Muxtorova Mohiraning "Umumiy psixologiya va pedagogika"



Download 228,46 Kb.
bet6/11
Sana23.03.2022
Hajmi228,46 Kb.
#507065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Idrok va uning xususiyatlari

Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga qaraganimizda uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda ko‘ramiz.
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. Xuddi shunday, shaklning mayda detallari jismning uzoqlashgani sayin yo‘qolib boradi, uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi.
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz. Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap va o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi.
Lekin, binokulyar ko‘rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir. Jism katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish, shuningdek, katta hajmli jismda yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga egadir.
Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. Bunda fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin.
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish jismlarning ko‘rish masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar ko‘rish – bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri.
Jismlar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokida ko‘zlarning konvergensiyasi va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlarning idrok etilishi uchun ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos nuqtalarga tushishi kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki divergensiyasisiz amalga oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigohning uzoqdagi jismdan yaqindagiga o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari – yaqindagidan uzoqdagi jismga o‘tishida – ko‘z divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish chiziqlarining ajralishi kuzatiladi.
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida jismlarning bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, jismlarning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi galda , hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq muhim ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan holda oddiy idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u jismlarning joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak.
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish, taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi.

Download 228,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish