Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet61/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Aning birla tuzgil surudi nishot.
Ki, so‘z taxtida bo‘ldum oromgir,
Bo‘lay tahniyat bazmida jomgir.
Navoiy, jahonning firibin ema,
Xirad ollida naqshu zebin dema.
CHu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig‘din gadoliqdurur.
Asosiy qism voqealari Iskandarning tug‘ilishidan boshlanadi. Rum mamlakatining shohi Faylaqus tangridan farzand so‘raydi. Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi tug‘ilgan chaqaloq va o‘lik onani uchratadi. Shoh o‘likni dafn ettirib, chaqaloqni o‘ziga farzand qilib oladi va unga Iskandar deb nom beradi. SHoh Iskandarning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor beradi va Arastuning otasi Naqumojisni unga ustod qilib tayinlaydi. Iskandar toj-taxt va boylikka emas, balki ilm-fan va olijanob fazilatlarga muhabbat ruhida ulg‘ayadi.
Doston bilan tanishish jarayonida Navoiy shunchaki Iskandar tarixini yozishni emas, balki u bilan bog‘liq voqealarning ma’nosini ochishni maqsad qilganligini ko‘ramiz. Buni yuqorida keltirganimiz muayyan axloqiy masalaning ta’rifi, hikoyatlar, savol-javob va lirik xotimalarning o‘zaro almashinib kelishidan ham sezish mumkin.
Faylaqus vafot etgach, valiahd sifatida taxtni Iskandar egallashi kerak edi, lekin u taxtga chiqishga oshiqmaydi. Xalq uning shoh bo‘lishini qattiq talab qilib turib olgandan keyingina Arastu unga toj kiygizadi. Iskandar xalq oldiga shart qo‘yib, kimning arz-dodi bo‘lsa, shohni o‘zi bilan teng ko‘rib, ahvolini aytishini so‘raydi:
Ki, berdi manga dodgarlik Iloh,
Bor ersa xaloyiq aro dodxoh,
Kelib ollima arzi hol aylasun,
O‘z ahvolini qiylu qol aylasun!
Iskandar taxtga o‘tirgach, adolat bilan mamlakatni boshqara boshlaydi. Xalqni ikki yillik xirojdan ozod etadi. Dostonda shu o‘rinda adolatning ta’rifi beriladi. Bu ta’rif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. So‘ng shoh Mas’udning bir kuni tushida otasi Mahmudni nurga g‘arq bo‘lgan holda jannat bog‘larida yurganini ko‘rgani va otasidan bu holga qanday sazovor bo‘lganini so‘raganida, otasi Hindistonni egallash vaqtida elga qilgan birgina adolati tufayli Alloh unga shunday martabani loyiq ko‘rgani haqida so‘zlab berganiga doir hikoyat ilova qilinadi. “Hikmat” bobida esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi keltiriladi. Arastuning fikricha, shoh har bir ishda adolat mezoni asosida ish tutsa, uning mulku mamlakati obod, xalqi badavlat bo‘ladi. Xalq badavlat bo‘lsa, askarlarning maoshi ham ortadi va qo‘shin hamisha g‘olib bo‘ladi.
SHu tariqa Iskandar adolat mezoni asosida ko‘plab mamlakatlarni egallaydi, suv tubiga tushadi. 23-bobdan dostonga Doro obrazi kirib keladi. Navoiy Doroga tavsif berar ekan, uning Kayoniylar sulolasi vakili ekanligini, jahon podshosi sifatida Kayxisravu Kayqubodlarning avlodi ekanligini, uning davlatni boshqarishida Luxrosbning tartiblari, qo‘shinida Gushtosbning qonunlari ustuvor ekanligini bayon qiladi. Doro va Iskandar orasidagi xiroj mojarosi bu ikki shoh o‘rtasida ixtilofning paydo bo‘lishiga olib kelganligini afsus bilan ta’kidlaydi.
Urush boshlanadi. Ammo tez orada Doroning noiblari xiyonat qiladilar va Doro yarador holda Iskandar qo‘liga asir tushadi. O‘limi oldidan xiyonatkorlarni jazolash, uning qarindosh-urug‘lariga ozor bermaslik va qizi Ravshanakka uylanishni Iskandarga vasiyat qiladi. Iskandar Doroning barcha vasiyatlarini ortig‘i bilan ado etadi, Doroni izzat-ikrom bilan dafn qiladi. SHu o‘rinda Iskandarning jahongir shoh bo‘lish bilan birga cheksiz mehr sohibi ekanligi ham g‘oyat mohirlik bilan tasvirlanadi.
Iskandar Eronni egallagach, jahonni fath etishga kirishadi. Ko‘plab o‘lka podsholariga xat yozib, mamlakatda adolat va osoyishtalik o‘rnatmoqchi ekanligini va shunga mos holda o‘z ixtiyorlari bilan unga taslim bo‘lishlarini so‘raydi. Aksariyat podsholar unga bo‘yin egib keladilar. Faqat Kashmir, Hind va CHin xoqonlarigina unga bo‘ysunishni istamaydilar. Iskandar Kashmirga yurish qilishga majbur bo‘ladi va mamlakat shohi Malluni bo‘ysundiradi. Uning vasiyatiga binoan qizi Mehrnozga uylanadi, o‘g‘li Feruzni Kashmirga podsho qiladi. Hirot va Samarqand shaharlarini barpo qiladi. Tez orada Hind va CHin xoqonlari ham Iskandarning sha’nu shavkatiga tan berib, unga jangsiz taslim bo‘ladilar.
Iskandar er yuzini egallagach, dengiz sirlarini ham bilish uchun uzoq safarga chiqadi. SHishadan sandiq yasab, ummon tubiga tushadi va ko‘plab ajoyibotlarni ko‘radi. Ammo safardan qaytishda xastalanadi va tutingan onasi Bonuga o‘g‘illikni o‘rniga qo‘ya olmaganidan uzr so‘rab, maktub yozadi. Mazkur maktub butun dunyoni zabt etsa-da, oxir-oqibat u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo‘l bilan ketayotgan, bu olamga shoh bo‘lgandan ko‘ra onadek buyuk zotga qullik qilish sharafi yuksakroq ekanligini anglagan ulug‘ jahongirning iqrornomasi edi:
Boshimg‘a tushub harza andeshae,
Dedim olam ochmoq erur peshae.


Ne qilg‘on xayolim bori xom emish,
Havas jomi ko‘nglumga oshom emish.


Kerak erdi, to kirdi mag‘zimg‘a hush,
Xirad toki soldi dimog‘img‘a jo‘sh.


Demon qilsam erdi o‘g‘ulluq sanga,
Qabul aylasam erdi qulluq sanga.


Sanga aylabon xoki dargohliq,
Aning otin aytsam edi shohliq.
Asosiy qismning so‘nggi bobida etti faylasuf hakim: Aflotun, Suqrot, Balinos, Buqrot, Hurmus, Farfinyus va Arastu Iskandarning onasiga ta’ziya bildirgani keladilar va shu bilan Iskandar voqeasi poyoniga etadi.
Doston boshqa dostonlardan farq qilib, kattagina xotima bilan yakunlanadi. Xotima 6 bobdan iborat bo‘lib, “Saddi Iskandariy” dostonini tugallash bilan muayyan ma’noda “Xamsa”ga ham yakun yasaydi. Xotima quyidagi boblarni o‘z ichiga oladi:
84- bob – Husayn Boyqaro va uning farzandlari ta’rifi
85- bob – Hakimlar (donishmandlar) ta’rifi
86- bob – Gadoning shohga nasihati xususida
87- bob – So‘z gavhari xususida
88- bob – Darveshaliga nasihat
89- bob – Xulosa.
Dostonning so‘nggi bobida Navoiy unga baxt-davlat rahnamolik qilib, nihoyat “Xamsa”ni yakunlaganini yozar ekan, “Hayrat ul-abror” dostoni yozilishidan boshlab “Saddi Iskandariy” yakunlanguncha bo‘lgan jarayonni birma-bir eslab o‘tadi. Navoiy tong otib kech kirguncha el-yurt tashvishi bilan band bo‘lgani holda salaflari uzoq muddat yozgan “Xamsa”ni juda qisqa muddatda – ikki yilda yakunlaganini, agar bevosita faqat yozish uchun ketgan vaqt hisoblab chiqilsa, olti oyga ham bormasligini faxriya tarzida bayon qiladi:
Sangakim yo‘q emgakda g‘oyat padid,
Ulus mehnatida nihoyat padid.
Qilib tongdin oqshomg‘acha qiylu qol,
YUzungga etib har nafas yuz malol.
O‘zung tinmayin xalq g‘avg‘osidin,
Qulog‘ing xaloyiq alolosidin.
Bu mehnatlar ichra chekib so‘zga til,
Zamondin kamo besh o‘tub iki yil.
CHekib xoma bu noma itmomig‘a,
Eturgaysen og‘ozin anjomig‘a
Ki, aqli muhosib shitob aylasa,
Deyilgan zamonin hisob aylasa.
Yig‘ishtursa bo‘lmas bori olti oy
Ki, bo‘ldung bu ra’nog‘a suratnamoy.
Navoiy o‘z beshligi kitobxonlar tomonidan qanday baholanishini bilish uchun ustozi Abdurahmon Jomiyning huzuriga boradi va unga “Xamsa”ni taqdim etadi. Jomiy asarni birma-bir varaqlab, shoirga lutf bilan munosabatda bo‘ladi va bir qo‘lini shoirning elkasiga qo‘yadi. Ustoz va pir Jomiyning qo‘li elkasiga tekkach, shoir bir lahza hushini yo‘qotadi va taxayyul olamiga g‘arq bo‘ladi: Navoiy ajoyib bir gulistonda sayr qilib yurib, bir guruh suhbatdoshlarni ko‘rib qoladi. Ulardan biri shoir tomonga kelib, o‘zini fors-tojik shoiri Hasan Dehlaviy deb tanishtiradi va davradagilar shoirni ko‘rmoqchi ekanliklarini aytadi. Navoiy hayajon bilan davra ahliga yaqinlashadi. Hasan Dehlaviy davradagilarni Navoiyga tanishtiradi. O‘rtada Nizomiy Ganjaviy, uning ikki yonida Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy, ularning atrofida o‘tirganlar esa Firdavsiy, Unsuriy, Sa’diy, Sanoiy, Hoqoniy va Anvariylar edi:
“... O‘rtodag‘i piri farruxjamol
Ki, vasfida keldi xirad nutqi lol,
Erur hazrati SHayx, ogoh bo‘l!
Niyoz aylabon xoki dargoh bo‘l.
O‘ng ilgi sori anga payravdurur,
Jahon ofati – Mir Xusravdurur.
YAna bir yon ustodu piring sening,
Raqamxoni lavhi zamiring sening
CHu Sa’diyu, Firdavsiyu, Unsuriy,
Sanoiyu, Xoqoniyu, Anvariy”...
Davradagilar Navoiyni ko‘rishlari bilan o‘rinlaridan turadilar. Uning bir qo‘lidan Xusrav Dehlaviy, ikkinchi qo‘lidan Abdurahmon Jomiy tutib, Nizomiyning yoniga o‘tqizadilar. Navoiy Nizomiyga ta’zim bajo keltirib, uning yoniga o‘tiradi. Nizomiy Navoiyning “Xamsa”siga yuksak baho beradi va Jomiydan shoir haqqiga duo o‘qishini so‘raydi...
SHu onda Navoiy taxayyul olamidan qaytib qarasa, Jomiy qo‘lini uning elkasidan olgan va unga qarab turgan ekan. Jomiy Navoiyni ulug‘ muddaoga etishganligi bilan qutlab, Tangriga shukrona keltirishga chorlaydi. Nihoyat Allohdan madad so‘rab, ilohiy jumla bilan ibtido topgan “Xamsa” buyuk YAratganga shukronalik bilan yakun topadi:
Navoiy, qilib Tengri koming ravo,
Sanga ro‘zi etti ajoyib navo.
Uzot Tengri shukri navosig‘a til,
Navo ortuq istar esang, shukr qil!
“Saddi Iskandariy” mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (ruknlari va taqti’i: fauvlun fauvlun fauvlun faul V – – V – – V – – V – ) vaznida yozilgan.
Tayanch tushunchalar

  • Doston kompozitsiyasi

  • Hikmat

  • Lirik xotima

  • Xamsa” takmili

  • Mutaqoribi musammani mahzuf


Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish