6.3-rasm. SIMATIC dasturining standart va qo‘shimcha vositali asosiy menyusi
STEP 7 dasturida avtomatlashtirish tizimini yaratish uchun grafik elementlar yoki o‘quv qo‘lanmalari orqali ta’minlash qo’shimcha dasturiy ta’minlash tillari orqali amalga oshiriladi. Dasturi boshqariladigan tizimni yaratishda kerakli funksiyalar bilan ta’minlash, ya’ni boshqaruvidagi ikkilik kodli signallarda ma’lumot uzatuvchi hisoblagich, taymer, hamda boshqa standart funksiyalar bir-biri bilan bog’lovchi hamda olingan ma’lumotlarni boshqarishda (LAD/FBD/STL) standart muharrirlari orqali amalga oshirish mumkin.
Bu qo‘shimcha dasturlar muharrirlarning mohiyati, foydalanuvchining malakasiga qarab dasturlarni tanlash imkoniyatini beradi. Odatda bu qo‘shimcha dasturiy muharrirlar STEP 7 dasturi menyusida hamda SIMATIC Manager dasturining ichiga joylashtirilishi mumkin.
|
S7-CFG
S7-CFG yoki uzluksizli funksional sxemalar o‘zidan tizim kodi uchun to‘g‘ri keladigan grafik dasturiy vositalarni yozish uchun xizmat qiladi.
Bundan tashqari, CFG dasturlari diagrammalar amalidagi kirish/chiqish signallarini ulashni ham tashkil qiladi.
Yangi funksiyalar yaratilishi mumkin, lekin ko’p ishlatiladigan arifmetik va mantiqiy ifodalar, taymer va hisoblagichlar, taqqoslash va o‘zgartirish, trigonometrik funksiyalar va boshqalar keng tarqalgan. CFC dasturlash usuli detallariga e’tibor bergan holda jarayon amallarini murakkab dastur sifatida beriladi.
|
6.4-rasm. Dasturlashning uzluksiz diagrammalar funksiyasi (CFC) ko‘rsatilgan oyna
|
S7 Graph
S7 Graph o‘zida mashina yoki jarayon amalini bosqichma-bosqich o‘tish imkonini beradigan til ko‘rinishini tashkil etadi. U amallarni ketma-ket boshqarishda juda mos keladi. Ketma-ketlik, ikkita ketma-ket yoki parallel yo‘llardan tashkil topishi mumkin. Tavsiflangan bosqich kodi yoki bosqichdan-bosqichga o‘tish tanlangan dasturlash tilida dasturlanishi mumkin (misol uchun LAD, FBD, STL yoki SCL).
|
6.5-rasm. S7 Graph li oyna
|
SCL
Structured Control Language (SCL-strukturalangan nazorat tili) matnli dasturlash tilinig yuqori toifasi hisoblanib, PASCAL dasturlash buyruqlarini, ya’ni FOR-NEXT LOOP, IF-THEN-ELSE, CASE, DO-WHILE qiymatlar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. S7-SCL sikllarni dasturlashni yengillashtirib, shartlarni to‘g‘ri qo‘yish va hisob-kitoblarni to‘g‘ri qilish, qiyin algoritimlarni optimallashtirib, katta ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni osonlashtiradi. S7-SCL boshqa bloklarni S7 dasturida birlashtirib, bloklardan olingan fayllarni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
|
6.6-rasm. S7-SCL (strukturalangan nazorat tili) ning matnli til oynasi.
|
S7-HiGraph
S7-HiGraph mashinali usuli yoki diagramma holatida dasturlash asosidagi grafik til hisoblanadi. HiGrapha sinxron jarayonga judayam to‘g‘ri keladi. Bu usul yordamida tizim ichki holatidan kelib chiqqan holda alohida-alohida avtanom funksional bloklarga ajratiladi.
Har bir funksional blokning holatidan kelib chiqqan holda blok holat grafi deb tafsivlanadi, o‘tish esa holatlar grafi bo‘yicha aniqlanadi.
|
6.7-rasm. S7-HiGraph mashinali dasturlash tili oynasi.
NAZORAT SAVOLLARI
S7-300/S7-400 dasturlanadigan kontrollerlarining tarkibiga qaysi komponentalar kiradi?
Step 7 oynasining asosiy elementlarini tushuntiring?
Step 7 dagi funksiyalarni aytib bering?
Step 7 loyihlash nimalardan tuzilgan?
Step 7 loyihlashni boshqaruv tizimi qandash ishlaydi?
7-MA`RUZA MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
|
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 40-45 nafar
|
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Kirish, vizual ma`ruza
|
|
Ma`ruza mashg’ulotining rejasi
|
1. Step 7 avtorizatsiyasi dasturini o’rnatish va o’chirish.
2. Step 7 dasturini yuklash va ishlash.
3. SIMATIC dasturiy komponentlarini ochish
|
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Step 7 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar va Step 7 tizimi imkoniyatlari va uning interfeysi to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.
|
|
Pedagogik vazifalar:
-S7-300/S7-400 dasturlana- digan kontrollerning tarkibi va Step 7 dagi loyihlashni boshqaruv tizimlari haqida tushunchalar.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
Step 7 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar bayon qiladi;
S7-300/S7-400 dasturlanadigan kontrollerlarini tarkibi, imkoniyatlari va uning interfeysi ko’rsatib beradi.
Step 7 loyihlashni boshqaruv tizimini tushuntirib berish.
Step 7 komponentalari haqida tushunchalarni sozlab berish.
|
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Vizual ma`ruza, blits-so’rov, klaster, “BBB” texnikasi
|
|
O’qitish vositalari
|
Ma`ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.
|
|
O’qitish shakli
|
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.
|
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya
|
7-MA`RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Bosqichlar,
Vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan
kutilayotgan natijalar ma`lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib
oladi.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1. Talabalar e`tiborini jalb etish va bilim
darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi.
Step 7 dasturi qanday o’rnatiladi?
Step 7 dasturi qanday yuklanadi?
SIMATIC dasturi asosiy elementlarini tushuntiring?
SIMATIC dasturiy komponentlarini ochishni tushuntiring.
2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma`ruzani bayon etishda davom etadi.
2.3. Kompyuter algebrasi tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar va MathCAD, Maple, MATLAB tizimi imkoniyatlari va uning interfeysi to’g’risidagi taqdimotni namoyish qiladi.
2.4. Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e`tibor qilishni va yozib olishlarini ta`kidlaydi
|
2.1. Eshitadi. Navbat bilan bir
birini takrorlamay atamalarni aytadi.
O’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qiladi.
Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi.
Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.
Ta`rifni yozib oladi, misollar keltiradi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e`tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
3.2. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: Kompyuteralgebrasitizimlarigaoid klaster tuzishni vazifa qilib beradi, baholaydi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |