2.Guruhlarni shakllantirish. Mavzu tanlanganidan keyin shu mavzu bahs munozarasi olib boriladigan guruh shakllantiriladi. Guruhni shakllantirish turli zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, teskari qaratilgan 1 va 2 yozilgan kartochkalarni tortish, jurnaldagi nomerlarni toq va juft raqamlarga ajratish, guruhdan 2 ta iqtidorli talabani tanlab ular yordamida o‘z guruhlarini shakllantirishga erishish va h.k. Bahs munozara mavzusi bo‘yicha bir guruh fikrni qo‘llab quvvatlovchilar, ikkinchi guruh esa, ularga qarshi fikr yurituvchilar hisoblanadilar.
Guruhdan so‘zga chiquvchilar va vaqtni belgilash. Guruhlar shakllanganidan so‘ng, guruh bilan kelishilgan holda guruh a’zolaridan kimlar qancha qancha vaqt davomida so‘zga chiqishlari belgilab olinadi.
E’lon qilish. Bahs munozara auditoridan tashqarida o‘tkazilayotganligini hisobga olib, uning o‘tkazilishi haqida e’lon muassasa e’lonlar doskasiga chiqariladi. Taklifnomalar tayyorlanib ta’lim muassasasi ma’muriyatiga, guruhlarga tarqatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |