458
29-MAVZU:1946-1991-YILLARDA BUYUK BRITANIYA VA
FRANSIYA
REJA:
1. Buyuk Britaniya.
2. Tashqi siyosati
3. Fransiya.
4.To‘rtinchi respublika va beshinchi respublika.
5. Tashqi siyosat.
Tayanch iboralar:
Neokonservatizm, eksport, referendum, leyboristlar, dominion,
konservator, To‗rtinchi respublika,
Beshinchi respublika
Buyuk Britaniya.
Buyuk Britaniya iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchsizlangan
holda urushdan chiqdi. Savdo flotining katta qismi yo‗qotildi, mustamlaka va
dominionlardagi obro‗siga ham putur yetdi. Mamlakatning AQSHga qaramligi asta-
sekin ortib bordi. Keng ijtimoiy o‗zgarishlar dasturini e‘lon qilgan leyboristlar parti-
yasi urushdan keyingi dastlabki saylovlarda g‗olib chiqdi. O‗z dasturini hayotga tatbiq
qilib, hukumat iqtisodda va ijtimoiy sohada qator islohotlarni amalga oshirdi. Biroq
leyboristlar islohoti kutilgan natijalarni bermadi. Davlatning moliyaviy ahvoli
og‗irligicha qoldi. Shunday iqtisodiy va moliyaviy og‗ir sharoitda mamlakat «Marshall
rejasi»da ishtirok etishga qaror qildi. 1949-yil Buyuk Britaniya NATOga a‘zo bo‗ldi.
1951-yili o‗tkazilgan saylovlarda konservatorlar g‗alaba qozondi. U. Cherchill yana
bosh vazir lavozimini egalladi. Konservatorlar Buyuk Britaniyani 13 yil boshqardi. Bu
davrda iqtisodning barqaror o‗sish sur‘atlariga erishishning iloji bo‗lmadi.
Natijada 1964-yili hokimiyatga kelgan leyboristlar bir qator islohotlarni amalga
oshirdi. Bu aholining turmush sharoitiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. 1970-yillarga Buyuk
Britaniya iqtisodiy holatning keskinlashuvi bilan kirib keldi. Jahon iqtisodiyotida
uning roli pasayishda davom etdi.
1979-yilgi parlament saylovlari keskin siyosiy kurashlar ostida o‗tdi.
Saylovchilar konservatorlarga ovoz berdi. Margaret Tetcher bosh vazir bo‗ldi. Ichki
siyosatda asosiy e‘tibor xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Iqtisodga
davlat aralashuvini kamaytirish sari dadil qadamlar tashlandi. Soliqlar kamaytirildi.
Inflatsiyaga qarshi kurash bosh vazifa qilib belgilandi.
1979 — 1990-yillar Buyuk Britaniya tarixida «Tetcher davri» nomini oldi. Bu
davrda M. Tetcher hukumati Yevropada eng ko‗p ish o‗rinlari yaratdi. Umuman 1980-
yillar Britaniya iqtisodiyotida chuqur tizim o‗zgarishlari yuz berdi. Davlat sektori
qisqartirildi, uning sama- radorligi oshirildi.
1990-yili M. Tetcher bosh vazir lavozimidan iste‘foga chiqdi. Uning o‗rniga ilgari
moliya vaziri lavozimida bo‗lgan J. Meyjor keldi. J. Meyjor hukumatning
neokonservatizm siyosatini davom ettirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: