Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnolohiyalari universiteti



Download 195,6 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2021
Hajmi195,6 Kb.
#69741
  1   2   3
Bog'liq
web yakuniy nazorat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOHIYALARI UNIVERSITETI

Yakuniy nazorat ishi

Web dasturlash



Telekommunikatsiya texnologiyalari: Telekommunikatsiyalar

Guruh 017-18 STo’ talabasi

Rahimboyev Shohruh

Toshkent 2020





Javoblar

1-javob. Bugungi kunda Interning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni faydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web-texnologiyalarning inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar , … bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmag’idan biror turdagi informatsiya olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinkasidan foydalanish kabi har bir hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi.



Mazkur qo’llanma web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web-hujjatni ko’rkamlashtirish, qiziqarli va o’ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa ma’lumotlarmi yangilash kabi vazifalarni o’rgatishga mo’ljallangan.Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va gipеrko’rsatkichlardan tarkib topgan edi.. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga itеraktiv xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngillashtirish, xar-xil mayda ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o’zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog’liq bo’lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.

Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.

Ushbu qo’llanma kamchiliklardan xoli emas. Bundan tashqari turli o’quv muassasalarida o’quv ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish bo’yicha turli xil tajribalar to’plangan. O’z tajribalari bilan qo’llanmani to’ldirishga va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bildirgan o’rtoqlarga oldindan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Wеb sahifalar yaratishda fayllarni joylashtirishning quyidagi usullari mavjud:

– Hamma fayllar bitta katalogda. Bir nеchta HTML sahifali va bir nеchta tasvirlarga ega kichik saytlarni yaratishda hamma fayllarni bitta katalokda joylashtirish mumkin. Bu usulning qulayligi shundaki, o’zaro murojaatlarda hеch qanaqa yo’l ko’rsatish shart emas. Yomon tomoni esa, sayt rivojlanib, kеngayib borsa, fayllar ko’payib, hammasi aralashib kеtadi.

– Funktsional kataloglar. Murakkab saytlarni yaratishning bir usulidir. Har bir katalogda sistеmaning bitta funktsiyali qismi joylashtiriladi. Eng yuqorida boshlangich fayl – index.htm, va unga tеgishli tasvirlar bo’ladi. Kataloglar nomlari taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin: “Firma_haqida”, “Aloqalar”, “Mahsulotlar”. Har bir katalogda tеgishli HTML fayllari va tasvirlar saqlanadi.

– Fayl turlari bo’yicha kataloglar. Bu usulda har bir katalogda bir xil turdagi fayllar saqlanadi. Bu yеrdagi fayllar qaysi funktsiyani bajarishi muhim emas. Yuqori katalogda faqat index.htm fayli joylashadi. Kataloglar nomlari taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin: “Images”, “Products”, “Downloads”,… Ixtiyoriy faylning kеngaytmasi uning muxim kismidir. Chunki brauzеr fayllarni uning kеngaytmasiga qarab “taniydi”. Odatda birinchi saxifa har doim index.htm, index.html kabi saqlanadi. Ko’pchilik brauzеrlar agar URL aniq ko’rsatilmasa bu fayllarni avtomatik yuklashga harakat qiladi. Masalan, brauzеrning adrеslar panеliga http://www.microsoft.com dеb yozilsa http://www.microsoft.com/index.htmfaylini yuklaydi. Faylni saqlashga unga mantiqiy nom tanlash kеrak bo’ladi. Fayl nomidan uni boshqa fayllardan oson ajrata olish kеrak. Masalan, about_inst.htm, fiz_mat.htm, rector.jpg kabi nom qo’yish maqsadga muvofiq.

Domen – bu sayt nomi, masalan www.saytim.uz Siz qaysidir saytga kirayotganingizda sayt nomini ya’ni domenni yozasiz. Natijada shu domen sayt joylashgan hosting va baza bilan bog‘lanadi. Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili (server nuqta’i nazaridan) qandaydir IP manzilga teng bo‘ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish qiyin.
Agar domen bo‘lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga kirishlari kerak bo‘lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz va eslab qolish qiyin bo‘lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli, eslab qolish oson bo‘lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi. Shuning uchun ham domen sotib olganingizda eng avvalo bu domenni hostingingiz IP manziliga ulab qo‘yasiz. Shunda domen nomi saytingiz IP manzilining tarjimasi bo‘lib qoladi. Har safar foydalanuvchilar o‘z brauzerlarida domen nomingizni yozishsa, bu domen hostingingiz serverining IP manzilini chaqiradi va foydalanuvchiga saytingiz ko‘rsatiladi!
Misol uchun, qalam.uz sayti hostingining sayt joylashgan qismi uchun IP manzili 192.168.111.222 deb hisoblaylik. Bu saytga kirish uchun foydalanuvchilarning bu IP manzilni yozishlari ularga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bu o‘rinda foydalanuvchilar uchun eslab qolish oson va tushunarli bo‘lgan domen tanlanadi. Sayt esa quyidagi tartibda ularga yetkaziladi:
Qalam.uz -> 192.168.111.222 -> SAYT
Domen ismlarda “domen hududi” degan tushuncha mavjud. Bu hududlar saytlarning u yoki bu turga ta’luqli ekanligini ko‘rsatib turadi. Hozirgi kunda eng mashxur domen ism hududlariga .com (kommersiya-tijorat saytlari), .net (internet), .info (informatsiya-ma’lumot saytlari), .yedu (education-ta’lim sohasiga oid saytlar), .org (organisation-tashkilot saytlari), .gov (government-hukumat saytlari) va boshqa davlat kodi yuqori bosqichli domenlar (country code top-level domains – ccTLD) kiradi.
ccTLD domenlari qaysidir davlat nomi qisqarmasiga asoslangan domen hududlariga bo‘linadi. Masalan, O‘zbekiston uchun .uz domenlari, Rossiya uchun .ru domenlari, Fransiya uchun .fr domenlari va hokazo. Har bir domen hududini o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat boshqaradi. Misol uchun, .uz domenlariga O‘zbekistondan boshqa hech qaysi davlat ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘la olmaydi.
Domen ismlar domen registratorlari orqali amalga oshiriladi. Har bir domen nomi faqat bir marta ro‘yxatga olinishi mumkin va uning nusxalari bo‘lishi mumkin emas. Masalan, siz korzonangiz sayti uchun esavdo.uz deb nom tanladingiz, Bu domenni sotib olganingizdan keyin (kelishilgan muddat davomida) boshqa hech kim bu nomga egalik qilolmaydi.

U yoki bu domenning bandligi yoki ro‘yxatga olinish uchun bo‘shligini tekshirish domen registratorlarining whois so‘rovi yordamida tekshirilishi mumkin. O‘zbekiston domen registratorlari boshlig‘i ccTLD.uz hisoblanadi. Bu saytga www.cctld.uz yoki oddiygina www.whois.uz domeni orqali kirish mumkin. ccTLD.uz saytiga tashrif buyurib Siz O‘zbekiston domen registratorlari haqida ma’lumot olishingiz va saytning chap tomon menyudan pastki qismida joylashgan kichik forma orqali qaysidir domenning bo‘shligi yoki bandligini tekshirishingiz mumkin.

Domen nomi ro‘yxatga olingandan so‘ng Siz uning sozlanmalarini saytingiz joylashgan hosting IP manziliga (ular “nameserver” deb yuritiladi) mos ravishda tahrirlashingiz kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng 24 soat ichida domeningiz ko‘rsatilgan nameserver’da joylashgan saytingizga olib borishni boshlaydi.


Hosting nima?

Har qanday sayt qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Sayt va unga bog‘liq fayllar (rasm, video, boshqa yuklab olinadigan fayllar) uchun ma’lum hajmda joy olish kerak. Masalan, 100 MB dan bir necha GB gacha bo‘lishi ham mumkin. Sizni saytingiz uchun joy ajratib beruvchi xizmat turiga “hosting” deb ataladi. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan olish ham mumkin, yoki ularni boshqa-boshqa kompaniyalardan ham olish mumkin.

Saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali saytlarning ishlashini ta’minlaydi. Hosting beruvchi kompaniyalar bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq saytlarni o‘zida saqlagan bo‘lishi mumkin.

Siz internetga ulanib biror saytni ochish uchun kerakli manzilni terganingizda, dastlab, DNS (Domain Name Server) bilan bog‘lanasiz. Keyin esa, DNS server tomonidan domen (sayt nomi) haqida malumot tekshiriladi. Masalan www.qalam.uz nomli manzilni ochganingizda, dastlab DNS server orqali qalam.uz nomi haqiqatdan mavjudligi va qaysi hostingda joylashgani haqida ma’lumot olinadi, keyin ana shu hosting bilan bog‘lanadi va saytga oid fayllar sizga ko‘rsatiladi. Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadi.


Download 195,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish