Nazm o‘quturkim ravon bo‘lsun savod.
Nasrdin ba’zi o‘qur ham doston,
Bu “Guliston” yanglig‘u ul “Bo‘ston”.
Menga ul holatda tab’i bulhavas
“Mantiqu-t-tayr” aylab erdi multamas.
Topti sokin-sokin ul takrordin,
Soda ko‘nglum bahra ul guftordin.
1453 yilda Alisher maktabdosh do‘sti Husayn bilan Abulqosim Bobur xizmatiga kiradi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashaydi. Bu yillarda ham yosh Alisher o‘qish va ilm o‘rganishda davom etadi.
1457 yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etadi. Xuroson taxtini Abu Sa’id Mirzo egallaydi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga kirishib ketadi. Alisher Navoiy esa Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettiradi. Bu davrga kelib, endi Navoiy ikki tilda she’rlar bituvchi “zullisonayn” shoir sifatida ancha tanilib qolgan edi. Xondamirning ma’lumot berishicha, bir kuni Alisher Navoiy Lutfiy huzuriga borganida, “malik ul-kalom” undan yangi yozilgan bir g‘azalini o‘qib berishni so‘raydi. Navoiy o‘zining
Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh
matla’si bilan boshlanuvchi g‘azalini o‘qiydi. SHunda Lutfiy agar imkoni bo‘lganida, o‘zining 10-12 ming forsiy va turkiy tilda bitilgan baytlarini shu g‘azalga almashtirishini aytib, shoirning iste’dodiga yuksak baho beradi.
SHoir Mashhad madrasalarida o‘qib yurgan paytida bir muddat xastalanib qoladi. U talabalar uchun ajratilgan hujrada kasal bo‘lib yotgan holatini “Majolis un-nafois”da shunday eslaydi:
“...Sulton Abu Sa’id Mirzo zamonida Mashhadda g‘arib va xasta bir buq’ada yiqilib erdim. Qurbon vaqfasi bo‘ldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofig‘a yuz qo‘ydilar. Rasmdurkim, musofirlar muttayyin buq’a gashtiga ham borurlar, ul buq’adakim, faqir yiqilib erdim, jamoati mavolivash el sayr qilib, devorda bitilgan abyotni o‘qib, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulug‘roq kishikim, ul jamoat ango tobe’ erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za’f holida ul jamoat jonibidin so‘z ayttim. Anga dedilarkim: bu bemor yigit ham bir so‘z aytadur. Ul ulug‘roq kishi xud Shayx Kamol ermishkim, ziyoratga kelgan ermish! Boshim ustiga kelib, mabhasni orag‘a soldi. Faqir javob bergach, o‘z so‘zidan qaytib, tahsinlar qilib, holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham faqirni eshitgan ekandur va ko‘rar havasi bor ekandur”. Alisher Navoiy va davrining mashhur shoiri Kamol Turbatiy o‘rtasidagi uchrashuv shu tariqa yuz beradi.
Alisher Navoiy 60- yillarning boshlarida Hirotga qaytadi. Bu davrda Alisherning tog‘alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar Husayn Boyqaroning sipohiylari sifatida Sulton Abu Sa’id mirzoga qarshi jangda halok bo‘lgan edilar. SHoir Hirotda uzoq qololmaydi va Samarqandga yo‘l oladi10. Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond va Xondamir shoirning Samarqandga borish sabablarini ilm o‘rganishga intilish bilan bog‘lasalar, Zahiriddin Muhammad Bobur “ixroj” (surgun) deb ataydi. Alisher Navoiyning o‘zi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan “Masnaviy” maktubida Samarqandga ketishining bir necha sabablarini ko‘rsatadi:
Bir ulkim, chu so‘zdindir inson sharif,
CHu hayvonga so‘z yo‘qdur, uldur kasif...
Men ul menki, to turk bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak ko‘rmadi men kibi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire...
Etar tengridin oncha quvvat manga,
Ki bo‘lmas bitiriga fursat manga.
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur,
Ki gar kelsa Rustam javobin berur.
Raqam qildi farxunda “SHahnoma”e
Ki, sindi javobida har xomae.
Ki har necha nutq o‘lsa kohilsaroy,
Bitigaymen o‘ttuz yilin o‘ttuz oy.
Ne “SHahnoma”kim, “Xamsa”g‘a ursam el,
Aning panjasi sori etkursam el.
O‘tuz yilki oni Nizomiy demish,
Qoshimda erur ikki-uch yillik ish…
YA’ni Navoiy bu o‘rinda vatandan ketish sabablaridan biri sifatida Hirotda ijod qilish uchun imkoniyat yo‘qligini keltirib o‘tyapti. Nazmda qobiliyat jihatidan Nizomiyga teng ekanligi, Firdavsiy va Nizomiylar 30 yil vaqt sarflab yozgan “SHohnoma”yu “Xamsa”ni 30 oyda yoza olishga o‘zida quvvat sezayotganligiyu, lekin buning uchun sharoit va fursat yo‘qligini ta’kidlayapti.
YAna bir bukim, zohir o‘lmish mango,
Do'stlaringiz bilan baham: |