38
SAKKIZINCHI QISM
Birinchi o’rama
Bugundan e'tiboran men yangi hayot boshlayapman.
Bugun men g'amlarim, uquvsizligim va taqdir zarbalari tamg'alangan
eski terimni yechib tashlayman. Bugun men hammaga
mevasi yetadigan
uzumzorda qaytadan dunyoga kelaman. Bugun men
eng baland toklarda
joylashgan, mendan ilgari yashab o'tgan donishmandlar mevalarini terib
olaman. Bugun men anashu mevalarning ta'mini bilaman va ularning
ichida yashiringan muvaffaqiyat urug'ini o'z qalbimga yangi hayotga
erishish uchun ekaman.
Men tanlagan ishda, meni juda ko'p
imkoniyatlar kutyabdi, lekin shuncha ko'p ko'ngilsizliklar ham.
Agar bu
hayotda omadsizlikka uchragan barcha odamlardan piramida
yasaganlarida edi, u dunyodagi eng baland piramida bo'lur edi. Lekin
men boshqalar kabi yutqazmayman. chunki mening qo'limda menga yo'l
ko'rsatuvchi xarita bor. Unga tayangan xolda men shiddatli dengizlardan
oshib o'z orzuyim qirg'og'iga yetaman. Bu kurashlarda men
mag'lubiyatga uchramayman. Mening tanam og'riqni sezishni
xohlamaydi, mening hayotim esa omadsizlikni tan olmaydi. Og'riq va
omadsizlik mening tabiatimga zid tushunchalar.
Endi men
Omadsizlikdan yuz o'giraman va donolikka, meni omadga eltuvchi
qoidalarga qarab yo'l boshlayman. Boqiy umr ko'ruvchiga vaqt hamma
narsani o'rgatadi, lekin mening buncha vaqtim yo'q. Men uchun berilgan
vaqt davomida men sabr san'atini o'rganmog'im lozim, chunki tabiatning
o'zi hech qachon shoshma-shosharlik qilmaydi. Chunki daraxtlar
malikasi bo'lmish zaytun daraxtini yaratish uchun 1000 yillar kerak,
39
piyoz esa atiga 9 haftalarda chiriydi. Men piyozday yashadim va
baxtsiz
edim. Endi esa qudratli zaytun daraxtiga aylanaman va buyuk savdogar
bo'laman. Lekin bunga qanday erishish mumkin? Mening bilimim ham,
saviyam ham yo'q, men ko'p martalab yiqilganman va o'z-o'zini ayash
o'rasiga tushganman, bu yo'l har xil befoyda bilimlardan,
ko'nikmalardan holidir. Tabiat meni hayvonlardan ustun qilgan holda,
juda ajoyib sezgirlik va ziyraklik bilan taqdirlagan. Hamma ishda
odamlarning o'zida donolik va to'g'ri fikrlash qobiliyati yetmaydi.
Saviyali bo'lish uchun ko'p yillarni sarf qilish kerak, bu narsa esa ba'zida
o'rganilayotgan darsni befoyda qilib qo'yishi mumkin. Zamonaning zayli
tez o'zgaradi, siz esa zamonadan orqada qolib ketishingiz mumkin.
Bugun sizga omad keltirgan harakat ertaga
hech kimga kerak
bo'lmasligi mumkin. Mening qo'limdagi o'ramalardan buyuklikka va
muvaffaqiyatga olib boradigan qoidalarni o'rganish mumkin. Ular meni
nafaqat omadsizlikdan asraydi va buyuk ishlarga yetaklaydi.
Shu bilan
birgalikda qoidalar menga muvaffaqiyat nima ekanligini ko'rsatadi.
Muvaffaqiyat- bu aqlingizning ko'rsatgichidir.
Mingtadan ikkita
donishmand ham "Omad nima? degan
savolga bir xil javob bera
olmaydi, lekin omadsizlik haqida hammaning fikri bir xil.
Do'stlaringiz bilan baham: