Muzey to‘plami – barcha muzey kolleksiyasiga aytiladi. Muzey
kolleksiyasiga nafaqat ilmiy tashkillashtirilgan barcha muzey pred-
metlari, balki ilmiy yordamchi materiallar hamda muzeyda saqlana-
digan turli ilmiy axborot bilan ta’minlovchi vositalar, qisman arxiv va
kutubxonalar kiradi.
Muzey – (yunon. museion- muzalarga bag‘ishlangan joy) tarixiy,
moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va
tashviq qilish ishlarini bajaruvchi ilm-ma’rifat muassasasi. Muzey-
ning ilmiy tashviqot va tarbiyaviy faoliyatining asosiy shakllari —
ekspozitsiya, ko‘rgazmalar, ekskursiyadir.
Muzeografiya – (lot. grapho – yozmoq) muzeyni yaxlitligicha
yoki biror bir yo‘nalishini tavsiflovchi nashr korpusi. U yoki bu nashr
muzeografik turning mezoniga taalluqligi undagi muzey haqidagi
mavjud ma’lumotlar tavsifiga bog‘liq. Muzeografiya nashrlariga:
yo‘lko‘rsatkich, ma’lumotnomalar, hisobotlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |