Rur inqirozi.
1923-yili fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib
kirdi. Rur inqirozi Germaniyaning o‗zida ham siyosiy noroziliklarni keltirib
chiqardi. 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatlari ichi- da eng qadrsiz pul
Germaniyada edi.
Rur inqirozidan so‗ng reparatsiya va Yevropa qarzlari muammosini hal
qilishning yechimi sifatida «Daues rejasi» qaralayotgan edi. 1924-yili
amerikalik bankir Charlz Daues boshchiligidagi qo‗mita xalqaro moliya-kredit
va savdo munosabatlarini tiklashning strategik rejasini qabul qildi. Bu reja
kapitalistik dunyoda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta‘minlash uchun asos
bo‗ldi. Charlz Dauesga Nobel mukofoti berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |