Fayl-server arxitekturasida bir necha foydalanuvchi uchun umumiy bо‘lgan ma’lumotlar tarmoq serverida saqlanadi, ammo ularning ishlov berishi ishchi stansiyalarda amalga oshiriladi.
Mijoz-server arxitekturasida tizimlarni yaratish ma’lumotlarni ishlov berish bir qator funksiyalari tarmoq serverida bajariladi, bir qismi esa – tarmoq ishchi stansiyasida. Mijoz-server arxitekturasidan foydalanishda ma’lumotlarga kirishdan tashqari, dasturning server qismi ularni ishlov berish bо‘yicha ma’lum harakatlarni bajarishi mumkin.
Bundan tashqari 2-, 3-, va kо‘p pog‘onali mijoz-server arxitekturasini ajratishadi (25 rasm). Uch pog‘onali arxitekturasida server komponentasi ma’lumotlar bazasi serveri va ilovalar serveriga bо‘linadi. Ma’lumotlar bazasi sifatida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SQL-server) xizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta’minotni tanlashi .
IAT Dasturiy ta’minotining asosida bо‘lgan dasturiy majmuaga asosiy talablar quyidagicha bо‘ladi:
- zamonaviy kompyuterga mо‘ljallangan texnologiyalar va boshqarish standartlarini qо‘llab-quvvatlash;
- boshqarish funksiyalarning kо‘proq sonini qamrab olish;
- dasturiy majmua modullarning operativ rejimda о‘zaro ta’sir imkoniyati;
- butun boshqarish tizimining oraliq hujjatlar aylanishni qо‘llab-quvvatlash;
- masofadagi bо‘linmalarning ma’lumotlarni birlashtirish vositalar mavjudligi;
- konkret korxonalar talablari bо‘yicha dasturiy majmuani sozlash instrumentalr borligi;
- begona dasturiy vositalar bilan rivojlangan о‘zaro munoabatlar mexanizmlarini qо‘llab-quvvatlash.
Klient-server va peer to peer arxitekturalari va ularning tuzilishi
Kompyuter tarmog’i – bu axborot va hisoblash vazifalarini birgalikda yechish uchun birlashtirilgan kompyuterlardir majmuasidir.
Tarmoq texnologiyalarining kalit tushunchasi – bu tarmoq resursidir. Tarmoq resurslariga ruxsat berishni tarmoq xizmatlari ta’minlaydi.
Tarmoq texnologiyalarining asosiy tushunchalariga, shuningdek, server, mijoz, aloqa kanali, protokol va boshqa ko’plab shu kabilarni kiritish mumkin. Shu bilan birga, tarmoq resursi va tarmoq xizmatlari tushunchalari juda muhimdir, chunki kompyuter resurslaridan birgalikda foydalanish asosida ishni tashkillashtirish zarurati, ya’ni tarmoq resurslari va unga mos tarmoq xizmatlarining yaratilishi kompyuter tarmoqlari yaratilishining asosiy sababi hisoblanadi.
Tarmoq xizmatlarining besh turi ajratilgan: fayl, chop etish, xabarlar, ma’lumotlar bazasi, ilovalar.
Fayl xizmati markazlashgan ombor va fayllardan birgalikda foydalanishni amalga oshiradi. Bu eng muhim tarmoq xizmatlaridan biri bo’lib, u tarmoq fayllari saqlanadigan joy (lokal tarmoq fayl server, ftp-server va bosh.) mavjud bo’lishini, shuningdek, turli xil xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlaridan foydalanishni ta’minlaydi (ruxsatni chegaralash, fayl versiyalarini nazorat qilish, axborotlarni rezervlash va boshq.).
Chop etish xizmati printerlardan va boshqa chop etish qurilmalaridan markazlashgan holda foydalanishni ta’minlaydi. Ushbu xizmat chop etish vazifasini qabul qiladi, vazifalar navbatini boshqaradi, foydalanuvchilar tarmoq printeridan birgalikda foydalanishini tashkillashtiradi. Tarmoq chop etish xizmati turli xil kompyuter tarmoqlarida juda qulay bo’lib, talab etiladigan printerlar sonini kamaytirish imkonini beradi, buning natijasida harajatlarni yoki yanada sifatli qurilmalardan foydalanishni kamaytiradi.
Xabarlar xizmati kompyuter tarmog’i foydalanuvchilari o’rtasida axborot almashishni tashkillashtirishga imkon beradi. Xabar sifatida ushbu holatda matnli xabarlarni (elektron pochta, tarmoq messenjeri xabarlari va boshq.) va turli xil ovozli va videoaloqa tizimlarining media xabarlarini qarash mumkin.
Ma’lumotlar bazasi xizmatlari markazlashgan ma’lumotlar saqlanish joyini, qidirish, qayta ishlashni tashkillashtirish va turli xil axborot tizimlari ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlash uchun mo’ljallangan. Oddiy saqlash va fayllardan birgalikda foydalanishdan farqli ravishda, ma’lumotlar bazasi xizmati o’z ichiga yaratish, o’zgartirish, ma’lumotlarni o’chirish, ularning to’liqligini va himoyasini ta’minlashni o’z ichiga oladi va boshqaradi.
Ilova xizmati dasturni foydalanuvchi kompyuterida lokal manbadan emas, balki kompyuter tarmog'idan ishga tushirish usulini ta'minlaydi. Ularga Google Drive va Microsoft Office 365 kabi onlayn-xizmlatlar yaxshi misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |