Ajuda milliy saroyi
Ushbu saroy – klassitsizm uslubidagi me’morlik namunasi,
Portugaliya qirollik oilasining eng so‘nggi rezidensiyasi hisobla-
nadi. XV-XVII asrlarda boshqaruv monaxlarining qirollik sulolasi
uchun Lissabonning Ajuda hududida yog‘ochdan saroy qurilgan. Ja-
hon tarixidagi eng kuchli 1755-yilgi Lissabon zilzilasi qirollik uy-
ini ham chetlab o‘tmadi. Uni qaytadan yog‘ochdan qurishdi. Ammo
u 1794-yilda yonib ketdi va ushbu qasrni toshdan qurish rejasi
tuzildi. Qurilish ishlari boshlab yuborildi. Me’mor Manuel de souz
rahbarligi ostida kechki borokko uslubida saroy, minora pavilyon-
larining pastki qavatlari qad ko‘tardi. keyinchalik saroy qurilishin-
ing dastlabki rejasiga tuzatishlar kiritildi va ko‘rinishi o‘zgartirildi.
Portugaliya napoleondan ozod bo‘lgach, Ajuda saroyining qayta
qurish va tiklash yo‘lga qo‘yildi. Bu ishlarga me’mor oakin Possi-
domo Marsiso de salva boshchilik qildi. saroyning ichki tuzili-
shiga katta e’tibor qaratildi.
1862-yilda g‘arb tomonidan hali qurib bitkazilmagan saroy
45
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 680 p.
98
yotoqxonasiga Luosh I va rafiqasi Maria Pia Lavoyskaya ko‘chib
kirishdi, aynan shu yerda merosxo‘r shaxzodalar don karlos va
don Afonsolar dunyoga kelishdi.
XVIII - XIX asrlarda Portugaliya qirollari qarorgohi bo‘lgan
Ajuda saroyi Portugaliya monaxlari uylari bilan o‘ziga xos
xayrlashuv ramzi edi. 1910-yilgi inqilob voqealari monarxi-
yani yo‘qotdi va qirollik saroyini milliy boylikka aylantirdi.
1968-yildan bu yerda muzey faoliyat yurita boshladi.
Ajuda saroyining 30 dan ortiq zallari o‘sha davr interyeri-
ni tasvirlaydi. Tilla naqshli mebel, geraldika belgisi bosilgan
gobelenlar va qirollik hukmronligi ramzlari, rasmli devorlari,
ichki haykalli favvoralar, chinnilar kollekssiyasi, mashhur bil-
lur qandillar hamda mashhur rassomlarning polotnolari, qirollik
oilasi a’zolarining haqiqiy suratlari nafis va chiroyliligi bilan
taassurot qoldiradi. Ayniqsa, juda qiziqarli qishki bog‘, Taxt zali,
Xitoy va Laksoniya xonalari, badiiy ustaxonalar o‘ziga xosdir.
Bu yerga ko‘plab sayyohlar tashrif buyurishadi. saroyda keng
omma qiziqishi va e’tibori qirollik kutubxonasiga qaratiladi. Bu
yerda juda ko‘plab qadimiy, noyob kitoblar mavjud
46
.
Milliy saroyda hozirgi kungacha Portugaliya yuqori tabaqali
shaxslarining rasmiy uchrashuvlari va davlat darajasidagi bayra-
mona marosimlar o‘tkazib turiladi.
Lissabondagi Ajuda milliy saroyi — Portugaliya qirollarin-
ing oldingi qarorgohi, poytaxtdagi neoklassik binolardan biri
bo‘lgan. Uning qurilishi 1755-yilda zilziladan so‘ng boshlangan,
avvaliga uni borokko uslubida qurmoqchi bo‘lishgan, bu haqda
minoraning pastki qavatlaridan bilish mumkin. Ammo 1802-yil-
dan loyihaga Xose de kostan bosh bo‘lgan va unga italyan ustasi
Fransisko hamkorlik qilgan. Ular saroy me’morligini butkul
o‘zgartirib yuborishdi, zamonaviy neoklassik uslubni tanlashdi.
XIX asr oxirida Portugaliya g‘aznasi bo‘shab qoldi. natijada
46
Bulding National Museums in Europe 1750-2010. 682 p.
99
dastlabki loyihani qirol qaytadan tuzdi va qurilishini qisqartirdi.
1861-yildan Luis I hukmronligida qirol sulolasi saroyda doimiy
yashay boshladi. saroy ko‘rinishi butunlay o‘zgardi, yon tomoni-
dagi fasadi bosh fasadga aylantirildi. saroyning yorqin, oddiy
bezatilgan devorlari keng yashil bog‘ o‘rtasida ajralib turibdi. saroy
ichkarisida ichki hovli bor, sharqiy tomondagi ikkita minora fasa-
dga aylantirildi. G‘arbiy qismi esa tugallanmagan holatda.
saroy interyeri XIX asrning mashhur portugaliyalik rassomlari to-
monidan eklektika uslubida bezatilgan, saroy zallaridan XV-XVII
asrlar amaliy san’ati kolleksiyasi joy olgan. Bu yerda qimmat-
baho mebellar, haykallar, tilla, kumush va kulolchilik buyumlari
bor. Qirol san’atni juda yaxshi ko‘rgan. Qirolicha esa taqinchoqlar
kolleksiyasini yaratgan, shaxsan o‘zi turli xildagi narsalar tikkan.
U har kuni yangi libos kiygan, eskilarini esa karlisha va Alfanso
teatriga yuborgan. U saroyni bezagan qimmatbaho mebellar, gilam-
lar, idish-tovoqlarga buyurtmalar bergan u yerdagi mebellar sakson
chinni bilan bezatililgan.
1889-yilda qirol Luish vafot etadi, qirolicha kambag‘allarga
muruvvat ko‘rsata boshlaydi. 1908-yilda qirollik ekipaji o‘qqa
tutiladi va qirolichaning o‘g‘li karlosh I va nabirasi Luish Filippe
vafot etadi. 1910-yilda monarxiya to‘ntarilgandan so‘ng, qirolicha
Mariya Piya Portugaliyani tashlab, Italiyaga ketadi. 1911-yilda
vafot etadi. Ajuda saroyida esa o‘sha davrdan buyon hech kim
yashamagan. Portugaliya iqlimi yumshoq bo‘lgani uchun hamda
u yerda urush bo‘lmagani uchun ham saroy bugungi kunga-
cha juda yaxshi saqlangan. G‘oya eskizlar bo‘yicha qilin-gan
gobelenlar, chinni va dub xonalar, qishki bog‘, qirolichaning
brilliant tugmachali portreti, gilamlar, hammasi muzey eksponat-
lariga aylangan.
Ajuda milliy saroyi — Praso-du-komersiu maydonidan
g‘arbda, 7 km uzoqlikda joylashgan. Ajudaning eski binosi Lissa-
bon yer qimirlashidan so‘ng 1761-yilda qurilgan. Bu paytda
100
qirol Jozel oilasi bilan Belensk saroyida bo‘lgan. Joze buyrug‘iga
binoan, Ajudaning tepalikda joylashgan hududida yangi yog‘och
saroy qad ko‘targan.
saroyning barcha zallari 1938-yilda omma uchun ochilgan.
Qirollik saroyining katta qismini muzey egallaydi. Boshqa
xonalarda Ajuda kutubxonasi, Madaniyat vazirligi joylashgan.
Farmonlar zali, musiqa zali, qirolicha yotog‘i, badiiy ustaxona
va qishki bog‘ni barcha muzeyga keluvchilar ko‘rishi mum-
kin. Bunday hashamatli buyumlarning saroyda ko‘pligi XVIII
asrdagi boylikdan dalolat beradi. Aynan shu davrda Braziliyada
ochilgan elchixonasi banketlar zali, raqs zali o‘zining ajoyib
ko‘rinishi bilan hammani lol qoldiradi. saroyda hozirgi kunga-
cha Portugaliya hukumati rasmiy marosimlarni o‘tkazib turadi
47
.
Do'stlaringiz bilan baham: |