Alliteratsion ritm bir xildagi ohangdosh tovvushlarning takrorlanishi natijasida hosil bo‘ladi:
Bu yo‘llar
ko‘p qadim yo‘llardir...
Uzala tushgan cho‘l kabi sokit.
Ustidan
shabada esmagan
tiniq ko‘l kabi,
Og‘zi qon bir bo‘ri
yo oqsoq bir it:
Hayqirsa,
uvlasa,
Har tongda
bir dong deb
bong ursa,
dovullar...
(G‘afur G‘ulom.)
Anafora ritm-poetik asarlarning misralari boshida yoki prozaik asarlardagi gaplarning oxirida bir xil tovush, ohangdosh so‘z yoki iboralarning takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladi. Masalan:
Ko‘m-ko‘k
Ko‘m-ko‘k
Ko‘m-ko‘k...
Ko‘klam quyoshidan
ko‘kargan qirlar
Po‘lat yag‘rinlarni
ko‘targan yerlar
ko‘m-ko‘k
(Hamid Olimjon)
Qora zulfing firoqida parishon ro‘zg‘orim bor,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabru qarorim bor.
Labing bag‘rimni qon qildi, kuzumdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men andin bir so‘rorim bor...
(Bobur.)
Anafora ritmi-bir necha gapning sintaktik jihatdan bir xilda bog‘lanib kelishidan ham paydo bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |