Muzloq relef shakllari
Relyef (frans, relief, lot. relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa pastbalandliklar majmui. R. kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va boshqalar). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi R.ning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari R.ni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin.
R. endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. Yirik R. shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq R. shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli R.larni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan R. shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. R.dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. R.ning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.
R.ning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. R.ni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi R. saqida Yer maqolasiga q.[1] bu ham toʻgʻri
Do'stlaringiz bilan baham: |