Shvetsiya muzeylari
1. shvetsiyada muzeylar ahamiyati.
2. ochiq osmon ostidagi muzeylar.
3. shvetsiya Davlat Milliy muzeyi.
shvetsiya Qirolligi – shimoliy Yevropadagi, skandinaviya
yarim orolida joylashgan davlat hisiblanadi. Mamlakat , g‘arbda
– norvegiya , shimoliy-sharqda – Finlandiya va janubiy-g‘arbda
Daniya mamlakatlari bilan chegaradoshdir. shvetsiya – botnik
ko‘rfazi va Boltiq dengizi suvlari yuvib turadi. Mamlakatning
g‘arbiy qismidagi skandinav tog‘ tizmalari shvetsiyani norvegi-
yadan ajratib turadi. shimoliy tog‘li hududlarda – subarktik iqlim
hukmron.
shvetsiya 21 okruglarga bo‘linadi, ularning har biri boshida hu-
kumat tomonidan tayinlanadigan boshqaruv turadi. har bir lenda,
shuningdek, mahalliy boshqaruv organlarida, mahalliy aholi to-
monidan saylanadigan – landstinglar turadi. har bir len, o‘z navba-
tida, kommunalarga bo‘linadi.
Asosiy etnik guruhlar: shvedlar – 90 %, finlar taxminan – 3 %
ni tashkil etadi. shvetsiya aholisining asosiy qismi 2000-yilda
davlatdan chetlashtirilgan – lyuteran diniga ibodat qilishadi. Mam-
lakatda, shuningdek, kotoliklar, provaslavlar va baptistlar mavjud.
Davlat tili – shved tili hisoblanadi.
shvetsiya – konstitutsion monarxiya boshqaruvidagi davlatdir.
Davlat boshlig‘i – qirol hisoblanadi, ammo qirol hokimiyati azal-
azaldan vakillik va marosim vazifalarida cheklangandir. hokimi-
yat, parlament (Riksdag) tomonidan saylangan Bosh vazir bosh-
chiligidagi hukumat tomonidan boshqariladi. Mamlakatning eng
129
obro‘-e’tiborli partiyasi – sotsial-demokratik ishchilar partiyasi hi-
soblanadi. shvetsiya – Yevropa Ittifoqi va shengen bitimi a’zosi.
shvetsiya – yuqori rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi.
Iqtisodiyotning asosiy manbalari: o‘rmon sanoati, gidroenergiya
va temir rudasi qazib olish hisoblanadi. Mamlakatda metallar
va mineral yoqilg‘ilar qazib olinadi. sanoatda: mashinasozlik,
elektronika va kimyo sanoati ishlab chiqarish tarmog‘i rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligida asosiy e’tibor: chorvachilik va texnik donli
mahsulotlar o‘stirishga qaratilgan. Mamlakatda yirik dengiz floti
mavjud. eksport uchun: mashina va uskunalar, kimyo mahsuloti va
metallar yetkazib beriladi. Import orqali esa: mashinalar, neft
va neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar, avtomobil, oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari :
Germaniya, Buyuk Britaniya, AQsh va norvegiya.
eramizning V–VI asrlaridan boshlab shvetsiya davlati Rim im-
periyasi bilan aloqalarni kengaytirib yubordi. Taxminan 800-yil-
larda Melaren ko‘lida ilk shvetsiya davlati Birka shahri vujud-
ga kelib, tez orada Boltiq dengizidagi eng yirik savdo marka-
ziga aylandi. Mana shu yerdan vikinglarning yurushlari boshlandi.
1240-yili shvetsiyaliklar o‘z flotini Neva bo‘ylab eski Ladoga va
novgorod shaharlarini bosib olish uchun jo‘natadi, ammo Aleksandr
nevskiy qo‘shini tomonidan tor-mor etadi. XIII asrning oxirlari-
ga kelib, Shvetsiya davlati o‘ziga fin yerlarini bo‘ysundirib oldi.
XVI – XVII asrlarda shvetsiya harbiy siyosiy faoliyat olib bordi.
Pyotr I qo‘shinlari tomonida shvetsiya harbiylarining Poltavadagi
jangda butkul tor-mor etilish 1700 — 1721-yillardagi shimoliy
urush-da mag‘lubiyatga uchrashi tufayli shvetsiya Germaniya yer-
laridan ayrilib, o‘zining Boltiq viloyatlari, G‘arbiy kareliya shu
jumladan, Viborg qal’asini Rossiyaga berib yubordi. shvetsiya
va Rossiya o‘rtasidagi Fin jangi (1808 — 1809-yillar) shvetsiya
qo‘shinining butkul mag‘lubiyati bilan yakunlandi. shvetsiya dav-
lati Birinchi Jahon urushi davrida betarafligini saqlab turdi. Ikkinchi
130
Jahon urushida ham Shvetsiya o‘zining betarafligini saqlab, harbiy
harakatlarga qo‘shilmadi. Berlin devori qulagandan so‘ng shvetsi-
yaning to‘la mustaqilligi qayta ko‘tib chiqilib, hukumat Yevropa It-
tifoqiga kirish xohishini bildirdi. 1995-yili shvetsiya Yevropa Ittifoqi
a’zosiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |