Mutolaa madaniyati va ritorika


Shu o‘rinda notiqlik san’atining stili (uslubi) masalasi



Download 0,51 Mb.
bet7/96
Sana20.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#393560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Bog'liq
1. Маъруза - 1

Shu o‘rinda notiqlik san’atining stili (uslubi) masalasiga to‘xtalsak. Biz uni aniq va individuallashtirilgan shakl sifatida go‘zal nutqni amaliyotda qo‘llash orqali tasavvur etamiz. Notiqlik uslubi omma oldida chiqishning mazmunini tashkil etuvchi mavzu bilan bog‘liq holda tarixiy shakllangan tushuntirish manbai va so‘zsiz psixofiziologik usullar sifatida ta’riflash mumkin. Nutk uslubida notiqning ijodiy ruhi, eruditsiyasi, ma’naviy madaniyati, malakasi, temperamenti, xarakteri, hattoki o‘zini minbarda tutishi ham ko‘rinadi. Notiqlik uslubi – bu nutqning shakli va xarakteri, so‘zning talaffuzi, jozibadorligi, ta’sirchanligidir. Xullas, uslub haqida gapirganda, avvalo, ma’lum mazmunni yetkazishning ta’sirchan va muvaffaqiyat keltiradigan barcha usullari birligini tushunish lozim.

Notiqlik san’atining o‘ziga xosligi uning uslubida, ya’ni fikrning dolzarbligi, uni etkazishning shakli va manerasiga bog‘liq. Nutq uslubi fikrning yo‘nalishi va dolzarbligini, shuningdek go‘zal so‘zlashning ta’sirchanligini, boyligini ko‘rsatib beradi. Uslub notiq nutqining mazmuni va shakliga bir butunlik bergan holda uni tashkil etadi, omma oldida chiqishga quvvat, mustahkamlik va qaytarilmaslik tusini beradi. Nutqda uslub - bu notiqning o‘ziga xos va ta’sirchan quroli. Ta’kidlash joizki, notiqlikka tegishli bitta uslub yo‘q, birok bir usul atrofida go‘zal nutqni tashkil qilishning har xil uslublari mavjud. Notiqlik uslubi usuldan ko‘ra ko‘proq tushun-tirib berish shakliga, ya’ni xulosa va isbotlash ko‘rinishlariga ega.

Go‘zal nutq so‘zlashning xilma-xilligi aynan notiqlik san’atining ko‘rinishi va yo‘nalishlaridan kelib chiqadi. Bu holni biz akademik (ilmiy) nutq va mavzularni tinglovchilar auditoriyasida o‘qishida, mitingdagi so‘zlanadigan nutqda yoki advokatning sud jarayonidagi so‘zlash uslubida, yubileydagi so‘zlash kabilarda ko‘rishimiz mumkin. Go‘zal nutq so‘zlashning ko‘rinishlari ishlanib borishi natijasida u yoki bu notiqlik san’ati ham shakllanib boradi.

Go‘zal nutq so‘zlashda, avvalo, notiq shaxsining takror-lanmasligi va ma’lum ma’noda o‘ziga xos sub’ektligi ko‘zga tashlanadi. Go‘zal nutq so‘zlashda notiqning madaniyati, ma’naviy boyligi, maxsus bilimlarga ega ekanligi, to‘plagan hayotiy malakasi va notiqlik sohasidagi mahorati muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, uning iste’dodi va qobiliyati ham ahamiyatga ega.



Notiqlik san’atini o‘rganish orqali go‘zal nutq so‘zlashning uch uslubini farqlash mumkin. Birinchisi - o‘zining tashqi ko‘rini-shidan bosiq va qat’iy mantiqiylikka asoslangan ko‘rinish. Ushbu uslub berilayotgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlan-ganligi bilan ajralib turadi. Bunday uslub ijodkorlari va tarafdorlari o‘z fikrlash qobiliyatlari va go‘zal nutqi bilan tinglovchilarni o‘ziga jalb etadilar, xuddi shu holda ularning hissiy imkoniyatlari ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Notiqlik uslubining ikkinchisiga emotsional-hissiy va temperamentli uslubni kiritamiz. Unda notiqning sub’ektiv tomoni yaqqol ko‘rinib, go‘zal so‘zlashning muhim elementini tashkil etadi. Notiqlikning bunday ko‘rinishi faqat mantiqiy kategoriyalar, hukmlar, dalillar va isbotlarga suyanib qolmay, balki o‘z tinglovchilarini hissiy-emotsional qabul qilishga ham asoslanadi.

Bunday notiq o‘z nutqiga tinglovchilarni qiziqtirishga intiladi, shu bilan birga, ayrim hollarda ularni qiziqarli fikrlar bilan xursand qilish va kuldirishga ham intiladi. Shu bois bunday notiqlik uslubida yuksak hayotiy malaka, kuchli bilim, turli ma’lumotlarga ega bo‘lish, shuningdek so‘z boyligi talab etiladi. Mazkur uslubning xarakterli tomoni shundaki, bu fikrni tiniq etkaza olish, ayrim hollarda o‘xshatishlardan ustalik bilan foydalanish, nutqning tushunarli darajada bo‘lishidir.

Notiqlik uslubining uchinchi ko‘rinishini o‘rta yoki ikkala uslubning sintetik birligi asosidagi uslub deb ham yuritish mumkin. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ikkala uslubning ma’lum xarakterli belgilari go‘zal so‘zlashda ishlatiladi, ya’ni bosiq va qat’iy mantiqiylikka asoslangan, berilayotgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi bilan ajralib turadigan hamda emotsional-hissiy va temperamentli bo‘lishi kabi jihatlari.

Albatta, bu ikki uslub tomonidagi chegara ham nisbiy. Bu uslublarni farqlash ham qiyin, birinchi uslub akademik nutk so‘zlaganda, ikkinchisi esa ijtimoiy-siyosiy sohadagi notiqlik san’atida ko‘proq qo‘llaniladi. Notiqlik uslubining shaklla-nishi ma’lum bir so‘zlar yig‘indisidan va psixofiziologik hodisalardan tashkil topib, uni tashviqotchi, advokat, lektor o‘z nutqini ichki ishlar idoralari xodimlari ongiga etkazish uchun ishlatadi. Shuni hisobga olish kerakki, uslub notiqlik san’atining barcha shakl va elementlarini qamrab oladi.

Notiqlik uslubi - bu, eng avvalo, stilistika, ya’ni so‘zni yaxshi egallaganlik, talaffuzni ustalik bilan tashkil qilish bo‘lib, u tushuntirib berilayotgan materialni yetarli darajada etkazib berishni ko‘rsatadi. Shuningdek, notiqlik uslubi - bu nutqning ijodiy, tushunarli va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlashda foydalaniladigan vositadir.

Uslub - notiqning o‘ziga xos individualligi bo‘lib, uning nutq yorqinligini va o‘ziga xos individual ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Agar tashviqotchi (agitator) va notiqning tili haqida gapirilsa bevosita uning individual o‘ziga xos tomonlari, ya’ni notiqning ovozi haqida ham to‘xtalish joiz. Aniqroq aytganda, go‘zal nutq so‘zlash uslubiga nutqning intonatsiyasi, so‘zlarga psixologik kechinmalarni bera bilishi kiradi. Lekin bu yerda ovozni sun’iy modellashtirish, ya’ni bir ovoz balandligidan ikkinchi tonga besabab o‘tishlardan qochish kerak.

Notiqlik uslubi - bu hissiy til: imo-ishora va mimika, emotsional nutq, aniq fikrlar uyg‘unligi. Hissiy til - bu go‘zal so‘zlashning muhim uslubi. Xullas, go‘zal so‘zlashning muhim materiali va asosi - til. Shu bois notiqning tili ravon bo‘lishi hamda u uzluksiz gapira olishi lozim. Nutqning uzluksizligi - bu har qanday mavzuda uzoq, cheksiz gapira olish qobiliyati. Nutqning uzluksizligi ba’zan rejani yoddan chiqargan paytlarda, ba’zan esa tayyorgarliksiz (ekspromt usulda) gapirganda zarur bo‘ladi. Nutq so‘zlayotganda keraksiz uzilish (pauza) bo‘lishi yomon holat. Bunday hollarda notiq hayajonlanmasdan o‘z nutqini davom ettirishi lozim.

Nutq tuzishning uch asosiy tamoyili:



  1. klassik tarhi (sxemasi) - kirish, asosiy qism, xulosa. Kirish va xulosaning hajmi asosiy qismning1/3 qismidan oshmasligi lozim;

  2. maqsadga intilish. Har qanday nutq umumiy va aniq maqsadga ega bo‘ladi.

Umumiy maqsadlarga: ishontirish, harakatga undash, ma’lumot berish, qiziqtirish, ilhomlantirish, taassurot qoldirish kiradi;

3) izchillik.

Nutq so‘zlashda, albatta, asosiy fikr (tezis) bo‘lishi va butun chiqish unga qaratilishi kerak. Shuningdek, auditoriya bilan doimo aloqa o‘rnatish lozim. Notanish auditoriyada notiq va tinglovchi o‘rtasida tinglovchiga ta’sir qilishga halaqit beradigan «rasmiylik», ishonchsizlik devori bo‘ladi. Bu devorni yo‘q qilish uchun notiq quyidagi vositalarga ega bo‘lishi kerak:

  • chin ko‘ngillik (bu notiqning tabassumida ifodalanishi mumkin);

  • ishonchli ohang;

  • tabiiylik;

  • erkin harakat.

Notiq nutqi tinglovchining diqqatini tortishi uchun:

birinchidan, mazmunli bo‘lishi;

ikkinchidan, pauzaga ega bo‘lishi (ayniqsa boshida). Pauza asosiy fikrgacha va undan keyin bo‘lishi kerak;

uchinchidan, hissiy, emotsional bo‘lishi;

to‘rtinchidan, unda qiziqarli fakt, hikoya, ertak, latifalar (aniqlik kim? qachon? qayerda?) bo‘lishi;

beshinchidan, tinglovchilarga savollar berish (inson savolni eshitgan paytida xayolan unga javob beradi). Qisman ma’lumotni tinglovchilarga dialog shaklida yetkazish, monolog esa tinglovchilar diqqatini so‘ndiradi. Savolni to‘g‘zi qo‘ya bilish kerak;

oltinchidan, qiziqtira olish qiziqarli fikrni va’da qilish («Endi men sizlarga qiziqarli voqeani aytib beraman»). Bunday usulni ko‘p qo‘llash mumkin emas;

yettinchidan, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish (oldindan tayyorlangan taqdimot, multimedia, doska).

Tayanch tushunchalarga urg‘u berish kerak. Ular odatda baland yoki past tovushda, pauza bilan talaffuz qilinadi.

Notiqning so‘z boyligi katta bo‘lishi kerak, zero qanchalik so‘z boyligi ko‘p bo‘lsa nutq shunchalik ifodali bo‘ladi. Masalan, Shekspir 41000 so‘zdan, Pushkin - 27000 so‘zdan foydalangan, oddiy odam 4-5 ming so‘zdan foydalanadi. Bizning so‘z zaxiramiz o‘zgarib turadi, agar ulardan kam foydalanilsa, u muomaladan chiqib ketishi mumkin.

Avtoritetlarga suyanish. Ko‘pincha odamlar avtoritetlarga ko‘r-ko‘rona ishonadilar. Aslida esa, maxsus adabiyotlarga suyanish, statistik materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda notiq nutq jarayonida avtoritetlarga suyanishi, ya’ni nutqda avtoritetlarning fikrlaridan foydalanishi yoki asarlaridan muayyan misollar keltirishi mumkin.

Ma’lumki, har bir shaxs o‘ziga xos takrorlanmasdir. Notiq haqida so‘z ketganida, avvalo: «Notiqning o‘zi kim?», «U qanday lavozimda?», «Omma, xalq o‘rtasida uning o‘rni, obro‘si qanday?» kabi qator savollar tug‘iladi. Chunki notiq o‘zining ma’lum ilgarigi xatti-harakatlari bilan omma, guruh oldida obro‘ga ega yoki obro‘sizlangan bo‘lishi mumkin. Shu bois notiq shaxs sifatida omma oldida chiqish qilishdan oldin o‘ziga o‘zi baho bera olishi kerak.

Notiq shaxsi omma qabul qilgan vaqtida har tomonlama baholanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uning qilgan ishlari, tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati, nutqining boyligi, ovozining baland-pastligi, so‘zga chechanligi, so‘zlardan ustalik bilan foydalana olishi kabilar unga shaxs sifatida beriladigan bahoni tashkil etadi.




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish