faoliyatini baholash maqsadida Shu kunga qadar 2000 nafarga yaqin talaba
o’rtasida anketa so’rovnomalari o’tkazildi.
fikr-mulohazalarini bildirganlar. Talabalar o’qituvchilar faoliyatiga baho
mutaxassislarning keng jalb qilishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Jumladan Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi va
beshta kafedra tomonidan 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-
tadqiqot markazlari bilan keliShuvlar va shartnomalar imzolandi. Bular, N.E.
Bauman nomli Moskva Davlat Texnika Universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika
Universiteti, Boshqirdiston Davlat Agrar Universiteti, Ufa Davlat neft
Universiteti, Rusen universiteti (Bolgariya), Ukraina Milliy Universiteti,
SHinxan Universiteti (Janubiy Koreya), “Senmon Kyouiku Publishing Co” o’quv
markazi (YAponiya), Setubal politexnika institut (Portugaliya), Riga Texnika
Universiteti (Latviya) bilan shartnomalar imzolangan. Hozirda yana 5 ta
xorijiy OTMlar bilan keliShuvlar asosida imzolash uchun shartnomalar
loyihalari tayyorlangan. Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik asosida o’quv
jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-
tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish ko’zlangan.
Quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik haqidagi keliShuv
loyihalari tayyorlandi:
Shimoliy Xitoy texnologik universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi).
O’sh davlat universiteti (Qirg’iziston Respublikasi).
Joriy yilning 21 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligining xamda Amerika Qo’shma SHtatlarining O’zbekistondagi
elchixonasining xamkorligi asosida Kaliforniya universiteti professori Kurt
Shurgers Andijon mashinasozlik institutiga “Fulbright” dasturi doirasida
tashrif buyurib, professor-o’qituvchilar va talabalarga 2 ta ma’ruza o’qib
berdi.
Yuqoridagilar bilan birga qarorda har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs
davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar
tashkil etish, 2-kursdan ularni o’qitishni alohida o’quv reja va dasturlar
asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli
qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali
kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish vazifasi yuklatilgan bo’lib,
institutda ushbu jarayon rektor U.R. Salomov tashabbusi bilan bir muncha
vaqtliroq boshlangan bo’lib, bunda “Andijon mashinasozlik institutida
mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha
CHora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi va bu asosida ishlar tashkil etildi.
2017/2018 o’quv yilida ana Shunday guruxlarni shakllantirish maqsadida 2017
yil sentyabr oyida 1-kurs talabalari orasida tuShuntirish va targ’ibot
ishlari olib borilib, fakultetlar kesimida talabalar ro’yxati
shakllantirildi. Mart – aprel oylari davomida qo’shimcha saralash imtihonlari
o’tkazildi. Sinovlar asosida saralab olingan talabalar tarkibidan “Iqtidorli
talabalar” 273-I 17 va 274-I 17 guruhlari 1 kurslarda, 275-I 16 guruhi 2
kursda tashkil etildi, ularning o’qishi “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”,
“Er usti transport tizimi va ularni ekspluatatsiyasi”, “Mashinasozlik
texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va avtomatlashtirish”
yo’nalishlari o’quv rejalari xamda “GM-Uzbekistan” AJ va butlovchi korxonalar
talablaridan kelib chiqqan holda yetakchi horijiy OO’YU o’quv dasturlari
asosida tuzilgan dasturlar bo’yicha ingliz tilida tashkil etildi. Shu bilan
birga “Iqtidorli talabalar” guruhlarining o’quv mashg’ulotlari modul tizimi
asosida
“5+1 modeli” bo’yicha tashkil etilib, ularning dars jadvali blok
tizimida ishlab chiqilgan.
Ushbu guruhlarni dars jadvallari tayyorlanib, o’quv mashg’ulotlari doimiy
ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu guruxlarga dastlab birinchi blok darslari:
Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika
(Physics) hamda Ingliz tilidan “YOzish” va “O’qish” (Reading & Writing)
“Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib
borilgan bo’lsa, xozirda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” “Er usti
transport tizimi va ularni ekspluatatsiyasi”, “Mashinasozlik texnologiyasi,
mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishlari
o’quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan xam olib borilildi.
Dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali
o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon
Von xamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tildi.
2018/2019 o’quv yilida ushbu jarayonni yanada rivojlantirish hamda
Prezidentning 3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida darslarni
ingliz tilida olib boruvchi iqtidorli talabalar guruhlari koordinatori etib
bir nechta xorijiy malakatlarda tajriba oshirgan “Mashinasozlik ishlab
chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi J.Raxmatullaev
tayinlandi. Shu bilan birga ushbu jarayonni yanada rivojlantirish hamda
“Iqtidorli talabalar guruhlari”ning o’quv jarayonini yanada muvofiqlashtirish
maqsadida ularning o’quv reja va dasturlarini xorijiy OTMlar tajribalari
asosida tuzish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: