Yangi mavzuni mustahkamlash. O‘tkazilgan taqdimot bo‘yicha kichik guruhlar o‘zaro savol-javob qiladilar. Savollar mazmunan quyidagicha bo‘lishi mumkin (2-slayd):
2-slayd
Muammoli savollar
Zamonaviy informatika xonasi boshqa xonalardan nimasi bilan farq qiladi?
Zamonaviy informatika xonasida texnika xavfsizligiga amal qilish kerak?
Zamonaviy informatika xonasidan qanday maqsadlarga foydalaniladi?
Tayanch iboralar: informatika xonasi, kompyuter, stol, stul, elektron doska, yorug‘lik, texnika xavfsizligi qoidasi
Talabalarni rag‘batlantirish: O‘qituvchi darsda qatnashgan faol talabalarga alohida urg‘u berib, 3,4,5 baho yoki ball qo‘yadi, faol ishtirok etmaganlarni ham alohida ogohlantiradi va past ball qo‘yadi.
Uyga vazifa berish. O‘qituvchi keyingi dars mavzusini slayd orqali ekranga tushiradi.
Zamonaviy informatika xonasini jihozlash mavzusining texnologik xaritasi
14.1-jadval
Mashg‘ulot
bosqichlari
|
Faoliyat
|
Vaqt
|
O‘qituvchi
|
O‘quvchi
|
1- bosqich
Tashkiliy
qism
|
Salomlashish. Davomatni aniqlash, AKT sohasi yangiliklarni, o‘tgan darsda uyga berilgan topshiriqni, so‘rash, laboratoriya topshirig‘ini slayd orqali eranga tushirish, kutiladigan natijalarni e’lon qilish.
|
Diqqat bilan tinglash, uyga vazifani aytish, o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berish
|
7min.
|
2- bosqich.
Yangi mavzuni ishlash.
|
Guruhlarning loyihaviy topshiriqni bajarish jarayoni, zamonaviy informatika xonasini jihozlashni kompyuter yoki plakatlarda chizish jarayonini kuzatish, kerak bo;lganda ko’rsatma berish, guruhlar taqdimotini tinglash kerak bo‘lganda qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘rilash.
|
Berilgan guruhli, loyihaviy topshiriqni bajarish jarayoni, zamonaviy informatika xonasini jihozlashni kompyuter yoki plakatlarda chizishda, o’zaro muhokama qilish va taqdimot qilishda faol qatnashish, (3ta kichik guruh)
|
60min.
|
3-bosqich.
Yangi mavzuni mustahkam
|
Mavzu bo‘yicha muammoli savollar berish, guruhlardan javob olish, xatoliklar bo‘lganda tuzatish.
|
Muammoli savollargi javob berish, muhim ma’lumotlarni yozib olish
|
7 min
|
4-bosqich
Yakun yasash tahlil qilish va natijani baholash
|
Mavzuni xulosalash, tayanch iboralar ustida to‘xtash, faol ishtirok etganlarni baholash, faol bo‘lmaganlarni ogohlantirish
|
O’qituvchini eshitish, tushunmaganlarini so’rash, javob olishga erishish
|
3 min.
|
5- bosqich
Uyga vazifa
berish
|
Uyga vazifani berish
|
O‘qituvchini tinglash, uyga vazifani yozib olish
|
3 min.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |