Savol va topshiriqlar.
Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi?
Asosiy kinematik tushunchalarga tariff bering
Nyutonning birinchi va ikkinchi qonunlarini ta’riflang.
Qattiq jism deb qanday jismga aytiladi?
Jismning impul’si deganda nimani tushunasiz?
Vertikal yuqoriga otilgan jism 3 sekund o’tgach yerga qaytib tushdi. Jismning boshlangich tezligi qanday bo’lgan? Jism qanday balandlikka ko’tarilgan?
LABORATORIYA ISHI № 2
QATTIQ JISMNING INERSIYA MOMENTINI ANIQLASH
(Oberbek mayatnigi yordamida)
Ishning maqsadi: Qattiq jismlarning aylanma harakat qonunlarini tajribada o‘rganish. Jismlarning inersiya momentini tajribada aniqlash va uni nazariy hisoblangan qiymatlari bilan solishtirish.
Kerakli asbob va buyumlar: Aylanuvchi jismlar sistemasi (Oberbek mayatnigi), yuklar, texnik tarozi hamda tarozi toshlari, shtangensirkul, sekundomer, masshtabli chizg‘ich.
Do'stlaringiz bilan baham: |