Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari.
Xozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda xar – xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda.
Bozor asosida tovar - pul munosabatlari yotadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayriboshlash va pul muomulasi qonun - qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiyot tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |