Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi himoyaga ruxsat Kafedra mudiri


Mahalliy ekologik muammolarning tarkib topishi va ularni yechimlari



Download 2,11 Mb.
bet22/24
Sana01.01.2022
Hajmi2,11 Mb.
#294800
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Camar diplom lotincha

4.3. Mahalliy ekologik muammolarning tarkib topishi va ularni yechimlari

Xalq ho‘jaligining barcha tarmoqlarida chiqindi deb nomlanuvchi har xil qo‘shimcha mahsulotlar ko‘p miqdorda tashlanmoqda va ular tabiatni iflos bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosfera sanoat korxonalaridan chiquvchi zararli gaz-changlar bilan ifloslanmoqda. Xususan, Olmaliq, Angren, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiq, Bekobod, Samarqand shaharlari bir necha yuz va o‘n ming tonna chiqindi chiqaradi. Avtomobil transporti atmosfera havosini ko‘proq ifloslantiradi. Ya’ni 80% atmosferani ifloslanishga sabab bo‘lmoqda. Yer yuzining turli hududlarida o‘ziga xos ekologik muammolar shakllanganligi, bularning ko‘lami va mohiyati jihatidan mahalliy ekologik muammolar deyiladi. Mahalliy ekologik muammolarni o‘sha joy tabiati, aholisi uchun ekologik, ijtimoiy - iqtisodiy va ma’naviy jihatidan jiddiyligi ayon.

Yer yuziasining namgarchilik hududlarida botqoqliklarining quritilishi, qurg‘oqchilik mintaqalarida sun’iy sug‘orishga o‘tish, suv omborlarini barpo etish, yaylov chorvachiligini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalrini qurilishi kabi jarayonlardagi ayrim nomunosibliklar, hamda insonning ba’zi palapartish faoliyati mahalliy ekologik muammolarni negizi bo‘lib hisoblaniladi.

Suv omborlarini qurilishi sug‘oriladigan yeralarni maydonining kengayishi, arzon elektr energiya ishlab chiqarish, aholi yashash manzillarini suv bilan ta’minlash, suv yo‘laridan foydalanish imkoniyatlarini orttirish va yaxshilashda hamda dam olish makonlari tashkil etishda muhim ahamiyatga egadir. Biroq suv omborlari katta hududda foydalaniladigan yerlarni o‘z qariga tortadi. To‘g‘ondan quyida daryo suv rejimini o‘zgarishi oqibatida daryo qayiridagi o‘tloq o‘rmonlarning qurishi, qayir tuproqning mahsuldorligi pasayishi kuzatiladi. Shuningdek yuqori kengliklarda qurilgan suv omborlari atrofdagi yerlarni botqoqlashishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa qurg‘oqchil mintaqalarida bu jarayon tuproqni sho‘rlanishiga olib keladi. Mutahasislarning fikricha suv omborlarining tabiiy muhitga ta’siri asosan 4 ta geotexnik tizim bosiqchida namoyon bo‘ladi: gidrometeoroligik, tuproq-biologik, landshaft va ijtimoiy - iqtisodiy.

Chorvoq suv ombori ishga tushirilgandan so‘ng, o‘tgan dastlabki 10 yil mobaynida atrof hududida 1778 ta turli kattalikdagi jarlar paydo bo‘lgan, o‘nga yaqin surilma harkatlar ko‘zatilingan, suv omboridan shimolda joylashgan mintaqalarda yer osti suvlarining sathi ko‘tarilishi tuproqning botqoqolanishiga sabab bo‘lgan. Suv omborining janubida, bug‘lanish kuchli bo‘lganligi sababli maydonlarda ikkinchi darajali sho‘rlanish sodir bo‘lgan. Bu ikkala holat hududi iqtisodiy rivojlanishga jiddiy ta’sir ko‘rsatmokda.

O‘zbekistonda, hususan butun Markaziy Osiyoda sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi oqibatida 1936-1989 yillar mobaynida 168 ta antropogen ko‘llar vujudga kelgan, ular 6344550 km2 maydonni tashkil qiladi. Demak, ushbu ko‘llarning ham atrof-muhitga ta’siri bo‘lishi tabiiydir. Mirzacho‘lning shimoliy-g‘aribda joylashgan Tuzkon cho‘li qadimda sho‘rxoq va qumli massadan iborat bo‘lib, yer suv osti sathi 10-20 m chuqurlikda bo‘lgan. Ko‘lning paydo bo‘lishi bilan yer osti suvlarining sathi 1-3 m ko‘tarilgan va kuchli bug‘lanish tufayli suv havzasi ta’siridagi sug‘oriladigan yerlarda tuproqlar sho‘rlanishga uchrab qishloq ho‘jaligida foydalanishga yaroqsiz holiga kelib qoldi.

O‘zbekistonda cho‘lga aylanish jarayonlari alohida tashvishli holatdir. Bu faqatgina cho‘l hududlarining kengayib borishidagina emas, balki biologik mahsuldorlik darajasining o‘zgarishida ham nomoyon bo‘ladi. Cho‘lga aylanib borish ma’lum darajada ijtimioiy–iqtisodiy keskinlikka chorvachilik mahsuldorligini pasayishga va kasallik kelib chiqishiga (o‘sishiga) sabab bo‘ladi. Cho‘lga aylanib borishning asosiy sababi – suvdan noto‘g‘ri foydalanish va ma’lum darajada – iqlim o‘zgarishi tufayli hududlarda o‘zgarishi tushuniladi. Orol bo‘ylarida, Ustyurt tizimi, Qoraqum, Qizilqum cho‘llarida, Tyan-Shan va Pomir tog‘ yon bag‘rlarida ayniqsa cho‘lga aylanish jarayonlari tez ketmoqda.

Ekin maydonlari, yer resurslari doimiy ravishda turli xildagi eroziyalardan zararlanmoqda. Shu jumladan suv eroziyasi– 2790 ming gektar (sug‘oriladigan –339 ming gektar), shamol eroziyasiga– 20478 ming gektar (sug‘oriladigan–2262 ming gektar), bir vaqtning o‘zida ham suv, ham shamol eroziyasidan 2005 ming gektar (sug‘oriladigan–341 ming gektarda) zararlangan.

Surxandaryo, Toshkent, Namangan, Andijon viloyatlarida eng ko‘p darajadagi suv eroziyasidan zararlangan, bu hududlarda 50-60% qishloq xo‘jalik maydonlari eroziyaga duchor bo‘lgan. Shahar va qishloq aholisi turadigan joylarida 20% dan ortiq hududlarni kuchli suv bosgan.

Turkmanistondagi Qoraqum kanali Amudaryodan har yili 10 km3. atrofida suv oladi. Kanal ishga tushgandan buyon o‘tkan 40 yil mobaynida cho‘l hududlari tabiatida kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, hatto-ki ko‘plab yangi tabiiy geografik majmualar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Agar kanal uzunligi 1100 km. ortiqligi, yon atrofiga ta’siri 1-30 km. ekanligi yuzasidan taxlil qiladigan bo‘lsak, kanal nafaqat ijobiy, balki mintaqa uchun keltirayotgan jiddiy ekologik ijtimoiy-iqtisodiy salbiy ta’sirlarini payqash mumkin.

Qizilqumning ayrim hududlarida qorako‘l qo‘ylarini tartibsiz boqish, butalarni kesilishi, geologik qidiruv ishlarni va qurilishlar olib borilishi tufayli ekologik vaziyatlar keskinlashmoqda. Cho‘l qum tuprog‘ining zichligi va qovushoqligi kuchsiz bo‘lganligidan tezda harkatchan holatga keladi.Chirchiq, Oxongaron, Surxandaryo va Qashqadaryoning lyoss bilan qoplangan yuqori terrasasida sug‘orishda ishlatiladigan suvlarni dala chekkasiga chiqarish orqali jar eroziyasiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa iqtisodiy zararga olib keladi. Maxalliy ekologik muammolar yana yirik sanoat ob’ektlari issiqlik elektr stansiyalari, tog‘ metallurgiya kombinatlari, qazilma konlar, yoqilg‘i energetka majmualari va hokazolar tufayli ham yuzaga kelmokda.

Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi pochta alokasi pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish hamda pochta jo‘natmalari, pensiya va nafakalar, davriy nashrlarni yetkazib berishda bir-biri bilan o‘zaro uzluksiz bog‘langan pochta aloqasi ob’ektlari va pochta yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Pochta aloqasining milliy tizimi “O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan goegrafik printsipga asoslangan holda tashkil kilingan.

Ayni vaqtda pochta aloqasi korxonalarida 6537 dona yetkazib berish uchastkalari mavjud bo‘lib, shundan shaxar va shaxar tipidagi posyolkalarda – 2442 dona, kishlok joylarda yesa 4095 dona yetkazib berish uchastkalari faoliyat ko‘rsatmokda. Respublika bo‘yicha xat-xabarlarni yig‘ib olish maksadida 5264 dona pochta kutilari o‘rnatilgan bo‘lib, shundan -3369 donasi kishlok joylarda o‘rnatilgan.

Pochta aloqasi korxonlarida 12 000 dan ortik xodim faoliyat yuritib, ular tomonidan xar kuni minglab xat-xabarlar, pul o‘tkazmalari, posilkalarga ishlov beriladi xamda millionlab obunachilarga gazeta va jurnallar, pensiya va nafaka pullari yetkazib beriladi. Shuningdek, komunal xizmatlar uchun to‘lovlarni kabul kilish, telefon to‘lovi, sug‘urta polislari, lotereya biletlarini sotish, yelektron pochta va internet xizmatlari ko‘rsatiladi.“O‘zbekiston pochtasi” AJ O‘zbekiston Respublikasi milliy operatori xisoblanib, arzon narxlarda dunyoning barcha mamlakatlari bilan barcha turdagi pochta jo‘natmalari almashuvini amalga oshiradi va Respublikaning Umumjahon pochta ittifoqi oldidagi majburiyalarini bajaradi.

Bitiruv malakaviy ishida Pochta aloqasida yangi xizmatlarni joriy etish yo‘llari ko‘rib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mamlakat iqtisodiyoti uchun ushbu sohaning naqadar muhimligini ko‘rsatadi. Ushbu qarorga binoan yangi axborot texnologiyalariga asoslangan pochta xizmatlarini joriy yetish maqsadida jamiyat tomonidan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yangi xizmat turlarini joriy yetish va rivojlantirish, pochta tarmog‘ini modernizatsiya qilish” loyixasi ishlab chiqildi.

Izlanishlar natijasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf yetish va rivojlanishni ta’minlash maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:



  • aloqa va axborotlashtirish sohasining ajralmas qismi pochta aloqa sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish;

  • pochta aloqasi sohasini aloqa va axborotlashtirish tasarrufidagi boshqa korxonalar bilash yagano tarmoq tashkil yetib bog‘lanishi;

  • pochta aloqasi shaxobchalarining mavjud imkoniyatlari bilan fuqarolarni tanishtirish, reklama kuchaytirish

  • Aloqa va axborotlashtirish sohasining muammolari shu kunda dolzarb bo‘lgan quyidagi yunalishlardan tashkil topgan:

  • Respublika axborot-kommunikatsiya tizimi rivojlanishining ilmiy asoslari va konuniyatlarini taxlil qilib, soxaning mamlakat iktisodiyotining hozirgi bosqichidagi rolini ilmiy jixatdan asoslash;

  • Axborot-kommunikatsiya soxasi tizimining zamonaviy tamoyillariga xamda boshkaruvning shu kunda amal qilayotgan yelementlari va usullariga ilmiy ta’rif berish, bu kategoriyalarning iktisodiyotni isloh qilish jarayonida qayta shakllanishi, rivojlanishi va takomillashishi qonu-niyatlarini ochib berish, ularning shu kun talablariga mos klassifikatsiyasini ishlab chiqish;

  • Sohani boshqarishda bozor tamoyillari asosidagi usul-lar bilan davlat tomonidan boshkaruv usullari urtasidagi uzaro nisbat xolatini taxlil kilish, bu nisbatning uzgarish konuniyatlarini urganish va shu asosda mazkur ikki turdagi boshkaruvning xozirgi sharoit uchun okilona bulgan usullarini belgilash buyicha takliflar ishlab chikish;

  • iqtisodiyotning modernizasiya qilishda bozor isloxotlari talablariga mos ravishda yerkinlashtirish darajasiga baxo berish va bunday yerkinlashtirish yunalishlarini belgilash;



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish