TRENAJER TIZIMLAR
Sungi un yilliklarda butun dunyoda yukori samaradorlikka ega va ishonchli bulgan ma’lumotlarni yigish tizmilari shungdek dispetcherlik boshkaruvi tizimlaridagi muammolarni bartaraf etishga bulgan kizikish tobora ortib bormokda. Bu narsa bir tomondan - avtomatlashtirilgan tizimlarni kullash imkoniyatlarining kengayishi, dasturiy ta’minot va telekommunikatsiya, xisoblash texnikalaridagi bir kator rivojlanayotgan soxalar bilan boglik bulsa. Ikkinchi tomondan axborot texnologiyalarining rivojlanishi, avtomatlashtirish darajasining kutarilishi boshkarish tizimida inson va kurilma orasidagi odam - operator orasidan ba’zi nokulayliklarni keltirib chikarmokda. Tekshiruvlar natijasida shu narsa ma’lum buldiki agar 1960 yillarda inson, sanoat va transportdagi avariya xolatlariga alokadorligi 20 % kuzatilgan bulsa 1990 yilga kelib bu narsa 80 % tashkil etmokda. Yangi texnologiyalarni takomillashtirish va elektron kurilmalar va mashinalar sifatini yanada oshirish bilan bu kursatkichlar yanada kutarilishi mumkin.
Mana shunday xolatlarni inobatga olib bugungi kunda SCADA tizimlarining yanada takomillashgan Unisim Design, Experion paketlari bilan ishlovchi kompyuter trenajorlari keng kullanilmokda.
Masalan. UnisimDesign, Experion dasturiy ta’minoti korxona iktisodiy faoliyati kursatkichlarni yaxshilash xamda korxona ishining samardorligini kutarish imkonini beradi. UnisimDesign, Experion dasturiy ta’minot tizimini ishlab chikishda modellashtirishning mavjud texnologiyalari orasida enga samaralilari tanlab olingan. UnisimDesign, Experion da korxonaning butun ish faoliyati davomida samarali ishlashi uchun bloklar tuplami mavjud. Bu dasturda avtonom xolatda ya’ni texnologik jarayonning statik modelini yaratish, operatorlarni ukitish, tizimdagi nosozliklarni bartaraf etish bilan birgalikda interaktiv – iktisodiy faoliyatini rejalashtirish, optimalashtirish va boshkarish imkoniyatlar mavjud.
MATLAB
Zamonaviy kompyute rmatematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun Eureka, Gauss, Derive, Mathcad, Mathematica, Maple va boshqa dasturiy tizimlar va dasturlarning to‘plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB imkoniyatlari va maxsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
MATLAB – bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan tizimning nomi MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo‘lishi mumkin.
MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so‘zi bu tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va boshqalar o‘zaro birlashtirilganligini bildiradi.
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. Uning dasturlash tillari bilan integrallashuvi dasturning kengayuvchanligiga olib keldi.
MATLAB asosan matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash, ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi, ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar.
MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.
Mavzu yuzasidan savollar.
Avtomatlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Avtomatlashtirishda kullaniladigan kanday dasturlarni bilasiz?
SCADA tizimlari deb kanday tizimlarga aytiladi?
CAD tizimlarining vazifalari?
Kaysi dasturiy paket sanoatlashgan atomatlashtirishdagi xar kanday murakkablik darajasiga ega tizimni sintezlash, taxlil kilish va modellashtirish imkonini beradi?
2-MA`RUZA MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
|
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 40-45 nafar
|
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Kirish, vizual ma`ruza
|
|
Ma`ruza mashg’ulotining rejasi
|
Mantiqiy elementlar haqida umumiy tushunchalar.
Teng kuchli formulalar va teng kuchli almashtirishlar.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |