26
G‘arbiy Yevropada cherkovlarda xazinalar borligi
haqidagi ilk
ma’lumotlar VII asrga borib taqaladi, ammo franklar qiroli, keyin im-
perator bo‘lgan Buyuk karlning (768–814-yillar) taxtga chiqishi bilan
ularning qurilishi haqiqiy avj oldi. U Yevropa
xalqlarini zabt eta turib,
ular o‘rtasida nasroniylikni joriy qildi, bu bilan yangi cherkovlar va ro-
hibxonalar paydo bo‘lishiga turtki berdi.
Ahli qavmning badallari va hadyalari ibodatxonalardagi xazinalar-
ni to‘ldirishning muhim manbalaridan biri bo‘lib xizmat qildi. Buyuk
karlning o‘zi ham sahovatpeshalikda nom chiqardi, u o‘limidan uch oy
avval o‘z boyliklarining uchdan birini merosxo‘rlariga qoldirdi, qolgan
boyliklarini esa qirollikdagi 24 abbatlik o‘rtasida taqsimladi. Avarlar va
arablar bilan bo‘lgan janglar vaqtida tortib olingan harbiy o‘ljalar ham
nasroniylarning xazinalarini to‘ldirdi, XI-XIII asrlarda “g‘ayridinlar”
qo‘lidan “Xudoning tobutini tortib olish” maqsadida sharqqa
qilingan
salb yurishlari eski xazinalarni to‘ldirishning va yangi xazinalar paydo
qilishning muhim manbaiga aylandi.
To‘rtinchi salb yurishi aytilgan fikrga ajoyib misol bo‘lib xiz-
mat qilishi mumkin. Tashqi sabablarga ko‘ra u o‘zining Misrga qarshi
yo‘nalishini o‘zgartirdi va 1204-yilda pravoslavlarning konstantinopol
shahrini bosib oldi, janglar shaharni vayron qilish va uning boyliklarini
talash bilan yakunlandi, madaniyat, san’at yodgorliklariga ham, cherkov-
lardagi muqaddas ashyolarga ham shafqat qilinmadi. Bunda
venetsiya-
liklar tomonidan olingan harbiy o‘lja Venetsiyadagi mashhur san Marko
ibodatxonasi xazinasini yaratishga asos bo‘ldi. salbchilar talonchilik
bilan olingan boyliklarning o‘zlariga tegishli qismini garov tariqasida
qarz olish uchun fransuz qiroli muqaddas Lyudovik IXda berdilar. Qirol
esa qarzni qaytarishni talab qilmasdan, qimmatbaho boyliklarni Parijda
maxsus tiklangan sen-shapel ibodatxonasiga joylashtirdi.
Ibodatxonalardagi boyliklar tarkibiga diniy
marosim xizmatlarida ish-
latiladigan buyumlardan tashqari Bibi Maryam, havoriylar, din yo‘lidagi
jafokashlar va nasroniylar olamida ehtirom qilinadigan
boshqa shaxslar
nomi bilan bog‘liq yodgorliklar kirardi. Ruhoniylarning liboslari va
27
ishlatgan
buyumlari, ularning hoki o‘ralgan matolar, agar ular jafo
tortib halok bo‘lgan bo‘lsa, azoblash va qatl qurollari shular jum-
lasidandir. Maxsus kumush yoki qo‘rg‘oshin idishlarda dafn lam-
palari moyi saqlanardi. Injil sujetlari tasviri tushirilgan past bo‘yli
keng qutilarda Falastin zaminining muqaddas tuprog‘i asralardi.
Ba’zan u yoki bu yodgorliklar bir necha nusxada mavjud bo‘lardi,
ularning egalari esa o‘zidagi raritetning haqiqiyligini tasdiqlashar-
di. Masalan, Yevropada kamida 29 ta
cherkov va rohibxona aynan
o‘zida Isoning qo‘l va oyog‘ini xochga qoqishda ishlatilgan mixlar
saqlanishini tasdiqlashardi.
Buyuk karl imperiyasi tarkibidagi rohibxonalardan birida saqlan-
gan nasroniylik yodgorliklarining namunaviy tarkibi quyidagicha
bo‘lgan: “Rabbimizning belbog‘i, Uning libosi,
Uning poyabzali,
Uning oxuri, U iordan daryosidan suv olib ichgan idish, Iisus 5 ming
kishini beshta non bilan to‘ydirganda o‘tirgan tosh, U tug‘ilganda nur
sochgan chiroq, Favor tog‘idan keltirilgan yodgorliklar, Bibi Mar-
yamning ... sochi, Uning libosi va palliy, havoriy Pyotrning soqolidan
olingan tuk, uning poyabzali va ko‘ylagi, uning stoli, avliyo Pavel-
ning stuli, uning libosi...”
va hokazo
21
.
Cherkov tomonidan jafokashlar va avliyolar sirasiga kiritilgan
kishilarning xoklari, ayniqsa alohida e’zozlangan. Ularga egalik qi-
lish uchun haqiqiy kurash borgan: ularni sotib olishgan, o‘g‘rilashgan,
qismlarga bo‘lishgan. Muqaddas xoklar maxsus idishlarga – relikva-
riylarga solib qo‘yilgan, ularni qimmatbaho metallardan, fil suyagi-
dan, yog‘ochdan ishlab, qimmatbaho toshlar, naqshlar bilan bezak
berilgan. Relikvariylar ikki tomli uy yoki gotik uslubdagi ibodatxona
shaklida ishlangan, ba’zan esa xoch, silindrik idishlar va boshqa diniy
ashyolar ko‘rinishida ham bo‘lgan. Agar
asralayotgan noyob yodgor-
lik-ashyo muqaddas kishi tanasining qismi bo‘lsa, bunda relikvariy
qo‘l, oyoq, bosh, barmoq shaklida, ya’ni saqlanishi mo‘ljallanayotgan
narsa shaklida tayyorlangan.
21
Do'stlaringiz bilan baham: