37-chizma. Valyuta taklifidagi o’zgarishlarning real almashgirish kursiga ta’siri
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni
xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo’lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real
valyuta kursini oshiradi va to’lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu
mamlakatlardagi jamg’armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa
xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar
darajasini kamaytiradi. Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo’yish uchun
taklif qilinayotgan milliy valyuta ko’payadi va (S-I) egri chizig’i o’ngga suriladi
(38- chizma). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy
mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko’payadi.