
har bir test turini aniqlaydi (bir tanlovli, ochiq, yopiq va h.k.)
qaysi kompyuter dasturidan foydalanib (Easy Quizzy, Adestest, My Test, Ispring va hokazo) test tuzishni rejalashtiradi;
kompyuter dasturidan birini tanlaydi va unga testlarni joylashtiradi
o ‘zi tayyor bo‘lgan kompyuterli testni bajarib, sinovdan o‘tkazadi, xatoliklari bo‘lsa to‘g‘rilaydi.
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari
Testning boshqa nazorat turlaridan farqi nimada?
Testning ishonchlilik, validlik va xolislik mezonlarining o‘zaro farqini tushuntirib bering!
Testning didaktik talablarini bajarilishini informatika fanidan test tuzib tushuntiring!
Siz test tuzish amaliyotingizda nimalarga e’tibor qaratasiz?
Informatika fanidan to‘ldiriluvchi, ko‘p tanlovli test tuzing va izohlab bering!
Informatika fanidan moslashtiruvchi, mantiqiy, esse testlarini tuzing va tushuntirib bering!
My Test (Macromedia Flash, Easy Quize) dasturida informatika faniga oid testlarni loyihalashni tushuntirib bering!
Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “bilish”, “tushunish”ga oid testlarni tuzing va tushuntiring!
Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “baholash” va “sintez” ga oid testlarni tuzing va tushuntiring!
Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “qo'llash” va “tahlil”ga oid testlarni tuzing va tushuntiring!
17-mavzu. Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish
Reja
17.1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish
17.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |