Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Partiya organlari komsomol va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana02.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#309183
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
mavzular to'plami


Partiya organlari komsomol va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof 
ravishda tazyiq o'tkazib kelgan. O'z navbatida komsomol va boshqa tashkilotiar partiya 
idoralarining  ko'rsatmalarini  bajarishga  majbur  bo'lganlar.  Buyruqlami  bajarmagan 
rahbarlar o'z lavozimlaridan ozod etilgan. 
Sovet  hokimiyati  davrida  partiya  nomenklaturasi  (partiya  organlari  bilan 
kelishib  tayinlanadigan  lavozimlar)  deb  atalgan  tartib-qoida  mavjud  bo'lgan.  Bu 
qoidaga  ko'ra.  mas‘ul  lavozimlarga  faqat  partiya  a‘zolari.  ya‘ni  kommunistlar 
tayinlangan.  Shu  bilan  birga  turli  darajadagi  Sovetlar,  komsomol  hamda  jamoat 
tashkilotlari  rahbarlari  kommunistik  partiya  rahbariyati  (Markaziy  Komitet,  viloyat. 
shahar  \va tuman  partiya  komitetlari)  tarkibiga kiritilgan. Shu tariqa partiya  organlari 
bu tashkilotlar bilan qo'shilib. ulami o'ziga bo'ysundirib olgan. 
O'zbekiston  qazilma  boyliklarining  Markaz    manfaatlariga  xizmat  qildirilishi. 
O'zbekiston  mineral  xomashyo  turlariga  nihoyatda  boy  hudud  hisoblangan. 
Respublikada  ko'pgina  foydali  qazilmalar:  oltin.  uran,  mis,  qo'rg'oshin.  rux,  volfram, 
tabiiy  gaz,  neft.  toshko'mir  va  boshqa  konlar  topilib.  ishga  tushirildi.  Alsuski.  bu 
konlarda  qazib  olingan  foydali  qazilmalar.  xususan,  oltin  va  uran,  tabiiy  gaz  Markaz 
manfaatlariga  xizmat  qildi.  Bu  boyliklardan  ulaming  haqiqiy  sohibi  bo'lgan  o'zbek 
xalqi deyarli foydalanmadi. 
Bu  talonchilik  mexanizmi  iqtisodiyotni  tag-tugi  bilan  quritib,  o'zbek  xalqi 
manfaatlariga  mutlaqo  zid  bo'lgan.  Oltin,  uran,  nodir  rangli  metallar,  tabiiy  gaz  va 
boshqa  strategik  xomashyo  favqulodda  maxfiylik  niqobi  ostida  O‘zbekistondan 
tashqariga amalda tekinga olib ketilardi. 
Tabiiy  gaz  konlarining  ochilishi.O'zbekistonning  tabiiy  gaz  mavjud  bo'lgan 
tumanlarida faol geologik-qidiruv ishlari olib borishga XX asr 50-yillari boshlaridayoq


379 
 
 
Buxorodagi  Gazli  shaharchasi  qurilgan  edi.  O'sha  davrda  Jarqo'rg'on, 
Qorovulbozor,  Sariqtosh  tabiiy  gaz  konlari  ochilgan.  Buxoro-Xiva  geologik 
mintaqalarida Gazli va Jarqoq , Shimoliy va Janubiy Muborak, Uchqir, O'rtabuloq va 
Kultak kabi yirik tabiiy gaz konlarining, shuningdek, Hisor tog'larining janubi-g'arbiy 
tumanlarida  Odamtosb  kondensat  koni,  Ustyurtda  istiqbolli  gaz  qatlamlarining 
topilishi  ahvolni  keskin  o'zgartirib,  O'zbekistonni  jahondagi  eng  yirik  gaz  zaxiralari 
mavjud mintaqalaridan biriga aylantirdi. 
1956-yili Buxoro viloyatida dunyoda eng yirik va ulkan Gazli nefi-gaz konining 
topilishi  O'zbekistonda  tabiiy  gaz  qazib  chiqarishning  tez  sur'atlarda  rivojlanishiga 
asos bo‗ldi. Jahondagi eng yirik gaz konlaridan biri hisoblangan bu konning umumiy 
zaxirasi  500  mlrd  m
3
  gaz  bo'lgan.  Bu  yerda  ―zangori  olov‖  bunyodkorlari  gazchilar 
yashaydigan Gazll shahrlga zudlik bilan asos soliudi. Tabiiy gaz qazib olish sur'atlari 
misli ko'rilmagau darajada oshirildi. 
1960- yilda 0.4 mlrd m
3
 tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo‘lsa. 1975-yilga kelib bu 
ko'rsatkich  33.7  mlrd  m
3
ga  yetdi.  Ittifoq  hukumatinmg  O'zbekistonda  gaz  ishlab 
chiqarishni  oshirishdan  maqsadi  uni  RSFSRning  sanoat  markazlariga  ko'proq  tashib 
ketish edi. 
Butunittifoq  gaz  qazib  chiqarishda  O'zbekistonning  ulushi  1960-yildagi  1 
foizdan  1975-yilda  20  foizga  ko'tarildi.  Bu  nisbat  keyinchalik  ham  doim  ko'payib 
bordi. 
Biroq O'zSSRda uy-joy fondini gazlashtirish salmog'i nihoyatda past edi, bu hol  
ayniqsa  respublikaning  aksariyat  aholisi  yashaydigan  qishloq  joylarida  yaqqol  ko'zga 
tashlangan. Hatto Sovet Ittifoqining yevropa qismiga va sotsialistik mamlakatlarga gaz 
yetkazib beradigan Buxoro viloyatining o‘zida ham ahvol nihoyatda achinarli bo'lgan. 
O'zbekiston gazi asosan respublikadan tashqariga jo'natilardi. 
Qizilqumda  oltin  va  uran  konlarini  o‘zlashtirish.  XX  asr  50-60-yillarida 
O'zbekistonda  oltin  ishlab  chiqarish  sanoati  ancha  rivojlandi.  Oltin  va  uran  ajratib 
oluvchi  komplekslar.  fabrikalar,  oltin  ruda  kombinatlari.  shuningdek.  mis  rudasini 
qayta ishlovchi kombinatlar ishga tushirildi. 
Bepoyon  Qizilqum  sahrosi  markaziy  tumanlarining  sanoat  jihatidan 
o'zlashtirilishi oltin va uran qazib olish sanoatining paydo bo'lishini taqozo etdi. 1958-
yil  3-sentyabrda  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinatiga  poydevor  qo'yilishi  bilan 
Navoiy shahriga asos soliudi. Kombinat O'zbekistonning 5 ta viloyatida joylashgan 5 
ta  kon  boshqarmasi  va  ular  negizida  qurilgan  Navoiy,  Sovetobod  (hozirgi  Nurobod), 
Zarafshon.  Uchquduq  shaharlari.  Muruntov,  Krasnogorsk.  Zafarobod,  Shalqar 
shaharchalariga  asos  solgan.  Dunyoda  eng  yirik  Muruntov  oltin  koni  1961-yili  ishga 
tushirilib. dastlabki sof quyma oltin (999.9 probali) 1963-yil tayyorlangan. 
O'zSSR  oltin  va  uran  qa/ib  olishda  dunyoning  yetakchi  o'rinlaridan  birini 
egnlladi.  XX  asr  70-80-yillarida  respublikada  har  yili  taxminan  50  tonna  atrofida  sof 
oltin quymasi tayyorlangan. O'zSSR oltin yetkazib berish bo'yicha mamlakat oltinining 
yarmidan ko'pini bergan. Eng so'nggi tadqiqotlaming ko'rsatishicba. bu davrda har yili 
O'zbekistonda  yer  osti  konlaridan  taxminan  5.5  mlrd  dollar  bahosida  foydali 
qazilmalar  olingan.  Bu  paytda  oltin  zaxiralari  bo'yicba  yurtimiz  dunyoda  yettinchi 
o'rinni egallagan. 
Yangi  sanoat  shaharlariga  asos  solinishi  hainda  dcinografik  jarayon-  lardagl 
o‘zgarishlar. O'zbekistonda zamonaviy kon-metallurgiya sanoatiga asos solinisbi uning 
industrial  qiyofasini  o'zgartirib  yubordi.  Ko'plab  yangi  shaharlar  va  posyolkalar 


380 
 
(shaharchalar)  qurildi.  Ayniqsa,  ittifoqqa  bo'ysunuvchi  va  "yopiq  shaharlar"  deb 
ataluvcln  Navoiy,  Zarafshon  va  Uchquduq  kabi  shaharlarga  boshqa  mintaqalardan 
ishchi  kuchi  jadallik  bilan  olib  kelindi.  Yopiq  shaharlar  mahalliy  hokimiyatga 
bo'ysunmagan. Bu joylarda maxfiy korxonalar joylashgan bo'lib. ular faqat Markazga 
hisob  berardi.  Ishlab  chiqarishda  band  bo'lgan  butun  aholi  odatda  kelgindilardan 
tashkil  topib.  mahalliy  aholi  yopiq  shaharlardan  turli  bahonalar  bilan  eluqarib 
yuborilgan. 
Ijtimoiy  adolat  tamoyillarining  buzilishini  yopiq  shaharlar  misolida  yaqqol 
ko'rish mumkin. Bu yerga Markazdan ko'chirib keltirilgan kadrlar navbatsiz uy-joy va 
turli imtiyozlar bilan ta‘minlangan. Holbuki, qishloqlardan kelgan o'zbek yigit-qizlari 
uy-joyga ega bo'Iish uchun eng qora ishlarni bajarishga majbur bo'lishar va ko'p yillar 
mobaynida  uy-joy  olish  uchun  navbatda  turi-  shardi.  Shuningdek,  mahalliy  yoshlar 
doimo kamsitilgan. 
O'zbekistonda  asrlar  mobaynida  shakllangan  va  mintaqaning  tub  ycrli  xalqlari 
vakillaridan  iborat  bo'lgan  aholining  ko'p  millatli  tarkibi  sovet  hokimiyati  yillarida, 
xususan. XX asr 60 80-yillarida yevropalik turli xalqlar va boshqalar hisobiga yanada 
kengayib bordi. Bu paytda O'zbekistonda 127 ta millat va elatlar yasbagan. Bu yerda 
mahalliy  aholidan  tashqari  turli  mintaqa-  lardan  ko'chib  kelgan  ruslar,  tatarlar. 
ukrainlar,  koreyslar  va  boshqa  xalqlar  yashardi.  Yirik  sanoat  korxonalarida  ishlovchi 
o'zbeklar soni bu paytda nihoyatda kamayib ketdi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish