Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Navoiyga nisbat beriluvchi asarlar



Download 335,49 Kb.
bet85/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Navoiyga nisbat beriluvchi asarlar. Alisher Navoiyga nisbat beriluvchi asarlardan biri “Sab’at abhur” (“Etti dengiz”) deb atalib, arab tili lug‘atshunosligiga bag‘ishlangan. Asarning muallifi masalasi adabiyotshunoslikdagi bahsli masalalardan biri bo‘lib, mazkur mavzuda tadqiqot olib borgan olim B.Hasanov fikriga ko‘ra, Navoiy qalamiga mansub. B.Hasanov o‘z fikrini dalillashda asarning kirish va xotima qismida kotib Ahmad ibn Ali Damashqiy Maniniy keltirgan quyidagi fikrlarni asos qilib oladi: “Bu vaqt va zamon yagonasi Xuroson ufqida porlagan quyosh Mir Alisher Navoiy tartibi, ta’lifi, yaxshilanishi va tasnifi ustida zahmat chekkan “Sab’at abhur” musavvadasidan topilgan narsalarning so‘nggidir”.
Asarning “Sab’at abhur” – “Etti dengiz” deb atalishiga sabab arab lug‘atshunosligiga mansub etti kitobning mazkur asar uchun manba bo‘lganligidir. Ular quyidagilardir:

  1. Javhariyning “Sahoh” izohli lug‘ati;

  2. Sog‘oniyning “Takmila” lug‘ati;

  3. Zamaxshariyning “Kashshof” (Qur’on tafsiriga oid) asari;

4-5) Ibn Hojibning grammatikaga oid “Mufassal” (ikkita muqaddim va sharhlari);
6)“G‘aroyibu-l-hadis” – hadis so‘zlariga tuzilgan lug‘atlar.
7) turli mualliflar, devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Ular shartli ravishda “Zavoyid” nomi bilan atalgan.
“Sab’at abhur”ning tarkibiy tuzilishi asosiga o‘zak tizimi (fleksiya) qo‘yilgan. Arab tilidagi so‘zlar (misol uchun kataba – maktub – kotib – kitob – maktab)da o‘zak chiqarish qoidasiga asosan so‘z tarkibidagi qo‘shimcha unlilar tushirib qoldirilgandan keyin qoladigan ma’no tashuvchi harflar ma’lum bir ma’noli o‘zakni tashkil qiladi (yuqoridagi misolda keltirilgan KTB – kataba). O‘zaklar oxirgi harfiga ko‘ra alifbo tartibida 28 bobga ajratilgan. “Sab’at abhur” o‘z ichiga 8609 lug‘at maqolani kiritgan bo‘lib, undagi leksikaning asosiy qismini uch harfli o‘zaklar tashkil qiladi (6451 lug‘at maqola). Miqdor jihatdan ikkinchi o‘rinni to‘rt harfli o‘zaklar egallaydi (2056 ta). Uchinchi o‘rinda besh harfli o‘zaklar turadi (94 lug‘at maqola). Arab tiliga chetdan kirgan kam iste’moldagi so‘zlar olti (1 lug‘at maqola) va etti harfli (2 lug‘at maqola) so‘zlardir.
Mazkur asar arab lug‘atshunosligi rivojlanishi susaygan davrda vujudga kelganligi bilan alohida ahamiyat kasb etib, arab leksikografiyasi tarixida Javhariyning “Sahoh” va Firuzobodiyning “Qomus” lug‘atlari bilan bir qatorda turadi.
Alisher Navoiyga nisbat beriluvchi yana bir asar “Risolai tir andoxtan” tirandozlik, ya’ni kamondan o‘q otish fazilatiga bag‘ishlangan. Asarning muallifi masalasi adabiyotshunoslikdagi bahsli masalalardan bo‘lib, mazkur asar ustida izlanish olib borgan E.Bertels, A.Semyonov, S.G‘anievaning fikriga ko‘ra, “Risolai tir andoxtan” Alisher Navoiy qalamiga mansub. Risola hajman kichik bo‘lib, unda kamondan o‘q uzishning savobli amal ekanini asoslashga e’tibor qaratilgan. Asardagi har bir fikr diniy dalillar – hadis va rivoyatlar asosida izohlangani bilan alohida xarakterlanadi. Unda keltirilgan bir rivoyatga ko‘ra, Odam Ato alayhissalom shayton hiylasi bilan jannatdan erga tushirilgach, Allohning amri bilan dehqonchilik qiladi – bug‘doy ekadi. Ammo qarg‘alar ekilgan bug‘doyni kavlab eb qo‘ya boshlagach, Xudoga munojot qiladi. SHunda Xudo kamon va o‘q yuboradi. YOydan o‘q otishni farishta Jabroil (alayhissalom) Odam alayhissalomga o‘rgatadi. Odam Ato alayhissalom qarg‘alarga otgan birinchi o‘qi tegmaydi, farishta Jabroil alayhissalom tabassum qiladi, ikkinchi bor otilgan o‘q nishonga tegadi, shunda Jabroil alayhissalom o‘z tabassumini qo‘yidagicha izohlaydi: “Agar ilk o‘qing nishonga tekkanida, qiyomatgacha hech narsa bolalaring qo‘lidan qutulmas edi”.
“Risolai tir andoxtan” bayon tilining sodda va tushunarli, badiiy bo‘yoqdorlikdan xoli ekanligi bilan alohida xarakterlanadi. Asar bo‘yicha E.Bertels, A.Semyonov, G‘.G‘ulom, H.Sulaymonov, S.G‘anieva kabi olim va shoirlarning maqolalari mavjud.


Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish