Kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi: 1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi). 2) Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro‘yobga chiqarish). 4) Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do‘st va tanishlarining maslahatlari bilan).
3) Komformist.
Motiv tasnifi. Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik: 1. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar: 2) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar; 3) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar; 4) jamiyatning ahloqiy me’yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar; 5) borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari. Yoshlarda kasb tanlash va kasb etikasi kategoriyalari
Yoshlarning mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholashorqali) mustaqil kasb tanlashga o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi
Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o‘quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‘ngra kasbga yo‘llash kerak
Thanks!
Savol va takliflar bormi?
dturayev1999@mail.com
+998 99 919 66 99
epicgames.com
Do'stlaringiz bilan baham: |