Mutolaa madaniyati va ritorika


INTONATSIYA, TEMP VA RITM IFODALI O‘QISHNING



Download 0,51 Mb.
bet55/96
Sana20.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#393560
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
Bog'liq
1. Маъруза - 1

INTONATSIYA, TEMP VA RITM IFODALI O‘QISHNING

ASOSIY VOSITALARI SIFATIDA

REJA:

Intonatsiya va intonatsion vositalar haqida. Temp, temp nutq tempini belgilovchi vositalar. Ritm. She’riyatda ritm turlari. Intonatsiya va intonatsion vositalar haqida. Temp, temp nutq tempini belgilovchi vositalar. Ritm. She’riyatda ritm turlari.



Tanch iboralar: Temp va ritm. She'riy va nasriy asarlarda temp va ritmning o‘rni. Temp va ritmni belgilashda badiiy asarning janriy va g‘oyaviy xususiyatlari.

INTONATSIYA

Ma’lumki, nutq tafakkur mahsulidir. Kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so‘zlar vositasida yetkazib, o‘zaro fikr almashadi, aloqada bo‘ladi va kayfiyatini ifoda etadi. Fikr-tuylar, maqsad-qintilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali ham yetib boradi. Muayyan istak, niyat intilish, harakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlariga intonatsiya deyiladi. Ifodali o‘qish jarayonida intonatsiyaning ahamiyati katta. Badiiy asarda intonatsiya orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichki kechinmasi ifodalandi. Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini tinglovchiga yetkazishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi. Intonatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ta’kidlanganidek, u asar mazmuni, avtor maqsad, fikr-tuyg‘usi hamda kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi.



TEMP VA RITM

Olamda hayot mavjud ekan, "hayot bor joyda harakat, harakat bor joyda-qimirlash, qimirlash bor joyda esa- temp, temp bor joyda ritm bor". Demak, hayot va mehnatni ma’lum temp va ritmsiz tasavvur etish mumkin emas. Mehnat ma’lum bir me’yorda takrorlansa charchatmaydi. Shuning uchun ham mehnat jarayonida aytiladigan ashulalar ohangi o‘sha ish-harakatga ham ohang bo‘ladi.

Badiiy adabiyot hayotni in’ikos ettirar ekan, unda ham temp va ritm saqlanadi. Bu, yozuvda tinish belgilari orqali ifodalanadi. Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g‘oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning emotsional ta’sirchanligini kuchaytiradi, estetik zavq uyg‘otadi. Demak, temp va ritm ifodali o‘qishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Har qanday asarda o‘ziga xos temp va ritm yashiringan bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodali o‘qishga kirishmasdan, avval asar bilan puxta tanishib chiqishi zarur. So‘ngra, asarning temp va ritmi o‘zgaradigan yerlarini qalam bilan belgilab olgach, ifodali o‘qishga kirishsa, asar mazmuni, muallif maqsadi tinglovchiga to‘liq yetib boradi.



Temp lotincha (tempus-tempus) so‘zidan olingan bo‘lib, sur'at, daraja, vaqt degan ma’nolarni anglatadi. Temp-ifodali o‘qishning his-hayajon jihatdan intensivligi, uning iztirobli, hayajonli nafasidir. Asarda temp qahramonlarning ichki kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojlanishining keskinligi darajasiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Ifodali o‘qish jarayonida tempni ko‘tarish hovliqish degan gap emas, aksincha jonlantirish demakdir.

"Agar biror harakat ma’lum bir vaqt me’yorida bajarilsa, tempni ko‘tarish o‘sha vaqtni bir oz qisqartirishga olib keladi, natijada yashash (kechinma) ni ham, shu orada aytiladigan so‘zni ham bir oz tezlashtirib qisqartirilgan vaq miqyosiga joylashtirishga to‘g‘ri keladi".

Nega cho‘chib tushding?

Murg‘ak tasavvur,

G o‘dak xayolingga O‘rta temp

Nimalar keldi?


Balki Odess dahshati,

Kerch fojiasi, Dushmanga bo‘lgan nafrat kuchayib borganligi

Yovvoyi maxluqlar, sababli temp ham ko‘tarilib boradi.

Qonxo‘r vahshiylar...

M ammasi kesilgan

Sho‘rlik onangning

Pajmurda gavdasi

Ko‘zing o‘ngida temp ko‘tariladi

Butun dahshati-la

Aks etar endi.



Onang xo‘rlandimi,

Otang o‘ldimi,

Sen yetim qoldingmi, temp pasayadi

Qayg‘urma, ko‘zim,

Ko‘zim usti,

Minnating boshimga durra

O ta-onasining

Tayini ham yo‘q

Sut ko‘r qilgur, haromi

Gitler oqpadar

Farzandning qadrini

Qayerd an bilsin?!

Bir qo‘ng‘iz mo‘ylovli,

Baroq soch ma’lun, temp ko‘tarila boradi

Jigar rang bir mundir

Istagi uchun

Nahotki yerimiz

Chappa aylanib,

Nahotki daryolar

Oqar teskari,

Nahotki odamlar

Kezar darbadar?!

A xir juda yaqin

Qonli intiqom,

Alhazar, alhazar,

Ko‘pirar tomirlarda qon temp yuqori darajada ko‘tariladi

Va portlar hademay

Bu o‘tli vulqon.

RITM

Ritm grekcha (rhuthmos-ritmos) so‘zidan olingan bo‘lib, vazndosh, ohangdosh degan ma’nolarni anglatadi. Ritm ifodali o‘qishda katta o‘rin tutadi.

Badiiy adabiyotda, ayniqsa, she’riyatda misrdagi kichik bo‘laklarning bir-biriga monand ravishda takrorlanib kelishi ritmni hosil qiladi. Masalan, barmoq tizimidagi she’rlarda ritm, turoq, qofiya, radiflar yordamida va misrlardagi hijolarning bir tekisda takrorlanishidan maydonga keladi. Aruz tizimiga mansub she’rlarda esa, ritm cho‘ziq va qisqa hijolarning bir xil tartibda takrorlanishidan hosil bo‘ladi. Erkin she’rlarda har bir satr zinapoya shaklida bo‘laklarga bo‘lib yoziladi va ularni o‘qiganda mazmunga qarab, ritm saqlanadi. Poeziyada ritmni bir necha ichki turlarga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Masalan, band (strofa) ritmi, alleteratsion ritm, anafora ritmi, intonatsion ritm, ijrochilik pauzalariga bog‘liq bo‘lgan ritmlar va boshqalar. Biz bulardan band ritmi, alleteratsion ritm va anafora ritm ihaqida fikr yuritish bilan cheklanamiz.

Band ritm. O‘zbek poeziyasida band qurilishi bilan bog‘liq ritm band ritmi deb ataladi. Bandalarning qofiyalanish tartibi har xil bo‘lib, ular o‘ziga xos ritm hosil qiladi. masalan,

Masnaviy

Vodiylarni yayov kezganda, = a

Bir ajib his bor edi, manda... = a

Chappar urib gullagan bog‘in, = b

O‘par edim Vatan tuprog‘in. = b

Odamlardan tinglab hikoya, = v

O‘sar edi shoirda g‘oya... = v

(Hamid Olimjon.)



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish