Bog'liq Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi urganch kopyuter texnologi
2.Ish haqi hisobi uchun hujjatlar. Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomasi Xodimni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonada xodimlarning shtat jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Unda xodimlarnmg okladining miqdori va mansablar ro’yxati boTadi.
Har bir xodimga buxgalteriyada kartochka ochiladi va har oyda unga hisoblangan ish haqi summasi yozib boriladi.
Xodimning ish haqi asosiy va qo’shimcha ish haqidan iboratdir.
Asosiy ish haqi deb, bajargan ishi uchun hisoblangan ish haqi, tarif stavkasi, oklad, mukofot, normal mehnat sharoitining buzilishi natijasida to`lanadigan qo’shimcha to`lovlar, kechki vaqtlarda ishlagani uchun haq, korxona aybi bilan bekor turib qolishlar va boshqalarga aytiladi.
Qo’shimcha ish haqi deb, ishlamagan vaqtlarida qonunchilikka nazarda tutilgan paytlarda to`lanadigan to`lovlar tushiniladi. Ularga navbatdagi mehnat ta’tili, emizdirish uchun tanaffuslar, davlat va jamoat ishlarini bajarish uchun ketgan vaqtlar, va boshqalar kiradi.
Mehnatga haq to`lashning ishbay va vaqtbay shakllari mavjud.
Ishbay ish haqisi xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori, sifati, malakasi va sarf qilingan vaqtlari hisobga olinib to`lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi.
Vaqtbay ish haqisi xodim tomonidan sarf qilingan vaqtlari va malakasi hisobga olinib to`lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi.
Qo’shimcha to`lovlar - kompensatsiya tusidagi va ish me’yori hamda mehnat sharoitlariga bog’liq boTgan xodimlar foydasiga beriladigan to`lovlardir.
Tungi vaqtdagi ish uchun ko’shimcha to’lov - soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha boTgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (MK 122 moddasi). Hiilador ayollar va o’n to’rt yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar, 18 yoshga to`lmagan shaxslar va boshqa shaxslarga qo’yilmaydi.
Tungi vaqtdagi barcha ish korxonadagi birlamchi hujjatlarda rasmiylashtiriladi va tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1.5 baravar miqdorda haq to`lanadi (MK 158 modda).
Ish vaqtidan tashqari ish uchun qo ’shimcha to’lovlar - xodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash ash vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Bunda ishlar, xodim o’z asosiy ishini yoki o’z vazifasi doirasidan tashqari ishni bajarganidan qat’i nazar ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Unga kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi (MK 157 modda).
Bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi.
Asosiy ish bilan bir qatorda boshqa kasb bo’yicha qo’shimcha ishlarni bajarish bir necha kasbda ishlaganlik deb ataladi. Mehnat kodeksida bir necha kasbda ishlaganlik yoki xizmat ko’rsatish doirasi kengayligi uchun ustamalar miqdoriga nisbatan hech qanday cheklashlar qoTlanilmagan.
Ko’p yil ishlaganlik uchun taqdirlash, qoidagi ko’ra, ayrim tashkilotlarda xodimlarning uzoq muddat mehnatini rag’batlantirish maqsadida belgilanadi.
Mukofotlash tizimi xodimlarga topshiriqlar va shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish maqsadida o’z asosiy ish haqlaridan tashqari qo’shimcha pul summalarini to`lashni nazarda tutadi.
Maqsad
Mukofotlash ko’rsatkichlari
Mehnat unumdorligining o’sishini rag’batlantirish
a) mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi;
b) mehnat hajsining pasayishi;
v) berilgan ish hajmining belgilangan muddatda kamroq son bilan bajarilishi va boshqalar.
Mahsulot sifatini
yaxshilash
rag’batlantirish
a) umumiy ishlab chiqarish hajmida yuqori sifatli mahsulot salmog’i oshirish;
b) ishlab chiqarilayotgan mahsulotda standartlar va texnik shartlarga rioya qilish;
v) yaroqsiz mahsulotni kamaytirish va boshqalar.
Yangi texnika, texnologiyani o’zlashtirishni rag’batlantirish
a) asbob-uskunalarni ish bilan band etish koeffitsientini oshirish;
b) asbob-uskunadan foydalanish xarajatlarini kamaytirish; v) yangi ilg’or texnologiyani o’zlashtirish muddatlarini qisqartirish.
Moddiy sarf-xarajatlarni
kamaytirishni
rag’batlantirish
a) xomashyoni tejash;
b) yoqilg’i-energetika resurslarini tejash;
v) chiqindilar, talofatlar va boshqalarni kamaytirish
Aqliy hujum:
1. Xodimlarni ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlami sanab bering?
2. Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomasining bir-biridan farqi nimadan iborat?
3. Xodimlarga ish haqi hisoblash uchun asos boTadigan hujjatlar turlarini sanab bering?
4. Xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan daromad soligTning stavkasini aytib bering?
5. Xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan boshqa majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarni sanab bering?
6. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqani hisoblash tartibini aytib bering?
7. Ta’lil turlarini sanab bering?
8. Mehnat ta’tilini hisoblash tartibini aytib bering?
“TASDIQLAYMAN”
O`quv va tarbiyaviy ishlari
bo`yicha direktor o`rinbosari
________M. Allamova “_____”_____________ 2021 yil