Yozma ishda ham o‘tilgan mavzu bo‘yicha 3-5tagacha savollar qo‘yilib, savollarga talabalar yozma javob beradilar. Yozma ish yozish jarayonida o‘quvchida:
yozma nutq madaniyatini shakllanadi;
olingan bilimlarni tizimli yozma bayon etishni o‘rganadi;
savoldagi tushunchani anglab, yoritib berishadi;
yozish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi, hamda rivojlanadi.
Тest. Теsт (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi [32].
9.2. Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalariga biz asosan kompyuter, uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, internet, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan prezentatsiya, slaydlar, referat, mustaqil ish, kichik tadqiqot, loyihalar tayyorlangan matnlar, disklar, elektron fayllar, elektron ta’lim resurslari, elektron ta’lim resurslarini yaratuvchi kompyuter dasturlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Prezentatsiya va slaydlar kompyuterning Power Point, Autoplay, Wordpress va boshqa dasturlari yordamida, matnli ma’lumotlar kompyuterning matn muharriri MS Word dasturida tayyorlanadi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘z-o‘zini nazorat qilishga mo‘ljallangan testlar Easy Quize, Ispring, My test va boshqa dasturlardan foydalanib yaratiladi.
Elektron ta’lim resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, ko‘rsatmalar, multimediali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi [29,39].
Elektron darslik – fanning o‘quv hajmini to‘liq qamragan va masofaviy o‘qitish hamda mustaqil o‘rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, fanga oid o‘quv materiallar: ma’ruza, amaliy, laboratoriya topshiriqlari, nazorat savollari, test va izohli lug‘at, shuningdek, ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama samarali o‘zlashtirishga mo‘ljallangan elektron nashr.
Elektron o‘quv qo‘llanma – fanning o‘quv hajmini qisman yoki to‘liq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o‘z ichiga olgan bo‘lib, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘quv manbayi.
Elektron uslubiy qo‘llanma – pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Unda pedagogik tajriba mashg‘ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, talabalar ishlarini darslar bo‘yicha rejalashtirilgan shaklida ko‘rsatiladi.
Virtual stendlar - haqiqiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarlarning elektron modeli
Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsiya texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog‘oz» blankalarni to‘ldirib, so‘ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo‘lib hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |