bolalar salomatligini mustaxkamlash va ularni chiniqtirish:
ularni jismoniy jihatdan baquvvat qilish;
bolalarda axloqiy sifatlarini tarbiyalash;
ularda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish,
jismoniy harakatlarning muhim sifatlari: yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish kabilarni shakllantirish;
-o’yin harakatlarini kengaygirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalarga tenglashib tik turish malakasini oshirish;
bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilikning oldini olishga yordam berish;
jismoniy mashqva o’yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;
bolalarda faol harakatga keltirishni tarbiyalash.
Bola organizmini chiniqtirish - organizmni mustaxkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Havoorqal chiniqtirishda sovuq havo bilan jismoniy mashqlar o’zaro birlikda ta’sir ettiriladi. Havo vannasidan uyqu vaqtida yoki havo bulut bo’lgan vaqtlarda foydalaniladi. Uyqu vaqtida bolalar salqin yerga qo’yilgan karavotga yotqiziladi. Havo vannasidan foydalanishda quruq, shamoldan xoli tekis maydon tanlanadi. Tarbiyachi bu maydonchada yengil kiyingan bolalar bilan 10-15 daqiqa yengil harakatli o’yinlar yoki mashqlar bajaradi. Havo vannasi asta- sekin 10-15 daqiqadan 25 daqiqaga olib boriladi.
Suv bilan chiniqtirish barcha yosh guruhlarida yilining hamma fasllarida o’tkazilishi mumkin. Suv bilan chiniqtirishda bolalarning tibbiy-fiziologik o’ziga xosliklari hisobga olinishi lozim. Suv, havo temperaturasining o’zgarib borishi bola organizmining termoregulyatsion apparatini mashq qildiradi, tashqi sharoitga, ob-havoning o’zgarishiga odatlanish reaksiyasini shakllantiradi. Bola organizmining chiniqishi bilan bir qatorda, uning irodasi ham chiniqib boradi. Quyosh nurida chiniqtirish orqali organizmda “D” vitamini paydo bo’lishiga yordam beradi. Ammo undan ortiqcha foydalanish bolada bosh og’rig’i, uyqusizlik, ishtaxa bug’ilishi, kamqonlik, lanjlik bo’lishiga olib keladi. Sil, bezgak kasalligi bilan og’rigan bolalarga quyosh vannasi mutlaqo ma’n etiladi. Quyosh vannasi dastlab to’rt daqiqadan qabul qilinadi, tananing har bir tomoni bir daqiqadan toblanadi. Quyosh vannasi qabul qiladigan maydoncha quruq, tekis, havo yaxshi aylanadigan, kuchli shamollardan pana bo’lishi lozim. Yaqinroqda dush, bolalar kiyinadigan, yechinadigan joy bo’lish kerak. O’zbekiston sharoitida Quyosh vannasini ertalab soat to’qqiz-o’n bir soat oralig’ida olgan ma’qul. Bolalar fanerdan yoki taxtalardan yasalgan so’rilarga oyoqlarini Quyosh tomonga, boshlarini esa soya tomonga qarab yotqiziladi. Quyosh vannasi qabul qilingandan so’ng ularning ustidan suv quyish yoki cho’miltirish lozim. Bunda bolaning ruxi yengillashadi, terlari yuviladi, qizigan tana va sovuq o’rtasidagi farq organizmni chiniqtiradi.
Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o’ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim. Jumladan:
Ilk yosh guruhida: - har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida); - yozda ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish; - kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv xavzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda).
Kichik guruhda: - har kuni ertalab badantarbiya qilish;- harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar kumagida); - ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; - bolalarni yuz-qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanish; - ochiq suv havzasi (basseyn)da cho’milish.
O’rta guruhda: - har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish; ochiqhavoda esa sport kiyimida bajarish; - qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish; - har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob-havoda ham harakatli o’yinlar o’ynash; - har kuni oyoqlarni yuvish, sekin-asta suv haroratini pasaytirib borish; - xona haroratidagi suvda xo’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish.
Katta guruhda:
- har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish;
Do'stlaringiz bilan baham: |