Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi urganch kopyuter texnologiyalari texnikumi



Download 0,86 Mb.
bet19/85
Sana20.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#565499
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
Bog'liq
Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi urganch kopyuter texnologi

1. “Boshqa pul mablag‘lari” hisobi
Bu schyotda akkreditivlar, yo‘ldagi pul mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyot quyidagi subschyotlarga bo‘linib hisobda aks ettiriladi:
130 “Akkreditivlar”;
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”;
132 “Pul ekvivalentlari”.
130 “Akkreditivlar” subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan akkreditivlar summasi hisobga olinadi.
Akkreditivlar budjet mablag‘lari hisobidan ham, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ham qo‘yilishi mumkin. Akkreditivlarni rasmiylashtirish va ularning amal qilish muddatlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Akkreditiv qo‘yilganda 130 “Akkreditivlar” subschyoti debetlanadi hamda pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning tegishli subschyotlar kreditlanadi. Foydalanilgan akkreditivlar summasi 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” va boshqa subschyotlarning tegishlisini debetiga hamda 130 “Akkreditivlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Akkreditivlarning foydalanilmagan summalari pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning tegishli subschyotlari debetiga hamda 130 “Akkreditivlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
130 “Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi.
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi.
Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o‘tkazmalari va boshqa hollar 131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotning debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari kirim qilingandan keyin 131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyoti kreditlanib, pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.
Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
132 “Pul ekvivalentlari” subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobga olinadi.
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa ordyerlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan alohida holda yuritiladi.
Pul ekvivalentlari sotib olinganda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining debetiga va pul mablag‘lari yoki hisob-kitoblar subschyotlarining kreditiga yoziladi.
Pul ekvivalentlari hisobdor shaxslarga berilganda 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetiga va 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining kreditiga yoziladi.
Pul ekvivalentlarining (mehnat daftarchasi va boshqalarning) sotilishi tegishli pul mablag‘lari yoki hisob-kitoblar subschyotlarining debetida hamda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Pul ekvivalentlarining hisobdan chiqarilishi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Analitik hisobi (mehnat daftarchalari blankalari va uning ilovalardan tashqari) ularning turlariga qarab 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Mehnat daftarchalari va uning ilovalari hisobi 448-son shakldagi qat’i hisobot blanklari bo‘yicha daftarda (mazkur Yo‘riqnomaning 51-ilovasi) yuritiladi.

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga


51-ILOVA

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish