Muammoning o`rganilganligi: Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi. Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Insondagi bilish jarayonlari insoniyat tarixida o’rganishni talab etadigan malumotlar manbasi hisoblanadi . Bilish jarayonlari sirli bir olamga qiyoslanadi. Qanchalik uni o’rganar ekanmiz shunchalar uning murakkab tuzilganligini, ajoyebotlarga boy ekanligini , hali o’rganilmagan ,ochilmagan qirralari bisyor ekanligini anglashimiz mumkin. Bilish jarayonlarini o’rganish uchun ko’plab olimlar o’z qarashlari izlanishlarini biz bilan ulashish uchun turli xildagi ma’lumotlarga boy bo’lgan kitoblar yozib qoldirishgan va izlanishlar olib bormoqdalar . Bularga misol qilib : M.Vohidov “Bolalar psixologiyasi”, S.X. Jalilova «Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi», G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003. M. Vohidov. “Bolalar psixologiyasi” , . P.I. Ivanov.” Umumiy psixologiya.”, Z. Nishanova.” Bolalar psixodiagnostikasi.”, M. Rasulova, D. Abdullayeva, S. Oxunjonova. Bolalarning maktabga psixologik tayyorligi. – Toshkent. – 2003. va ko’plab psixolog , psixafiziolog va boshqa prafessir o’qituvchilarning kitoblarini misol qilib olishimiz mumkin . Maktabgacha tarbiya yoshida bolalarda bilish faolligini va ulardagi psixalogik xususiyatlarni quyidagi tadqiqotchilar bolalarning tasavvurini o'rganishgan : O. M. Dyachenko, L. S. Vygodskiy, R. S. Nemov, A. V. Zaporojets, D. B. Elkonin, S. L. Rubinshteyn va boshqalar. ixologlar xayolning inson hayotining turli bosqichlarida ijodiy faoliyatiga keng kirib borishini isbotladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalikni o'rganishda tasavvurning o'ziga xos xususiyatlarini, uning rivojlanish va shakllanish qonuniyatlarini aniqlash ayniqsa muhimdir, chunki bu davrda L.S. Vygodskiy, bu jarayonning rivojlanishi asosiy qarash deb hisoblangan . Tasavvur va fantaziyaning bola hayotidagi ahamiyati psixik rivojlanish ontogenezini o‘rgangan deyarli barcha psixologlar tomonidan ta’kidlangan. Ulardan ba'zilari (V.Stern, D.Dyui) bolaning tasavvuri kattalar tasavvuridan boyroq ekanligini ta'kidlasa, boshqalari (L.S.Vygotskiy, S.L.Rubinshteyn) bolalar tasavvurining nisbiyligiga ishora qilgan, buni faqat sur'at bilan solishtirganda baholash mumkin. Boshqa aqliy jarayonlarning rivojlanishi K. D. Ushinskiy chuqur sezib, shunday yozgan edi: “Bolaning tasavvuri kattalarnikiga qaraganda kambag'al, zaif va monotonroq bo'lib, unda hech qanday she'riy narsa yo'q, chunki estetik tuyg'u boshqalarga qaraganda kechroq rivojlanadi. Ya'ni, hatto zaif bolalar tasavvuri ham bolaning zaif va hali ham uyushmagan ruhi ustidan shunday kuchga ega bo'lib, kattalarning rivojlangan tasavvurlari uning rivojlangan qalbiga ega bo'lolmaydi,deb fikrlar bildirgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |