O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Ta’lim nazariyasi fani bo’yicha
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’qitish qonun va qonuniyatlari
Bajardi: 651_18-guruh
Talabasi: Eshonqulova Zebiniso
Tekshirdi: Zaripova Dilnoza
Toshkent 2020
Mavzu: O’qitish qonun va qonuniyatlari
Reja.
Kirish.
Asosiy qism.
O’qitish qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha.
O’qitishning yetakchi qoidalari.
O’qitishda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lish qoidasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Rivojlangan mamlakatlarda yangi pedagogik texnologiya asta-sekinlik bilan shakllanib, O'zbekiston Respublikasiga ham kirib kela boshladi. Yangi pedagogik texnologiya dars jarayonida talabalarni mustaqil fikrlash. erkin faoliyat yuritishga da'vat etadi. Pedagogik texnologiya asosida mashg'ulot o'tish, dars jarayonida zamonaviy texnik vositalar, kompyuterlar, videokompyuterli multimediya komplekslarini qo'llash. mustaqil ta'Iim olishda internetdan samarali foydalanish bilim. ko'nikma va malakalarni chuqur egallashga, o'qitish jarayonini jadallashtirishga olib keladi.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Ta'limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta'lim mazmunida aks etadi. O'qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o'qituvchi va o'quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o'qish jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari, o'quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o'qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O'qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o'quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o'z aksini topadi. O'qitish jarayonida o'quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob'yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o'rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |