An’anaviy nazorat
|
Kompyutersiz nazorat
|
Aralash
nazorat
|
Kompyuterli nazorat
|
-og‘izaki so‘rov
-mustaqil ishni og‘izaki bajarish
-xabarlar almashish
-blits-so‘rov
|
-yozma ish
-mustaqil ish
-nazorat ishi
-sinov
-test
-olimpiada
|
-amaliy ish bajarish
-laboratoriya ishini bajarish
|
Noan’-anaviy nazorat
|
-kichik guruhda loyihaviy
topshiriq,
-o‘quvchi qiziqishini
hisobga olib
individual topshiriq
|
- tadqiqot ishi
-ijodiy ish
-referat
-musobaqa(KVN, konkurslar)
-konferensiya
-auksion
-kichik keys
-krossvord
-viktorina
|
-тabaqalashtirilgan testlar
-Blum taksonomiyasiga asoslangan testlar
|
Og‘zaki so‘rovda o‘tilgan mavzu bo‘yicha 3-5tagacha savollar qo‘yilib, savollarga talabalar og‘zaki javob beradilar. Baholashning bunday turida talabalarning mustaqil mushohada yuritishi, o‘rganilgan bilimlarni, mavzu mohiyatini tushunib, bilib, fikrlab nutqi orqali yetkazib berishida ko‘ramiz. Og‘zaki so‘rov o‘quvchilarda:
Nuqtning ravon bo‘lishga;
Nutq madaniyatini shakllanishiga
Olingan bilimlarni tizimli so‘zlashga;
Savoldagi tushunchani anglab yetishga;
Eshitish madaniyatni shakllantirish, rivojlantirishga va hokazolarga olib keladi.
O‘qituvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan pedagogik texnikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, diksiyasi, tovush ohangini baland, o‘rta, past qila olishi va hokazo).
Past ohangda gapiradigan o‘qituvchining darsi o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog‘ida ovozni baland qilib so‘zlashish o‘quvchilarni darsdan bezdiradi va charchatadi. O‘quvchilarning bunday o‘qituvchi ta’limidan ko‘ngillari soviydi. Shuning uchun informatika o‘qituvchisi savodli gapirishi, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini, informatikaga oid xalqaro so‘zlarni nutqda aniq ifodalash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Nutqqa qo‘yiladigan talablarga biz talaffuzning aniqligi, ifodaviylik, emotsionallik, diksiyaning tushunarligi, tovushlarning aniq talaffuz qilinishi, obrazlilik, nutq madaniyati, so‘zdan foydalanish qoidalariga rioya qilish, nutq tempi(bir minuda 120 ta so‘z)ga amal qilishni tushunamiz [23].
Men faqat “buyoqqa kel” so‘zini 15-20 xilda gapira olganimdan, yuz, tashqi qiyofa va ovozni 20 xil ko‘rinishda bera olganimdan so‘nggina haqiqiy mahorat egasiga aylandim, - degan A.S. Makarenko.
Yuqoridagilarni hisobga olib, taklif sifatida shuni aytmoqchimanki, pedagogika yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalarning nazorat ishlari testdan ko‘ra qo‘proq og‘zaki bo‘lgani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |