Psixologik pauza. Muallifning matnda yashiringan kuchli his-hayajonnini psixologik pauza orqali ifodalash mumkin. Psixologik pauza o‘quvchi va notiq nutqiga jonlilik kiritib, asarning ta’sirchanligini oshiradi. Psixologik pauza ikki chiziqcha (//) bilan belgilanadi.
Badiiy asarlarning o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a, istiora va boshqa tasviriy ifoda vositalari qo‘llangan o‘rinlarda psixologik pauza katta rol o‘ynaydi. Masalan, Uyg‘unning "Nazir otanin g‘azabi" asaridan olingan parchani ko‘raylik:
"Tavba...
Bu la’anati, asti nima qiladi?!
qani endi... bo‘g‘a boshlasam!
Iloji bo‘lsa-yu, la’natini
Tilka-tilka qilib tashlasam!.." //
Do'stlaringiz bilan baham: |