Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana12.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#544814
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.

18.3.Umumiy resurslar 
Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan mahrum 
qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul. 
Shu bilan birga umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega: biror 
kishining umumiy resurslarni iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni 
iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. 
Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib chiqaradi. 
Atroflicha o`rganib chiqilgandan so`ng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday 
hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida qayg`urishlari lozim. Bu masalani 
Umummilliy resurslar fojeasi 
hikoyasidan to`liqroq anglash mumkin. 
Umummilliy resurslar fojeasi 
O`rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko`rib chiqamiz. Shaharchada 
mavjud ko`pgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qo`y 
etishtirish edi. Shahardagi ko`pgina oilalar qo`ylarni etishtiruvchi xo`jalikkka 
(fermalarga) ega edilar, ular qo`ylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak 
sifatida ishlatish uchun sotishar edi. 
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar ko`pgina vaqtlarini shaharni 
qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy yerlarda 
(yaylovlarda) yotib o`tkazishar edi. Shaharda hech bir oila o`zining shaxsiy yer 
maydoniga ega emas edi. Buning o`rniga aholi kollektiv (jamoa) yer 
maydonlariga (yaylovlariga) ega bo`lib, o`z qo`ylarini mazkur yerlarda boqishar 
edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki yerlar yaxshi 
ko`rinishda saqlanadi. Kishilar o`zlari uchun shaxsiy yer maydonlarini ajratib 
olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan xususiyatga ega 
edi va kishilarni qo`y etishtirishlarida hech qanday to`siqlar mavjud emas, bir 
so`z bilan aytganda hamma baxtli edi. 
Yillar o`tishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda 
Umumiy Maydonda boqilayotgan qo`ylar soni ham ortib borar edi. Yer 
maydonining o`zgarmas hajmida qo`ylar sonini ortib borishi erni o`zini o`zi 
qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. Oxir oqibat yerni tarkibi shu 
darajada yomonlashib ketdiki natijada u o`zining hosildorlik darajasini butkul 
yo`qotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qo`ylarni etishtirish imkonsiz va 
qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati o`z o`zidan yo`qolib boradi. 


304 
Ko`pgina oilalar o`zini o`zi ta’minlash uchun daromad manbaalarini 
yo`qotishadi. Xo`sh, ushbu muammoni yuzaga kelish sabablari nima? Nega 
cho`ponlar qo`ylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha 
o`sishiga yo`l qo`yishdi. Muammo shundaki, ommaviy va xususiy rag`batlar 
(manfaatlar) tubdan farq qiladi. 
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish cho`ponlarning birgalikdagi jamoaviy 
xarakatlariga bog`liq. Agar cho`ponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular 
qo`ylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan darajada saqlab qolishlari 
mumkin edi. Biror bir oila uning qo`ylari sonini kamaytirishdan manfaatdor 
emas, lekin har bir qo`ylar guruhi aslida umumiy muammoning alohida bir 
bo`lagi hisoblanadi. 
Aslini olganda, 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish