Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti
“Dasturiy injiniring” kafedrasi
“Web dasturlashga kirish” fanidan
LOYIHA ISHI
Tayyorladi: 630-18 TT guruhi talabasi
Rahmonov Ozodbek
MAVZU: Farg`ona viloyati Beshariq tumani 27-umumiy o`rta ta’lim maktabi web-saytini ishlab chiqish
Reja:
Kirish
I. Nazariy qism
1. HTML va CSS ning asosiy hususiyatlari va xossalari
2. Bootstrap haqida umumiy tushuncha
3. JavaScript dasturlash tili
4. PHP va YII2 hususiyatlari
II. Amaliy qism
1. HTML va PHP kodlari qismi
2. CSS kodlari qismi
3. Sahifalar ko`rinishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Web-dasturlash – bu hozirgi kundagi eng keng tarqalgan va serdaromad sohalardan biri hisoblanadi. Misol uchun 2019-yilgacha Web-dasturlashning bo`limi hisoblangan JavaScript tili dunyo bo`yicha 1-o`rinda turgan. Hozirgi kunda esa bu o`rinni Pyton tili egallagan va JavaScript tili 2-o`rini egalladi. Umumiy qilib aytganda Web-dasturlash sohasi 10 yillardan beri kuchli 5 talik dasturlash sohasidan biri bo`lib kelmoqda va shu narsani qo`rqmasdan ayta olamizki, yana bir-necha o`n yillar davomida bu soha kuchli o`likni tark etmaydi.
O`zbekistonda ham uzbekcoders.uz sayti orqali dasturlash tillari, xususan web-dasturlash o`rgatilmoqda.
Web-dasturlash 2 qismga bo`linadi:
1. Dizayn qismi (Front End); 2. Bazaviy qism (Back End);
Front End qismi tarkibiga HTML, CSS va JavaScriptlar kiradi. Bu qismda web saytning dizayn ya’ni ko`rinishi yaratiladi. Back End qismi tarkibiga PHP va qisman JavaScript kiradi. Bu qism web saytning baza bilan bog`liq ishlarini bajaradi. Hozirgi kunda HTML ning HTML5 versiyasi ishlatilmoqda. CSS ning esa CSS3 versiyasi, PHP ning esa PHP7 versiyalari ishlatilmoqda. Kundan kunga bu bo`limlarning yangi versiyalari ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari Ushbu bo`limlar asosida yaratilgan freymworklar ham mavjud. Misol uchun
CSS – Bootstrap;
JavaScript – Jquery, AJAX, React, WOW, Vue,js;
PHP – YII2, Laravel; Biz bu loyiha ishida web dasturlash bilan tanishib o`tamiz.
Loyiha ishi davomida biz Web-dasturlash bo`yicha ozmi ko`pmi ma’lumotlarga ega bo`lamiz.
I. Nazariy qism
1. HTML va CSS ning asosiy hususiyatlari va xossalari
HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGML ga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi.
Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog‘liq ekan, “Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?” deb savol berishingiz tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Macromedia Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, JavaScript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturularning barchasi HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” va “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor (ing. tavsiflovchi) yoki teg (ing. tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, <HTML> yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni lotin alifbosi harflari yordamida yoziladi, bunda yuqori yoki quyi registrdan foydalanishning farqi yo`q, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo’linadi:
HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchisi HEAD (ing. bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u va teglari orasida joylashadi. Ikkinchi BODY (tana) bo‘limi hujjatni mazmuni aks etadi va u va teglari orasida joylashadi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (ma’lumotlar web-brauzer oynasida alohida sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET – strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to’plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Odatda, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Asosiy teglar
Html hujjatning boshi va oxiri;
Veb sahifaning nomi;
sahifaning bosh qismi;
Do'stlaringiz bilan baham: |