'J
i f ?
W
, \ «
\ j
«
SM
6-
N om ozgoh II m a d a n iy a ti b u y u m la ri: I— 5-sopol id is h la r va u la rn in g
n a q s h la ri, 6 -7 -a y o l h a y k a lc h a la ri. 8-pona, 9 -p ich o q , 10-m ctall bezak.
'S'
i
F
w
N om ozgoh III m a d a n iy a ti b u y u m la ri: l-4 -so p o l id is h la r va u la rn in g
n a q s h la ri, 5 - 6 -a y o l h a y k a lc h a la ri, 7 -8 -h a y v o n h a y k a lc h a la ri,
9 -m is q ilic h . 10-m etall o*q uchi, I l-m e ta ll igna,
1 2 -1 3 -ta q in c h o q , 14-m uhr.
N am ozgoh IV -V m a d a n iy a ti b u y u m la r i:
1-9-sopol b u y u m la r. 1 0 -1 1-ayol h a y k a lla ri, 1 2 -1 3 -h a y v o n fig u ra la ri,
1 4 -1 5 -a ra v a c h a la r, 16-IX-m etal m u h r la r, 1 9-m etal o ‘q , 20-m etall b o g “lo g ‘ich,
2 1 -2 3 -m e la ll p ic h o q la r, 2 4 -m a n /ilg o h p la n .
S o p o l q u v u rla r . J a r q o 'to n .
J o 'm r a k ii sopol b u y u m . S o p o llitc p a.
T a rn o v sim o n jo 'm r a k li c h o y n a k .
J a r q o 'to n .
S o p o l id is h la r to 'p la m i. S o pollilepa m a d an iy a ti.
Ik k i p o g 'o n a li xum d o n . J a r q o ‘to n .
Sopol id is h la r. M o 'lali d a v r i.
K c n a ta r q a b r.
U r u g ' s a rd o rin in g q a b r i. J a r q o 'tu n .
P e rse p o l sa ro y i rele fi. M il.avv.V asr.
S o‘q a.
O q sh ax o n q a l 'a . T ik la n g an .
M in g o 'r ik . I—XI11 a s rla rd a g i
s h a h a r la rh i.
Y unusubod O q lcp asi. T ik la n g a n .
Shoshlcpa. MiLavv. II asr larhi.
Qozog‘iston cho‘llari, Amudaryo, Sirdatyo va Zarafshonning quyi
havzalarida, tog‘li hududlarda yashaganlar. Bu chorvador qabilalar
ko‘pincha cho‘l zonasida yashaganliklari uchun maxsus adabiyotlarda
«bronza asrining cho‘l zonasi qabilalari» nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi.
C ho‘l zonasi qabilalari u erlam ing tabiiy geografik sharoitga
moslashib hayot kechirishgan. U lar erto‘la va yarim ertoMa tipidagi
kulbalarda, qora uylarda yashaganlar.
Sopol idishlar qo‘lda yasalib,
qo‘pol va m o‘rt boMgan. Ularning turlari ham kam boMib,
ochiq
gulxanda pishirilgan, sirtiga chiziqli, taroq uslublaridagi geom etrik
naqshlar chizilgan. Lekin bronza metallurgiyasi sohasida anchagina
muvaffaqiyatlarga erishganlar.
Z am onbobo m adaniyati Zarafshon daryosining quyi havzasida
topilgan chorvachilik va motiga dehqonchiligi bilan shug‘ullangan
qabilalaming yodgorligi hisoblanadi. U Buxoro viloyati Q orako‘l
tumanining cho‘l zonasidagi Zamonbobo ko‘li bo‘yida joylashgan.
Zamonbobo madaniyatiga oid qabristonni 1950 yilda Y a.G ‘.G ‘ulo-
mov topdi. Qabristonda 1951-1960 yillarda olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar natijasida bronza davriga oid 40dan ortiq qabr ochilgan.
Mozorlar tuzilishi jihatidan ayvonli laxat (podboy) shaklida boMgan.
Zamonbobo
qabristonidan yaproqsim on
shaklda
ishlangan
tosh
paykonlar, osti yassi va tuxumsimon boMgan sopol idishlar, bronzadan
ishlangan kurakchalar, halqasimon bilakuzuklar, qimmatbaho toshlardan
yasalgan juda ko‘p munchoqlar, je z oyna, igna, bigiz, terrakota
haykalcha, namozgoh madaniyatiga tegishli sopol parchalari va boshqa
narsalar topilgan.
1961
yili A.Asqarov Zamonbobo qabristonidan uncha uzoq boMma
gan joydan, Zarafshonning qadimgi o ‘zani Gurdush-Gujayli sohilidan
shu madaniyatga tegishli qishloq qoldiqlarini topdi. U erda olib borilgan
arxeologik tadqiqotlar natijasida zamonboboliklam ing x o ‘jaligi va
turmushiga doir yangi materiallar to ‘plandi.
U erdan ertoMa tipidagi
kulba harobasi, bir nechta engil chayla o ‘rni, ikki yarusli xum don
harobasi va devor qoldiqlari topib o ‘rganildi. ErtoMa maydoni 200 kv.m
boMib, uning maydonida qator o'choqlar, kulba karkasining ustun
chuqurchalari saqlangan.
Suvyorgan m adaniyatiga oid dastlabki yodgorliklar 1945-1946
yillarda
QoraqalpogMstonning
JonbosqaPa
tumanidagi
Jo n b o s-6
qarorgohidan va 1954 yillarda Oqchadaryoning qadimgi irm oqlari
bo'yidan Qamishli 1, Qamishli 2 qarorgohlaridan topilgan. U larning
materiallari asosida S.P.Tolstov Suvyorgan madaniyatini rivojlanishi-
ning bosqichlarini aniqlagan. Olim uni miloddan avv. II ming yillikning
birinchi yarmiga oid boMib, Kaltaminor madaniyatining qamishli
bosqichi deb ko‘rsatadi.
Suvyorgan madaniyati sopol idishlari ustida
qizil rang izlari
saqlanganligi bilan ajraladi. Tadqiqot jarayonida suvyorganliklar
dastlab doira shaklidagi yarim ertoMalarda yashaganlar, keyinchalik esa
u to ‘g ‘ri to‘rtburchak shaklida b o ‘lgan.
M iloddan avv. II m ing yillikning ikkinchi yarm iga kelib, bu
m adaniyatni yaratgan urug‘-jamoalar tozabog‘yobliklar bilan aralashib
ketadilar.
T o zab o g ‘yob m a d a n iy a ti 1938 yilda Amudaryoning quyi havza-
sidagi Oqchadaryo o ‘zani bo‘yidagi Tozabog‘yob kanali bo‘yidan
S.P.Tolstov tomonidan topilgan.
Tozabog‘yob madaniyati qadimgi Xorazm hududida miloddan
avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida (mil.avv. XV asr)
shakllangan. Bu m adaniyat aholisi erto‘la va chaylalarda yashab,
chorvachilik va qisman, qoMtiq dehqonchiligi bilan shug‘ullanganlar.
T ozabog‘yob kulbalari yarim ertoMa shaklida qurilib, ulam ing o‘rtacha
m aydoni 12-18
kv.m
ga teng. Kulba markazida o ‘choq boMgan. Kulba
bir oila uchun moMjallangan. Lekin kulbalar orasida maydoni 100-120
kv.m
.ga teng boMgani ham uchraydi, ular bir urug‘ jam oa uchun
moMjallangan.
Sopol idishlar qoMda yasalgan qo'pol, m o‘rt boMib, xurmacha,
bankasim on idishlar va yarim doira shaklidagi kosalardan iboratdir.
Sopol buyum lar geom etrik naqsh bilan bezatilgan. Arxeologlar ularni
tahlil qilib QozogMston va janubiy Sibir hududlarida tarqalgan
A ndronova madaniyatiga aynan o ‘xshashini aniqiaganlar. Tozabog‘yob
m adaniyati moddiy buyum lariga o‘xshash buyumlar quyi Zarafshon,
quyi Qashqadaryo, Toshkent vohasining adirli zonalarida, Farg‘ona
vodiysida topilgan.
Tozabog‘yob m adaniyatining shakllanishida Yog‘ochband (srub) va
A ndronova madaniyatlarining ta ’siri katta boMgan. Lekin Tozabog‘yob
m adaniyatining xo‘jalik va m adaniy hayotining o ‘ziga xos xususiyatlari
bor. Tozabog‘yob qabilalarida dehqonchilik anclia rivojlangan. Mil.avv.
II
m ing yillikning ikkinchi
yarmiga oid irrigaciya inshootlari
B .V .A ndrianov tomonidan yaxshi o ‘rganilgan.
T ozabog'yob m adaniyatiga oid qabriston K o‘kcha 3 qabristoni
boMib, u 1954 yilda qadimgi
Xorazm hududidagi Sulton Uvays
tizm alarining sharqiy chekkasidan topib o‘rganildi. U erdan 100 dan
ortiq qabr topilgan va boy arxeologik material olingan. Qabrlardan har
xil darajada saqlangan 43 ta odam skeleti topildi. M ozorlarda bittadan,
ba’zi xollarda bir vaqtda va har xil vaqtda ko‘milgan ikkitadan skelet
topildi. Ayollar bilan bolalami k o ‘mish, erkak va ayolni bir qabrga
ko‘mish xollari ham uchraydi. M arhum iar oyoq-qoMlari buklangan
holda o‘ng yoki chap biqini bilan k o ‘milgan. Har bir mozorda bir yoki
bir nechta sopol idishlar, erkaklar m ozorida bronza buyum lar,
ayollamikida esa bronza taqinchoqlar uchraydi.
Tozabog‘yob madaniyati odam larining antropologik tiplari ikki xil
bo‘lib, ularning birinchisi andronova qabilalariga oid protoevropoid tipi
bo‘lsa, ikkinchisi 0 ‘rta Osiyoning qadim gi aholisi sharqiy 0 ‘rta E r
dengizi tipini beradi. Shuningdek, odam lar orasida Sharqiy Evropaning
Y og‘ochband madaniyati tiplari ham uchraydi.
A ndronov a m adaniyati
m il.aw . II- I ming yilliklarda G 'a rb iy
Sibir, 0 ‘rta Osiyo va janubiy Ural hududlarida tarqalgan m adaniyati
biri biriga yaqin boMgan qabilalarga nisbatan aytiladi. Andronova nom i
Achinsk yaqinidagi Andronova qishlogM nomidan olingan, chunki shu
erda 1914 yilda dastlabki yodgorlik topilgan.
1948 yilda K .V .Salnikov
Andronova
madaniyati
yodgorliklam ing
3
bosqichini
aniqladi:
Fyodorov, Alakul, Zamarev. Bugungi kunda esa, uning 4 tarm o g‘i
aniqlangan:
1. S intash ta-P etrovka-A rk aim — Janubiy Ural va Shimoliy Q ozo-
qistonda tarqalgan, mil. aw . 2200-1600 yilliklarga oid;
2. A lakul Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi erlarda va Q izilqum
choMida tarqalgan, m il.aw . 2100-1400 yilliklarga oid;
3. F yodorovo Janubiy Sibir hududida tarqalgan, m il.aw . 1500-1300
yilliklarda oid, bu erda ilk bor oMikni yoqish (kremaciya) va o lovga
e’tiqod izlari kuzatilgan;
4. B eshkentskiy tu m a n - Tojikistondagi Vaxsh vohasi, mil. avv.
1000-800 yilliklarni o‘z ichiga oladi
Andronova madaniyati aholisi
yarim ertoMa va chaylalarda
yashaganlar. Ular asosan chorvachilik, qisman dehqonchilik bilan
shug‘ullanganlar. Ularda metallga ishlov berish rivojlangan. Ular m isni
Oltoy togMaridan va QozogMston hududlaridan olganlar. K o‘pincha
qishloqlari yonida qurbongohlari boMgan. U erda ko‘plab o‘ralar boMib,
ichidan andronova sopol idishlari topilgan. Sopol idishlarining tagi yassi
boMib, murakkab geometrik o ‘ym a naqshlar bilan bezatilgan. A ndrono-
valiklarning qabrlari daryolar oralarida boMib, ular toshlar bilan halqa
qilib o ‘ralgan. 0 ‘liklar bukchaytirilib k o ‘milgan, qoMlari yuz tarafiga
qo'yilgan. B a’zi xollarda m arhum lam ing kuydirilganlari ham uchraydi.
Qabrlardan chaqmoqtoshdan ishlangan o ‘q uchlari, bronzadan ishlangan
m ehnat va jangovor qurollari
turli taqinchoqlar va sopol idishlar
topilgan.
M iloddan a w a lg i II m ing yillikning ikkinchi yarm ida Toshkent
viloyatining tog'oldi hududlari ham Andronova chorvador qabilalari
tom onidan o ‘zlashtirilgan. Hozirgi kunda ularning qisqa muddatli
qarorgohlari Toshkent yaqinidagi Achiko‘1 atrofida, Y angiyo‘l tumanida
va Toshkent kanali hududlarida makon va m ozor izlari topilgan.
Ularning xech birida m adaniy qatlam saqlanmagan. Faqat qadimgi
qishloq harobalarida chizm a naqshli sopol parchalari, bronzadan
ishlangan u y -ro ‘zg‘or buyum lari, tosh yorg‘uchoq siniqlari uchraydi.
Q abrlarda esa, oyoq-qoMlari buklanib, yoni bilan yotqizilgan skeletlar
va bir necha sopol buyum lari topilgan. Ayollar qabrlarida bronza
taqinchoqlar uchraydi.
C ho‘l zonasi qabilalariga tegishli yodgorliklar Farg‘ona vodiysida
keng o ‘rganilgan. Jum ladan,
Qayroqqum va Dahana qabristonlarini
k o ‘rsatish mumkin.
Q a y ro q q u m m a d a n iy a ti Farg‘ona vodiysining g ‘arbiy qismi
joylashgan bo‘lib, 1950 yillarda A.P.Okladnikov v a B.A.Litvinskiylar
tom onidan topib o ‘rganilgan. U joydagi taqir ustidan 60 dan ortiq makon
/a m inglab sopol siniqlari, bronza va tosh qurollar, hayvon suyaklari
topildi. Bu madaniyat m il.a w . II ming yillikning o ‘rtalarida shakllan-
gan.
M akon va qabrlardagi sopol idishlar ko‘p jihatdan tozabog‘yob
sopollariga o‘xshab ketsa-da, lekin Qayroqqum sopollari ichida quloqli,
tam ov j o ‘mrakli xillari bo ‘lgan. Sopol idishlaming o ‘ndan bir qismi
chizm a, taroq shakllar bilan naqshlangan. Bu ularning xronologik
jihatdan Andronova m adaniyatining eng so‘nggi bosqichiga tegishli
ekanligini ko‘rsatgan.
Qayroqqum m adaniyatida metall hunarmandchiligi rivojlangan. 15 ta
jo y d an metall eritish o ‘choq!ari va toshqollar uyumi topilgan.
Shuningdek, taqirlarda ikki tigMi yaproqsimon pichoqlar, xanjar, iskana,
qarm oq, igna, bigiz, ikki parrakli bronza paykonlar ko‘plab uchraydi.
Qayroqqum madaniyati broza davrining oxiri va ilk tem ir davriga oid
yodgorlik hisoblanadi.
Yuqori Farg‘ona hududidan Vodil, QaramkoM, Yapagin, Chakka
qabristonlarini B.Z.Gamburg va N.G.Gorbunovlar o ‘rganganlar. 50dan
ortiq
m ozor-qo‘rg‘ondan
tosh
yashiklarga
solingan
oyoq-qoMi
buklangan
odam
skeletlari
topilgan.
Lekin
m ozorlarning 90%
o ‘gMrlangan. Ularning b a’zilarida qo‘ngMroqsimon bronza isirg‘alar,
spiral boshli bilakuzuklar, bronza munchoqlar, ikki parrakli paykon va
sopol parchalari uchraydi.
Toshkent va Farg‘ona vodiysi choMli zona qabilalarida chorvachilik
rivojlangan.
Lekin chorvadorlar hayotida dehqonchilik ham muhim
o‘ringa ega boMgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |