Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


-chizma. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

28-chizma. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari 
 
Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, 
jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham tushuniladi. 
Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi. 
MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNING 
ASOSIY BELGILARI 
 
Iqtisodiy o’sish 
 
To’la bandlik 
 
Ichki narxlarning 
barqarorligi 
 
Baquvvat to’lov 
balansi 
 
Xorijiy valyutalar almashuv 
kursining barqarorligi 
 
Davlat byudjeti 
kamomadining YaIMga 
nisbatan 3% dan ortib 
ketmasligi  
 
Daromadlar taqsimlanishi 
muammosi 
 


 
141 
 
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi 
va  mamlakatning  umumiqtisodiy  imkoniyatlari  harakatini  aniqlash  uchun 
ishlatiladi. 
Ikkinchi  usul,  real  YaIM  (SIM)ning  o’tgan  davrga  nisbatan  aholi  jon  boshiga 
o’zgarishi sifatida aniqlanadi. 
Iqtisodiy  o’sishni  aniqlash  va  asoslab  berish  jarayonlarida  quyidagilarga 
e’tibor berish kerak: 
1) Iqtisodiy o’sishni o’lchash; 
2) O’sish omillari; 
3) Iqtisodiy o’sish modellari. 
Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) 
har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida YaIM 
miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan 
vazifasiga  qarab  YaIM  yoki  MD  ham  bo’lishi  mumkin.  Bu  ko’rsatkichlarning 
barchasi  bir-biriga  juda  ham  yaqin.  YaMD  YaIM  kabi  ushbu  mamlakat  aholisi 
olayotgan  daromadlar  miqdorini  ko’rsatadi.  Shuning  uchun  ham  undan  aholi  jon 
boshiga  to’g’ri  keladigan  daromadlar  dinamikasi  va  darajasini  aniqlayotganda 
foydalanish  mumkin.  Iqtisodiy  o’sish  nazariyasi  va  modellarida  umumiy 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarning  farqi  unchalik  katta  ahamiyatga  ega  emas. 
Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari o’sish darajasini tahlil 
qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi. 
Iqtisodiy  o’sish  nazariyasida  daromadlar  iste’mol  va  investitsiyalarga 
bo’linadi. 
Y = S + I 
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar 
tarkibiga kiritib yuboriladi. 
Mutlaq  miqdordagi  ko’rsatkichlar  dinamikasi  Y  (  t  -vaqt  indeksi)  va  jon 
boshiga  to’g’ri  keladigan  ko’rsatkichlar  birgalikda  o’sish  jarayonini  bildiradi. 
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini 


 
142 
 
bildirsa,  investitsiyalar  esa    resurs  imkoniyatlarining  o’sishi  va  texnik 
yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. 
Iste’mol  va  investitsiya  o’rtasida  etarlicha  muqobillik  mavjud,  chunki,  joriy 
iste’mol  miqdorining  oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish 
iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi. 
O’sishning  barcha  imkoniyatlariga  real  miqdorlarga  tayanilib,  ya’ni,  doimiy 
narxlarda  qaraladi.  Aksincha,  nominal  ko’rsatkichda  ularning  dinamikasi  nafaqat 
real o’sish darajasini, balki inflyatsiyani ham o’z ichiga olgan bo’lar edi. 
Har  bir  ko’rsatkich  bo’yicha  uch  xil  miqdordagi  dinamikani  tahlil  qilish 
mumkin: 
1. Absolyut ko’rsatkich: masalan, real ishlab chiqarish Y
t

2. Absolyut qo’shimcha o’sish: masalan, ishlab chiqarishning oshishi. 
ΔY = Y
t
-Y
t-1
 
3. Qo’shimcha o’sish sur’ati =Y
t
-Y
t-1
/ Y
t-1
 
Iqtisodiy o’sish sur’atlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: 
a) bazis o’sish sur’ati =(Y
t
-Y
0
/ Y
0
) x 100 
b) zanjirli o’sish sur’ati = (Y
t
-Y
t-1
/ Y
t-1
) x 100 
Qo’shimcha o’sish sur’atlari esa: 
a) bazisli qo’shimcha o’sish sur’ati==(Y
t
-Y
0
/ Y
0
) x 100- 100 
b) zanjirli qo’shimcha o’sish sur’ati=(Y
t
-Y
t-1
/ Y
t-1
) x 100- 100 
 Har  bir  mamlakat  iqtisodiy  o’sishga  intiladi,  chunki  iqtisodiy  o’sish, 
birinchidan,  milliy  mahsulot  hajmi  va  daromadning  ko’payishiga,  ikkinchidan, 
rssurslardan  samarali  foydalanishga,  uchinchidan,  yangi-yangi  ehtiyojlar  va 
imkoniyatlarning  paydo  bo’lishiga,  to’rtinchidan,  xalqaro  bozorlarda  mamlakat 
obro’sining oshishiga olib keladi. 
Iqtisodiy  o’sish  usullaridan  to’g’ri  va  o’z  o’rnida  foydalanish  katta 
ahamiyatga  ega.  Masalan,  mamlakat harbiy  salohiyatini  aniqlash va rivojlantirish 
muammosi qaralayotganda YaIM hajmining o’sishi, mamlakat aholisining turmush 
faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlardan 


 
143 
 
foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Amaliyotda  iqtisodiy  o’sishning  ikki  xil 
ko’rinishi farqlanadi: haqiqiy va potentsial. 
Haqiqiy iqtisodiy o’sish  - bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr 
etiladigan  YaIM  yoki  boshqa  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarning  haqiqiy  yillik 
ko’payishidir. 
Potentsial  iqtisodiy  o’sish  –  bu  iqtisodiyot  o’sishi  mumkin  bo’lgan 
tezlikdir.Potentsial  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlovchi  omillarbo’lib  quyidagilar 
hisoblanadi: 
- resurslarning ko’payishi; 
 - samaradorlikni oshishi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish