Inspeksiya tekshiruvi
— sertifikatlashtirish va akkreditatsiyalashda
o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida
sertifikatlashtirilgan
mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari,
sertifikatlashtirish
bo‘yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari)ning faoliyatini takroriy
baholash tartiboti.
O’zbekiston Respublikasi “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi qonuni
2013- yil 4-oktyabrda qabul qilingan.
1-bob. Umumiy qoidalar.
1-14 maddalardan iborat.
2-bob. Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish.
15-19 maddalar.
3-bob. Akkreditatsiya.
20-27 maddalardan iborat.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
. 28-33 maddalardan iborat.
Muvofiqlikni baholash to’g’risidagi
Qonunning mazmun moxiyatiga to’talar
ekanmiz muvofiqlikni baholash
jarayoni akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish,
deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin yoki uni tushirish
vaqtidagi nazorat,
mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya,
fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari,
tartib-taomillarini
qo‘llash, bu haqdagi axborotning ochiqligi va ishonchliligini ta’minlash shart.
Akkreditatsiyadan
o‘tgan
muvofiqlikni
baholovchi
organlarning
xizmatlaridan foydalanishga to‘siqlar paydo bo‘lishi va ular o‘rtasidagi raqobatni
cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat, tijorat hamda qonun yo‘li bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar
saqlanishiga e’tibor qaratiladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Qonun milliy akkreditatsiya tizimini tashkil
etish va takomillashtirish, shuningdek, muvofiqlikni baholash bo‘yicha olib borilgan
ishlar natijalari xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash uchun huquqiy asos
hamda sharoit yaratadi.
Qonunning alohida moddasi milliy akkreditatsiya
organi vazifalariga
bag‘ishlangan.
Unga ko‘ra, milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash sohasidagi
davlat siyosatini amalga oshiradi, muvofiqlikni baholash organlarining davlat
reestrini yuritadi va bu organlar ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshiradi.
Bundan
tashqari, muvofiqlikni baholovchi organlarni akkreditatsiyadan
o‘tkazadi, ularga bu haqda guvohnoma beradi va akkreditatsiya guvohnomasining
amal qilishini to‘xtatadi, tugatadi va ushbu guvohnomani bekor qiladi.
Ma’lumki, har qanday yangi qonun qabul qilinganida unga muvofiq, amaldagi
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib
boriladi.
«Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi qonunning rasmiy e’lon qilingan
kunidan e’tiboran olti oy o‘tgach, kuchga kirgan.
Chunki unda akkreditatsiya talablari keng yoritilgani
munosabati bilan
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi amaldagi qonunga
tegishli o‘zgartishlarni kiritish, shuningdek, ayrim davlat boshqaruvi organlarining
me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ham qonun normalariga moslashtirish jarayoni ko‘zda
tutilgan edi va bu vazifa muvoffaqiyatli bajarilgan.
Umuman, muvofiqlikni baholash bo‘yicha milliy qonunchilikni xalqaro
standartlar bilan uyg‘unlashtirish kelgusida yagona qoida va yagona muvofiqlik
belgisiga ega hududiy sertifikatlashtirish tizimini yaratishga
hamda bu boradagi
xalqaro jarayonlarda ishtirok etishga imkon tug‘diradi.