Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet52/96
Sana20.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#393560
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
Bog'liq
1. Маъруза - 1

MANTIQIY PAUZA

So‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to‘la ifodalashga xizmat etuvchi pauzaga mantiiqiy (logik) pauza deyiladi. Mantiiqiy pauza matnni kesib o‘tgan to‘g‘ri chiziqcha (G‘) bilan belgilanadi. Masalan: Ammo (erta sahar paytda) juda uzoqdan bir maqomda guldiragan tovush (arang quloqqa chalindi), bu tovush (o‘rmondagi shovur-shuvurlar orasidan) zo‘rg‘a eshitilardi. (B.Polevoy.)

She’riyatda mantiiqiy pauzalar asarning kompozitsiyasiga qarab ham belgilanadi. Masalan, Uyg‘unning "Tong" she’ri ifodali o‘qilganda quyidagicha mantiiqiy pauza qilinadi:

Sahar chog‘i... / kumush kabi shudringdan /

Sirg‘a taqib / yaprog‘iga bosh qo‘yib /

Gullar tunning quchog‘ida mudraydi. /

Titrab-titrab unda-bunda yulduzlar, /

Shoshib-pishibyotog‘iga ketgali, /

Dargohiga yetgali /

Oltin shohi etagini sudraydi. /

Mantiqiy pauza ifodali o‘qishning o‘ziga xos eng muhim unsurlaridan biri bo‘lib, u faqatgina mantqiy qonuniyatiga rioya qiladi, lozim bo‘lsa, tinish belgilarini ham mutlaqoinkor etadi.

Mantiqiy pauza gapning mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun quyidagi jumlalarni ikki xil pauza bilan o‘qib, ma’no o‘zgarishiga e’tibor bering:

1. Yaramas / itday o‘lib ketdi.

Yaramas itday / o‘lib ketdi.

(N.V.Gogol)

2. Aldasam / sizni yer yutsin.

Aldasam sizni / er yutsin.

("Maysaraning ishi") operasidan

Mantiqiy pauzaning bunday jozibador kuchidan xalq donishmandlari unumli foydalanganlar. Masalan: Bir kuni Afandi a’lam bilan gaplashib o‘tirganda, ularning gaplari bir-biriga to‘g‘ri kelmay qoladi. Shunda Afandi a’lamni: "Siz axmoq odamsiz",-deydi. A’lam uni podshoning oldiga sudraydi. Podsho Afandiga do‘q-po‘pisadan keyin:

-Darrov uzr ayt. Siz axmoq odam emassiz, kechirasiz, degin, yo‘qsa, hozir jallodni yaaqiraman,-deydi.

Afandi a’lamga qarab:

-Siz axmoq, odam emassiz!-deydi.

Bu o‘rinda Afandi "Siz axmoq, odam emassiz" gapi bilan oldin aytgan "Siz axmoq odamsiz" degan fikrini ta’kidlagan-a’lamni "axmoq" deyishdan tashqarii "odam emas" ga ham chiqargan.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish