Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet69/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Vodiyedur, yuz tuman ming onda yo‘l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul...


Gar suluk atvorida tag‘yir edi,
Maqsadi lekin borining bir edi.
Vodiy ta’rifiga ilova tarzida quyidagi hikoyat keltirilgan: Aytishlaricha, bir kuni bir guruh ko‘rlar taqdir taqozosi bilan Hindistonda bir muddat yashab, o‘z yurtlariga qaytibdilar. SHunda bir kishi ulardan: “Hindistonda filni ko‘rdinglarmi?” – deb so‘rabdi. Ko‘rlardan tasdiq javobini olgach, filning qanday hayvon ekanini ta’riflashlarini iltimos qilibdi. SHunda ko‘rlarning har biri filning ma’lum bir a’zosini paypaslab hosil qilgan tasavvuri asosida filni ustunga, ajdahoga, ikkita suyakka, osilib turgan ilonga, cho‘qqiga, qimirlab turgan ikki elpig‘ichga o‘xshatibdi. Ularning ta’rifini tinglab turgan filbonlikdan xabari bo‘lgan bir kishi ko‘rlarga tanbeh bermasdan, shunday debdi: “Garchi ular o‘z bilganlaricha so‘z aytib, bir-birlariga zid fikrlarni keltirgan bo‘lsalar-da, ularning aytganlari kechirarlidir. CHunki ular aytgan bu sifatlarning barchasini bir erga jam qilsa, bu javoblardan fil haqidagi muayyan tasavvur paydo bo‘ladi”.
Hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, Allohni tanish va bilish yo‘li har bir solik uchun o‘ziga xos bo‘lib, bu yo‘llar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning maqsadi bir – YAratganni anglashdir.
4. Istig‘no (ehtiyojsizlik) vodiysida qushlarning ehtiyojmand, Simurg‘ning esa ehtiyojsizligi tasviri bayonida solikning mana shu ehtiyojsizlikni anglab etish zamiridagi holati ifodalanadi. Navoiy vodiyni shunday tasvirlaydi:
Vodiy ondin so‘ngra istig‘nodurur,
Onda teng a’lovu gar adnodurur...


Etti kishvar ichra shohi qahramon,
Bir gado onda hamonu ul hamon...


Onda teng ko‘r gumrahu ogohni,
Dayr ko‘yi birla Baytullohni.
Vodiy mohiyatini yoritish uchun Alisher Navoiy shatranj o‘yini bilan bog‘liq hikoyatni keltiradi. Unga ko‘ra, ikki shatranj ustasi ikki tomonga o‘tirib, o‘rtaga taxtani qo‘ygan holda unga shatranj donalarini terib chiqishadi. Ikki o‘rtada kurash boshlanadi. Bunda shatranj taxtasi o‘rab olingan qal’aga, undagi kurash esa xuddi haqiqiy urush maydoniga o‘xshab qoladi. Agar o‘yin tugab, shatranj o‘ynovchi taxtaning bir chetini ko‘tarsa, bularning barchasi bir zumda yo‘qqa chiqadi. CHunki shatranj o‘ynovchi usta uchun o‘yin tugagach, shatranj donalarining hech qanday farqi qolmaydi. SHatranj donalari xalta ichiga solingach, “shoh” quyi tushishi, “piyoda” esa yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. Xulosa shundaki, Haq nazdida barcha insonlar shatranj donalari kabi “hayot o‘yini”dan so‘ng teng daraja kasb etadilar.
5.Tavhid (birlik) vodiysi. Butun borliq yagona ruh – Simurg‘dan iborat ekanligini tushunish:
CHun bu vodiy sori sayring qo‘ydi gom,
Fardu yaktolig‘ sanga bo‘ldi maqom...


Birda birdin hosil o‘ldi bir adad,
Yo‘q xiradqa munda dam urmoqqa had...


Bir bo‘lu, bir ko‘ru, bir de, bir tila,
Mayl qilma munda ikkilik bila.
Vodiy mohiyatini yanada aniq ifodalash uchun Alisher Navoiy Mansur Xalloj25 bilan bog‘liq voqeani keltiradi. Unga ko‘ra, Mansur Xalloj doim tilida “Anal Haq” jumlasini takrorlab yuradi. Din arboblari: “Senga yuzlangan holat suluk ahlining ko‘piga ayon, lekin ular odob saqlab, o‘z da’volarini oshkor qilmaganlar. Sen ham nafsingni dorga sazovor qilma”, – deb nasihat qiladilar. Lekin Mansur Xalloj bu jumlani takrorlashdan to‘xtamaydi. Bir kuni u tushida Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘radi. Rasululloh (s.a.v.) uning dilidagi “Nega Muhammad (s.a.v.) me’roj kechasi faqat islom ummatining gunohini so‘radi, barcha osiylarning gunohini tilaganda nima bo‘lardi” degan o‘y-xayoli uchun unga tanbeh beradi:
Onda menlikning xayoli yo‘q edi,
Balki bu lafz ehtimoli yo‘q edi.


Eltgan ul erdi boshlag‘on ham ul,
Istag‘on ham ul, bag‘ishlag‘on ham ul...

Ul edi degon o‘zi, berg‘on o‘zi,

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish