Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi urganch kopyuter texnologiyalari texnikumi


Budjet tashkilotlarida g‘azna daftari



Download 0,93 Mb.
bet11/84
Sana13.01.2022
Hajmi0,93 Mb.
#355684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
Bog'liq
To`plam O`A Budjet (Восстановлен)

Budjet tashkilotlarida g‘azna daftari

G‘azna daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan ikki nusxada amalga oshiriladi.
Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo‘lishi kerak, ular g‘aznachining hisoboti bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari g‘azna daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi.

G‘azna daftarida o‘chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar tashkilot g‘aznachisi, shu- ningdek, bosh hisobchining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.

G‘azna daftaridagi yozuvlar g‘aznachi tomonidan har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat bo‘yicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida g‘aznachi kun uchun muomalalar yakunini hisoblaydi, g‘aznadagi keyingi kun uchun pullar qoldig‘ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga g‘aznachi hisoboti sifatida g‘azna daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim g‘azna hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (g‘azna daftaridagi bir kun uchun yozuvlar ko‘chirma nusxasini) topshiradi.

Topshirilgan g‘azna hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning asosida g‘azna muomalalariga doir 381-son shakldagi jamlan- ma qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik hisobning boshqa registrlariga yoziladi. 1-son memorial order bo‘yicha oylik aylanmalarning umumiy summasidan budjetdagi (Budjetdan tash- qari) hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar chiqarib tashlanadi.

G‘azna daftarining to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.

120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» va 121 «Xorijiy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraqlar g‘aznaga kelib tushgan summalarga debetlanadi va g‘aznadan berilgan summalarga kreditlanadi.

Misol: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti g‘aznachisi Yaxyoev Akbar Nodirovich 2011-yil 25-noyabrda Ergasheva Dilrabo Saidmurodovnaning 2012-2013 o‘quv yili uchun tuzilgan N° 113-sonli to‘lov-kontrakt sharnomasiga asosan 5700000 so‘mni

qabul qilib oldi. Bu jarayonga quyidagicha buxgalteriya ikki yoq- lamali yozuvi yoziladi:

Debet:120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» -5700000 so‘m

Kredit:111 «Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar» - 5700000 so‘m

Izoh: yuqoridagi muomala mazmuniga quyidagicha buxgalteriya yozuvini tushun- tirish mumkin:

D-t 111 K-t D-t 111 K-t

5700000 so‘m 5700000 so‘m

2011-yil 25-noyabr

Yuqorida keltirib o‘tilgan misol mazmuni, harakati budjet tashkilotining g‘azna daftariga qayd etiladi.

Agar xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotning uzoqda joylashganligi sababli to‘lov yoki hisob-kitob to‘lov qaydnomani uch kun muddat ichida tashkilot g‘aznasiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, unda ish haqi to‘lash hisobdor shaxs orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ish haqi to‘lash uchun zarur bo‘lgan summa hisob- dor shaxsga g‘aznadan g‘azna chiqim orderi bo‘yicha beriladi va 172 «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Ko‘plab bo‘linmalarga ega bo‘lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafa- qalari va boshqa to‘lovlarni to‘lashga g‘aznachilardan boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug‘i bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi shart.

Ishonchli shaxslarga g‘aznadan naqd pul berilganda ularning hisobi g‘aznachi tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftarida (4-jadval) yuritiladi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish