II. TAJRIBA IShINING TOPShIRIG’I O’qituvchidan individual topshiriq-detal chizmasini oling. Topshiriq quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
Geometrik primitivlarni muharrirlash komandalarini o’rganish.
Tashqi xotiradan ikkinchi yoki uchinchi laboratoriya ishi natijasini yuklang.
Qabul qilingan topshiriqqa muvofiq chizmani taxrirlang.
Chizmani tashqi xotirada saqlang.
Nazorat savollari
Qanday qilib ob’ekt xarakteristikasini o’zgartirish mumkin, masalan, chiziqlar tipini?
"Tayanch nuqta" tushunchasini tushuntiring.
Qanday qilib ob’ektdan nusxa olish va uni ko’chirish mumkin? Bitta komanda yordamida bir nechta nusxa olish mumkinmi?
Ob’ektni masshtablashtirish deganda nimani tushnasiz? Ob’ektni masshtab-lashtirish qaysi nuqtaga nisbatan bajariladi?
Qaysi komanda yordamida ob’ektni burish mumkin?
Qanday qilib ob’ektning bir nechta nusxalarini, qat’iy ravishda aylana yoyi bo’yicha joylashtirish mumkin?
Qanday qilib ob’ektning ikki nuqta orasidagi belgilangan qismini yo’qotish mumkin?
6- TAJRIBA MASHG’ULOT.
TRCE MODE 6 SCADA - sistemasi bilan tanishish
Ishdan maqsad: TRACE MODE 6 SCADA sistemasi bilan tanishish, kanallarni yaratishni va sozlashni, TRACE MODE muxitida axborotni ekranga chiqarishni o’rganish.
Topshiriq: kanal va berilgan signal generatorini (sinusoidani) yaratish, yaratilgan kanalni berilgan diapazonni ta’minlagan xolda signalni masshtablash; trend strelkasi yordamida masshtablangan signalni ekranga chiqarish.
Ishning tartibi: TRACE MODE loyihasini yaratish. TRACE MODE dasturini ishga tushiring (tmdevenv.exe fayli bilan). Yangi loyihani yaratish uchun sichqonchani chap tugmasi bilan belgini yoki fayl menyusida “Novыy” qatorini bosish lozim. Yaratilgan loyiha 6.1 rasmdagi ko’rinishda bo’ladi. Loyihada navigator mavjud bo’lmasi sichqonchani chap tugmasi bilan “Vid” menyusidan “Navigatorproekta” qatorini bosish lozim. Yaratilgan loyihani saqlash uchun sichqonchani chap tugmasi bilan belgini yoki “Fayl” menyusining “Soxranit” yoki “Soxranitkak” qatorini bosish lozim.
6.1-rasm TRACE MODE yangi loyihasi.
Tugun yaratish. Loyiha navigatorida “Sistema” qatorini ajrating (6.2-rasm). Sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida yordamchi menyuni chaqiring. Yordamchi menyuda “Sozdatuzel” qatorini tanlang. Taklif qilingan tugunlardan RTM tugunini tanlang.
6.2-rasm Tugun yaratish
Yaratilgan tugun loyiha navigatorining “Sistema” bo’limida ko’rinadi. Yaratilgan RTM tugunini ajrating va uni ustida sichqonchani chap tugmasini bosing. Tugunda nom o’zgartirish imkoni xosil boladi. Yaratilgan RTM tuguniga misol 6.3-rasmda ko’rsatilgan.
6.3-rasmTugun
Kanal yaratish. RTM tugunidan “Kanalы” guruxini ajrating. Hosil bo’lgan yordamchi menyudan “Sozdat komponent” qatorini tanlang. Taklif qilingan componentlar orasidan “Kanal_FLOAT” tanlanadi (6.4- rasm).
6.4- rasm Kanal yaratish
Ko’paytuvchi K va siljitish Z xisoblash. Signal o’zgarishi quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi.
Y=KX+Z bu erda
Y-o’zgartirish natijasi
X-kanalga kirish kattaligi
K-ko’paytuvchi
Z-siljitish
Kanalga kirish kattaligi [0;100] diapazonida o’rganiladi. Ko’paytuvchi K va Z siljish kattaligini toping.
Berilgan kanalni taxrirlash. Sichqonchani chap tugmasi bilan yaratilgan kanal ustiga 2 marta bosiladi (kanal #1 3.11 rasm) Kanalni taxrirlash oynasi ochiladi (6.5-rasm).
6.5-rasm Kanalni tahrirlash
6.6-rasmKanalnitahrirlash
“Imya” maydonida kanalga yangi nom kiritiladi. “Obrabotka” panelida “Ispolzovat” ni belgilang. “Aperturu”ni 0 ga “Pik” ni 1 ga, “Sglaj” ni 0 ga teng qilib o’rnating, ko’paytuvchi K va siljish Zni qiymatlarini hisoblang. Kanal turi input ekanligiga amin bo’ling.
Signalni generasiyalash. “Generatorы” guruxini yarating. Buning uchun loyiha navigatoridan “istochniki/priemniki”qatori ajratiladi. Paydo bo’lgan menyudan “sozdatguruxi” qatori tanlab olinadi. Taklifqilinganguruxlarorasidan “generatori” tanlabolinadi. (6.7-rasm). Yaratilgangurux (generator 1) ajratilib va sichqonchani chap tugmasini bosgan xolda gurux nomini o’zgartirish mumkin.
6.7-rasm Generator uchun gurrux tuzish
Yartilgan generatorni bog’lash. Sichqonchani chap tugmasini belgisiga bosing. Bunda yana bitta loyiha navigator ochiladi. Yuqoridagi loyiha navigator o’ng qismidan RTM tugunidagi “kanali” guruxini tanlang. Pastki loyiha navigatoridan chap qisimning “istochniki/priemniki”qatorining “generatorы” guruxini tanlang (6.7-rasm).Oldin yaratilgan generatorga sichqonchani chap tugmasini bosing. Sichqonchani chap tugmasini qo’yib yubormasdan, sichqoncha kursorini yaratilgan kanalga eltib va sichqonchani chap tugmasini qo’yib yuboring. Kanalbelgisi belgigao’zgarishilozim. (6.18-rasm)
6.18-rasm Kanalni generatorga bog’lash.
Ekran yaratish. “Kanalы” guruxini ajratib yordamchi menyuni chaqiring Yordamchi menyudan “sozdatkomponent” qatorini tanlang. Taklif qilingan komponentlar orasidan “ekran” komponentasini tanlash kerak.
6.19-rasmEkran yaratish.
Nazorat savollari
SCADA sistemasi nima?
SCADA sistemasini asosiy funksiyalari.
SCADA sistemasini paydo bo’lish sabablari.
TJABS nima, ularning vazifalari
Tugun nima?
Kanal deganda nimani tushunasiz?
Kanallarni bazasi nima?
Kanallarni bazasini obektlari nima?
TJ ABS ni pastki satx kontrollerlarini funksiyalari va vazifalari.
Yuqori satx kontrollerlarini funksiyalari va vazifalari