Tarmoqdagi ofis ATS larning turlari
Hamma ofis ATS larini quyidagicha tasniflash mumkin:
-ularning sig’imi va konfiguratsiyasi bo’yicha-tashqi va ichki abanent liniyalarining ulanish portlari soni;
-kommutatsiya qilinayotgan signal turi bo’yicha;
-ishlatilayotgan abanent liniyalarini tipi bo’yicha (ko’pincha ATS analogli liniyalardan foydalaniladi, lekin raqamli abanent liniyalari bilan ishlaydigan ATS lar ham paydo bo’ladi);
-qamrab oladigan territoriyasi bo’yicha (ATS ning ish radiusi bir necha yuz metrdan 5 km va undan ortiq km ni tashkil eshi mumkin);
-kengayish imkoniyati bo’yicha (modul konstruksiyali stansiyalar istiqbolda kengayish imkoniyatlarini-sig’imni ortirishni ta’minlaydi).
ATS konfiguratiyasi uning tashqi abanent liniyalari soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Kommutatsiya qilinadigan signal bo’yicha ATS lar analogli, raqamli, gibridli turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |