Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi himoyaga ruxsat Kafedra mudiri
Camar diplom lotincha
7. Ishni bajarish jadvali.
Bitiruvchi __________________ 2021 yil «___» iyun imzo Rahbar _____________________ 2021 yil «___» iyun imzo Mundarija
KIRISH Bugungi kunda pochta aloqasida yangi xizmatlarni rivojlantirish sohaga innovatsion tehnologiyalarni jalb qilish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Sohada olib borilayotgan bir qancha o‘zgarishlar yangi xizmatlarni rivojlantirish talab qilmoqda. Ayniqsa zamon taraqqiyoti AKT yordamida pochta xizmatlarini rivojlantirishda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi o‘zidan, keng yoyilib ketgan pochta aloqasi ob’ektlari tarmog‘ini, pochta yo‘nalishlarini, ya’ni qabul qilib oladigan va ishlov beriladigan, davlat nafaqalarini, har kungi nashrlarni joylarga yetkazib berishni ta’minlaydi. Harakatdagi tarmoq – bu Respublika pochtasining ahamiyatli obro‘sidan biri hisoblanadi. Pochta korxonalarida 12 mingdan ko‘p odam mehnat qiladi, ular har kuni minglab xat va telegrammalarni qo‘ldan o‘tkazadilar pul o‘tkazmalari, posilkalarni va millionlab gazeta – jurnallarni, nafaqa va yordam pullarini odamlarga yetkazib beradilar, bundan tashqari qo‘shimcha xizmat turlari ham amalga oshiriladi ya’ni, uy–kommunal xizmatlari to‘lovlari, telefon, sug‘urta, lotoreya chiptalarini tarqatish, elektron pochta xizmati, Internet va boshqa ishlarni amalga oshiradilar. Pochta aloqasi sohasini rivojlantirish maqsadida bir bugungi kunga qadar bir qancha ishlar olib borilmoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston pochtasi uch marta islohot qilindi: 1992 yilda MHDda birinchilardan bo‘lib, elektr aloqadan ajralib chiqdi va mustaqil xizmat bo‘lib faoliyat ko‘rsata boshladi; Pochta aloqasi bog‘lamalari – pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga biriktirilgan hududlarda ishlov berish va ularning almashuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan funksiyalar bajarilishini ta’minlaydigan pochta marshrutlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan pochta aloqasining ob’ekti. Aloqasi bog‘lamalari tumanlararo, tuman va shahar tiplariga ajratiladi. Tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamasi – alohida shahar yoki viloyatning tuman markazlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) tashkil qilinadi va yonma-yon ma’muriy tumanlarning pochta aloqasi ob’ektlari o‘rtasida pochta tashilishini ta’minlaydi. Pochta aloqasining tuman bog‘lamasi va pochta aloqasining shahar bog‘lamasi tuman markazlarida va shaharlarda mos ravishda tashkil qilinadi. Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida pochta aloqasining an’anaviy xizmatlariga bo‘lgan talab keskin kamaydi va natijada ba’zi xizmat turlari norentabel bo‘lib qoldi. Pochta xizmatlariga bo‘lgan past talab hamda ishlab chiqarish fondlarining eskirganligi pochta aloqasi korxonalarini xisobot davrini zarar bilan chiqishiga olib keldi. Bu tendensiya barcha MDH davlatlarida kuzatilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun pochta korxonalarini hamda aloqa bo‘limlarini zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnika va texnologiyalarni kiritish. Har bir rahbarning asosiy vazifasi hisoblanadi. XX asr ohirida axborot texnologiyalarining keskin o‘zgarishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlariga kompyuter texnologiyalari keng jalb etila boshlandi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda pochta sohasini kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yuqorida keltirilgan fikr va muloxazalardan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini ko‘rish mumkin. Ishning maqsadi. Pochta aloqasida yangi xizmatlarni joriy etish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Ishning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning maqsadidan kelib chiqqan holda qo‘yidagi vazifalar belgilab olingan:
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasida yangi xizmatlarning o‘rni va ahamiyati; pochta xizmatlarini ko‘rsatishnin xuquqiy ta’minoti; pochta sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etishni va boshqarish; pochta sohasida ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining tahlili; yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha xorij tajribasi; pochta aloqasi sohasiga yangi xizmatlarni joriy etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar; pochta aloqasida yangi xizmatlarni tashkil etish istiqbollari; “O‘zbekiston pochtasi” AJda AKT negizida yangi xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish ko‘rsatkichlari; pochta aloqasi sohasida mavjud xizmatlarini takomillashtirish hamda yangi xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar. Tadqiqot ob’ekti sifatida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va uning tarkibidagi filiallar olingan. Tadqiqot predmeti. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va AKT zamirida yangi xizmat turlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar sanaladi. Tadqiqot ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ish kirish, turtta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. 1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI POCHTA ALOQASIDA YANGI XIZMATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Download 2,11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |